Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Issiqlik izolyatsiyasi ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə36/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

3.9. Issiqlik izolyatsiyasi ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi

Issiqlik izolyatsiyasi ishlariga mehnat muhofazasi bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladi, chunki bu jarayonda mineral paxtali, shisha tolali materiallar, bitum asosida tayyorlangan bug‘lanuvchi qaynoq mastikalar ishlatiladi. Issiqlik izolyatsiyasi ishlarini qator xollarda balandlikda turib, so‘ri va havozalar ustida bajarishga to‘g‘ri keladi.


Ishchilar va muhandis-texnik xodimlar maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Qurilish maydonida bo‘lgan barcha kishilar himoya kaskalari kiyishlari kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi ishlari texnologik xaritalar yoki ishlarni bajarish loyihasi asosida bajarilishi kerak.
Ishlarni xavfsiz bajarish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur:
Xavfli zonalarni to‘siqlar bilan o‘rash;
Ish o‘rni va unga o‘tuvchi yo‘llarni to‘siqlar bilan o‘rash;
Devordagi ochiq joylarni to‘siqlar bilan o‘rash;
Ochiq olovdan foydalanish va bitumni qaynatishni issiqlik izolyatsiyasi ishlari bajarilayotgan joydan, tarkibida yengil alangalanuvchi va portlovchi moddalar bo‘lgan materiallar saqlanadigan joydan kamida 50 m narida amalga oshirish;
Izolyatsiyalovchi materiallarni ish o‘rnida ishga halaqit bermaydigan miqdorda saqlash;
Izolyatsiyalovchi ishchilarni shaxsiy himoya vositalari, shu jumladan, protivogaz, respirator va himoya ko‘zoynaklari bilan ta’minlash.
Issiqlik izolyatsiyasi ishlarini bajaruvchi ishchilar quyidagi zararli omillar ta’siridan himoyalanishi kerak: havoning changlanganligi va gazlanganligi; ish o‘rnida shovqin va titrashning yuqori darajasi; yetarli darajada yoritilmaganlik; ish o‘rnidagi harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligining me’yoriy qiymatlardan chetlanishi; ishlatilayotgan asboblar, mashinalar va jihozlarning elektr xavfsizligi sifati.
Izolyatsiya ishlarini bajaruvchi ishchilar shikastlanmasliklari uchun ular ishlatilayotgan materiallarning xususiyatlarini bilishlari kerak, chunki materiallar bilan ishlashdagi ehtiyotsizlik kasallanish va shikastlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Tarkibida asbest, tsement, ohak va shu kabi inson terisiga ta’sir qiluvchi materiallar bo‘lgan qorishmalar va mastikalar bilan ishlashda ishchilar rezina qo‘lqop kiyishlari va tanalarining qolgan qismlari ham himoyalangan bo‘lishi kerak. Himoya qoplamasi (suvoq, metall izolyatsiya) uchun tayyorlangan, ya’ni issiqlik izolyatsiyasi hosil qilingan yuzalarda simlarning chiqiqlari bo‘lmasligi, ular qirqilgan va izolyatsiya qatlami ichiga kiritilgan bo‘lishi kerak.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə