Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə7/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Qaynoq bitumli mastika bitum va to‘ldiruvchini aralashtirib tayyorlanadi. Qozonga tashlangan bitum ko‘piklash jarayoni tugagunga qadar eritiladi. So‘ngra 200...220oS haroratdagi bitumga uzluksiz aralashtirish jarayonida 110oS gacha qizdirilgan quruq to‘ldiruvchi qo‘shiladi. Bitumlar aralashmasidan bog‘lovchi tayyorlash va aralashmani og‘irlik bo‘yicha miqdorlashda dastlab qozonga yengil eriydigan bitum tashlanib uni suvsizlantiriladi, so‘ngra mayda bo‘laklarga bo‘lingan qiyin eriydigan bitum tashlanadi.
Qaynash va ko‘piklash jarayonida toshib ketmasligi uchun qozonning faqat ¾ qismi bitum bilan to‘lg‘aziladi. Bitumni uzoq qaynatish uning sifatini yomonlashuviga olib keladi. Bitumni qizdirishda qozon konstruktsiyasiga bog‘liq ravishda o‘tin, suyuq va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘idan foydalaniladi. Tayyorlangan bitumli mastika termoslarga quyiladi. Qatronli mastikalar ham bitumli mastikalar kabi tayyorlanadi.
Qaynoq mastikalar 15...20oS haroratda bir jinsli va qattiq holda bo‘lishi, 160...180oS haroratda tekis sirtga cho‘tka bilan 2mm qalinlikda yengil surtiladigan bo‘lishi kerak. O‘zaro yopishtirilgan ikkita pergamin parchasi ajratilganda ajralish o‘rama material bo‘yicha yuz berishi kerak.
Biobardoshli bo‘lmagan o‘rama materiallarni yopishtirishda bitumli mastika tarkibiga ftorli natriy, kremniyftorli natriy kabi antiseptiklar qo‘shiladi.
Qaynoq bitumli mastikalarning harorati ularni tayyorlash jarayonida 200oS dan, qatronli mastikalarning harorati esa 150oS dan oshmasligi kerak. O‘rama materiallarni yopishtirishda bitumli mastikalarning harorati 160oS dan, qatronli mastikalarning harorati esa 120oS dan kam bo‘lmasligi kerak. SHu sababli mastikalarni tayyorlash va ishlatish jarayonida ularning harorati doimiy nazorat qilib borilishi kerak.
Sovuq mastika sekin bug‘lanuvchi eritgich bilan suyultirilgan bitum va to‘ldiruvchi aralashmasidan tarkib topadi. Qozonga bitum solinadi va 160...180oS haroratda ko‘piklash jarayoni tugagunga qadar eritiladi. Boshqa qozonda tegishli miqdordagi quruq to‘ldiruvchi (so‘ndirilgan ohakli asbest) va eritgich (zangori moy, solyarka) aralashtiriladi. Birinchi qozonda eritilayotgan bitum suvsizlanib bo‘lgach ikkinchi qozondagi aralashma asta-sekinlik bilan qo‘shiladi va ko‘piklash jarayoni tugab bir jinsli massa hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Sovuq mastika zavod sharoitida tayyorlanadi va qurilish maydoniga tayyor holda, germetik idishlarda keltiriladi. Havo harorati +5oS gacha bo‘lganda mastikani qizdirmasdan, havo harorati +5oS dan past bo‘lgan hollarda 60...70oS gacha qizdirib ishlatiladi. 18...20oS haroratli sovuq mastikalar oquvchan va bir jinsli bo‘lishi kerak.
Sovuq mastikalar suyultirilgan bog‘lovchilar va bitumli pastalar asosida tayyorlanadi. Suyultirilgan bog‘lovchilar asosidagi mastikalarga bitumli, rezinabitumli, gudrokamli mastikalar kiradi. Bu mastikalar o‘rama materiallarni yopishtirishda, himoya qatlami va bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda ishlatiladi. Bitumli pastalar asosidagi mastikalar deformatsiya choklarini to‘lg‘azishda qo‘llaniladi; shuningdek issiq iqlimli hududlarda tom qoplamasi sifatida ishlatilishi mumkin.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə