Hisob va biznes


Mavzuning nazariy asoslari va tadqiqot obyektining xususiyatlari



Yüklə 185,03 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü185,03 Kb.
#182637
1   2   3   4   5   6
Davronov Nodirbek BHAT kurs ishi

1. Mavzuning nazariy asoslari va tadqiqot obyektining xususiyatlari
1.1. Uzoq muddatli aktivlarning buxgalteriya hisobi xususiyatlari
Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar. Uzoq muddatli aktivlar korxonaning mol-mulki, zavod binolari, asbobuskunalari hisoblanadi. Uzoq muddatli aktivlarni sotib olishda yirik hajmdagi investitsiyalar safarbar etiladi.
Nomoddiy aktivlar - korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk obyektlari.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o’zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat muddati;
b) bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar.
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa;
b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa.
Asosiy vositalar boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi. Asosiy vositalar korxona balansiga sotib olish qiymati (etkazib beruvchiga to’langan summa) va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog’liq barcha xarajatlarni o’z ichiga olgan boshlang’ich qiymati bo’yicha kiritilishi lozim.
Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: ro’yxatga olish yig’imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo’lgan huquqni sotib olish (olish) bo’yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o’xshash to’lovlar; bojxona bojlari va yig’imlari; asosiy vositalar obyektlarini sotib olish (barpo etish) munosabati bilan soliqlar va yig’imlar summalari (agar ular qoplanmasa) ; asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summalar; asosiy vositalar ob’ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar; asosiy vositalar obyektini sotgan vositachilarga to’lanadigan mukofotlar; asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to’lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi. Sotib olingan asosiy vositalar haqini to’lash bilan bog’liq bank xizmatlari, akkreditiv ochish, xorijiy valyutani o’tkazganligi va konvertatsiya qilganligi uchun bankka vositachilik haqi to’lash bo’yicha xarajatlarni qo’shgan holda, shuningdek shartnomani tayyorlash va ro’yxatga olish xarajatlari asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi. Agar shartnoma shartlarida sotib olingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, unda mazkur asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lashni hisobga olmagan holdagi sotib olish qiymati bo’yicha qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va to’lovning umumiy summasi o’rtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki bo’libbo’lib to’lash davri davomida joriy to’lovning kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash bo’yicha to’lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og’irligiga bog’liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar bo’yicha xarajatlar)ga kiradi.

Yüklə 185,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə