Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Tosh va asbesttsement konstruktsiyalar



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə38/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Tosh va asbesttsement konstruktsiyalar. Bu konstruktsiyalarga agressiv ta’sir etuvchi muhit suyuq va gaz holida bo‘lishi mumkin. SHo‘rlangan gruntlarda va suyuq agressiv muhitda silikatli g‘ishtdan tiklanadigan konstruktsiyalarni qo‘llashga hamda qurilish qorishmalarini tayyorlashda soz tuproq va zola (uchirindi kul) dan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Agressiv muhitda davriy ravishda namlanadigan va muzlaydigan g‘ishtli terimda g‘ishtning sovuqbardoshlik bo‘yicha markasi F50 dan kam bo‘lmasligi kerak. Ta’sir darajasi kuchli agressiv bo‘lgan kislotali muhitda g‘isht-tosh terishda suyuq shisha yoki polimer bog‘lovchilar asosida tayyorlangan kislotaga bardoshli qorishmalardan foydalanish kerak.
G’isht-tosh konstruktsiyalarining sirti korroziyadan qo‘shimcha himoyalanishi kerak. Bunda g‘isht-tosh terim sirtida ko‘p qatlamli mastikali qoplama, suvoq qatlami sirtida lak-bo‘yoq qoplamasi hosil qilinadi.
Asbesttsement devor panellari gruntga tegib turmasligi kerak. Bu konstruktsiyalar binoning tsokol qismida joylashishi va ostki qismida gruntning agressiv suvlarining kapillyar so‘rilishidan himoyalovchi gidroizolyatsion to‘shama bo‘lishi zarur. Asbesttsement konstruktsiyalar sirti muhitning agressiv ta’siridan lak-bo‘yoq qoplamalari bilan himoyalanishi kerak.
Metall konstruktsiyalarni atmosfera havosi, suyuq organik va noorganik muhit hamda gruntning agressiv ta’siridan himoyalash uchun ularning sirtida korroziyadan himoyalovchi qoplama hosil qilinadi.
Alyuminiydan tayyorlangan konstruktsiyalar korroziyadan elektrokimyoviy usulda himoyalanishi kerak (himoya qatlamining qalinligi 15 mkm dan kam bo‘lmasligi zarur). Suvda turadigan konstruktsiyalar sirti qo‘shimcha ravishda suvga bardoshli lak-bo‘yoq materiallari bilan bo‘yalishi kerak.
Alyuminiyli konstruktsiyalarni g‘isht yoki beton konstruktsiyalarga biriktirish qorishma yoki beton to‘liq qotgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak. Birikish joylari lak-bo‘yoq qoplamasi bilan himoyalanadi. Alyuminiyli konstruktsiyalarni beton qorishmasiga botirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bo‘yalgan alyuminiyli konstruktsiyalarni yog‘och konstruktsiyalarga biriktirishda yog‘ochga kreozot shimdirilishi kerak.
Po‘lat va alyuminiyli konstruktsiyalarni korroziyadan himoyalashda lak-bo‘yoq materiallari (gruntovka, bo‘yoq, emal, lak) ishlatiladi. Bu materiallar muhit ta’sirining agressivlik darajasiga bog‘liq ravishda 4 ta guruhga bo‘linadi:
I. Pentaftalli, gliftalli, epoksiefirli, alkid-stirolli, moyli, moy-bitumli, alkid-uretanli, nitrotsellyulozali;
II. Fenolformaldegidli, xlorkauchukli, perxlorvinilli, polivinil-butiralli, poliakrilli, akrilsilikonli, poliefirsilikonli, slantsvinilli;
III. Epoksidli, kremniyorganikli, perxlorvinilli, slantsvinilli, polistrolli, poliuretanli, fenolformaldegidli;
IV. Perxlorvinilli va epoksidli.
Boltli birikmali po‘lat konstruktsiyalarni korroziyadan himoyalashda qaynoq rux va alyuminiy eritmasiga botirib olish usulidan foydalaniladi. Boltli, payvandli va parchin mixli po‘lat konstruktsiyalarda korroziyadan himoyalovchi qoplamalar rux va alyuminiyni gazotermik purkash yo‘li bilan hosil qilinadi. Gruntga yoki noorganik suyuq muhitga tushiriladigan po‘lat konstruktsiyalar, neft va neft mahsulotlarini saqlovchi rezervuarlarning ichki sirtlari elektrokimyoviy usulda himoyalanadi.
Himoya qoplamasining konstruktsiyalar montaji paytida shikastlangan (butunligi buzilgan) qismlarida qo‘shimcha lak-bo‘yoq qoplamasi hosil qilinadi.

4.3. Korroziyadan himoyalovchi qoplamalarni hosil qilish texnologiyasi.


Bino va inshootlar konstruktsiyalarini korroziyadan himoyalashda qo‘llaniladigan usullar qatoriga quyidagilar kiradi:
Metallizatsiyalash;
Lak-bo‘yoqli tarkiblar bilan bo‘yash;
Saqichlash (gummirovanie);
Gidrofoblash.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə