Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi va



Yüklə 105,36 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü105,36 Kb.
#154153
  1   2   3   4   5   6
44023 unlocked


HISOBLASH TEXNIKASINING RIVOJLANISH TARIXI VA
AVLODLARI
MA’RUZA MATNI
REJA

  1. Elektron hisoblash mashinalarining (EHM) rivojlanish tarixi.

  2. Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari.

  3. Shaxsiy kompyuterlar yaratishga bo'lgan urinishlar.

  4. Nazorat savollari.

Adabiyotlar:

  1. CT.Fundamentals of Information Systems.Ralph Stair, George Reynolds. 2012.

  2. Learn Office 2011 for Mac OS X Copyright © 2010 by Guy Hart-Davis

  3. IT Essentials: PC Hardware and Software Companion Guide Third Edition David Anfinson • Ken Quamme Copyright© 2008 Cisco Systems, Inc

  4. Katherine Murray. First Look 2007 Microsoft OFFICE System. - Washington, 2012.

  5. Computer networks / Andrew S. Tanenbaum, David J. Wetherall. -- 5th ed. -Boston, 2011.

  6. Pushkar O., Sibilyev K. Information systems and technologies. Textbook -XapKiB:Bug. XHEy, 2012. -264 p.

  7. Aripov M.M., Muhammadiev J.O’. Informatika, informastion texnologiyalar: OO’Yu talabalari uchun darslik. -T.: Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining bosmaxonasi, 2004.-276 b.

  8. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik listey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. -T.: “O’qituvchi”, 2002 y. - 256 b.

  9. R.X.Alimov , G.T.Yulchiyeva , O.G.Rixsimboyev, Sh.A.Alishov. Axborot texnologiyasi va tizimlari (talabalar uchun darslik). -Toshkent, 2011.

  10. O.O.Hoshimov, M.M.Tulyaganov. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar

(Talabalar uchun darslik). -Toshkent, 2009.

  1. R.X.Ayupov. Excel jadval hisobligichida iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechish. -Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012.

  2. Radjabov B.SH., Samigova G.A., Masharipov M.R. Microsoft OFFICE 2010. Uslubiy qo'llanma O'zDSMI. -T., 2015.

Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangidan yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo'lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to'siqlarga duch keladi va shu to'siqlarni yengib o'tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma'lumki, ko'pincha yangi kashfiyot ma'lum bir muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so'zsiz kompyuterning XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz.Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi.Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlariga bo'lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bunga sabab barcha sohalarda biror bir qaror qabul qilish uchun katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o'zgarishlar uning bir qismi bo'lgan informatika sohasiga ham o‘z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo'layotgan o'zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o'zgarib, rivojlanib bormoqda. Qisqa vaqt mobaynida axborot texnologiyalari sohasida juda katta yutuq va o'zgarishlar amalga oshirildi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo'lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o'zgartirdi.
Komputerlarning yaratilish tarixiga nazar tashlasak, quyidagilarni esga olish mumkin. Insonlar qadim zamonlardan boshlab hisoblash ishlarida duch ke- linayotgan qiyinchiliklarni yengillashtirish ustida bosh qotirib, tinmay izlanib, asta- sekin bu muammoni echa boshlashgan. Dastlab, hisoblash quroli sifatida qo‘l bar- moqlaridan foydalanila boshlangan. Keyinchalik hisoblashni yog‘och tayoqchalari yordamida bajarishgan. Xitoy, Hindiston va Sharqning boshqa mamlakatlarida sonlarni yozish va hisoblash ishlarini bajarish uchun qadimgi hisoblash asboblari- dan biri bo'lgan abak hisoblash taxtasidan foydalanishgan.
XVII asrda logarifm yaratildi va shundan keyin yangi hisoblash asbobi - logarifmik chizg‘ich kashf etildi. Ana shular bilan bir vaqtda Shikkard, Paskal va Leybnitslarning hisoblash mashinalari dunyoga keldi. 1642 yilda fransuz olimi Blez Paskal yaratgan jamlash mashinasi birinchi hisoblash mashinasi deb qabul qilingan. Undan sal kam 200 yil o'tib, 1820 yili fransuz olimi Sharl de Kolmar sonlar ustida ko'paytirish va bo'lish amallarini bajaruvchi arifmometrni kashf etdi. Bu qurilma buxgalterlar stolidan o'rin oldi. Mexanik arifmometr murakkab masalalarni yechadigan matematik mashinalarning paydo bo'lishiga asos soldi [1, 10-11 p].
1833 yili ingliz matematigi Charlz Bebbij tomonidan ilmiy va texnik hisoblarda ishlatiladigan hisoblash mashinalarini loyihasini yaratdi. Uning loyihasiga ko'ra hisoblash mashinasi darsturiy boshqarilishi kerak edi. Hisoblash mashinasiga ma'lumotlarni kiritish uchun ma'lumot yo'zilgan qattiq qog'oz bo'lagi - perfokartalardan foydalanishni taklif qilingan. Bu paytda perfokartalar to'qimachilik sanoatida ishlatilar edi. Perfokartalarga ma'lumotlar kodlangan holatda perforatorlar bilan kichik to'rtburchakli teshikcha qilish orqali kiritilishi kerak edi. Lekin yetarli darajada texnika bazasi bo'lmaganligi tufayli Bebbidj bu ajoyib mashinani oxirigacha etkazishga muyassar bo'la olmadi. Bebbijning bu g‘oyasi 19-asrga kelib amalga oshdi. 1888 yili amerikalik muhandis German Xollerit birinchi elektromexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirdi. Bu mashina “Tabulyator” deb nomlanib, perfokartadagi ma'lumotlarni o'qish va tartiblashtirish amallarini bajarardi.
ooooooooooVdomVoVoVdooooooooooooooooooodoooboooooo'ooooooooooVoomQmom'om 11111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111 22222222222222222222222222222222222222222222222222222222222222222222222222222222 33333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333 44444444444444444444444444444444444444444444444444444444444444444444444444444444 55555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555 66S566B66666B8B6666666B666666£;86SE6GG6666S6SS66S6S666S666E66666G66666666£6666S6S 7777777177177777777777 77 77777 777777 777111111111 77777 7777777777111111111111111177 88333838888888888386388888838888333388588883883338331436363388888888833038381863 12 4 $ 8 !3 12 14 16 1| 20 22 2» 26 2? 30 32 34 36 38 40 42 44 46 45 50 52 51 5» 58 60 •* R w w ™ 9 9 93 999 99999 99 9 9939999 99 999 33 9 39 999 399 9999 9993999999 9299 9 9939999999 3..99333
Rasm 2.1. Perfokarta
1890 yili Xolleritning bu mashinasidan 11-amerika aholini ro'yxatga olish jarayonida ishlatildi. Aholini ro'yhatga olish jarayoni odatda 500 ta ishchi bilan 7 yil ichida bajarilardi. Xollerit mashinasi yordamida esa bu ish 43 ta ishchi va bir oy muddatda bajarildi.
1896 yil German Xollerit “Computing Tabulating Recording Company” nomli firma tashkil etdi. Hozirda bu firma dunyoga dong‘i taralgan mashhur “International Business Machines Corporation” - IBM korparatsiyasi nomi bilan yuritiladi. IBM korparatsiyasi kompyuter texnikaning rivojiga juda katta hissa qo'shdi.
Ilmiy-texnik rivojlanishning keyingi davri 1940 yillarda yaratilgan birinchi hisoblash mashinalari bilan boshlandi. Nemis muhandisi Konrada Suze “Z1” deb nomlanuvchi birinchi dasturiy boshqariluvchi hisoblash mashinasini yaratdi.
Bundan tashqari rus olimlari V.Bunyakovskiy va P.L.Chebishevlar yaratgan qurilma hisoblash texnikasining taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Taniqli ingliz olimi Bebbidjning mexanik arifmometr yaratishi XIX asrning yana bir kashfiyoti bo‘ldi.
XX asrning 30-40 yillarida ikkilik va o‘nlik sanoq tizimlardan foydalanib, elektromexanik relelar asosida dasturlanadigan hisoblash mashinalari yaratishga urinib ko'rildi. 1944 yilda amerikalik muhandis Govvard Eytken “Mark 1” deb nomlanuvchi hisoblash mashinasini yaratdi.Bu hisoblash mashinasi katta xonaga joylashgan va ko‘p miqdorda energiya iste'mol qilar edi. Bu mashina bilan elektromagnit elementlar bazasida hisoblash mashinalari yaratish imkoniyati uzil- kesil hal bo‘ldi.Lekin elektromexanik relelar yetarlicha tez ishlamas edi.
Bu mashinaning konstruktsiyasini tahlil qilish asosida amerikalik matematik J.Fon Neyman EHM yaratishning asosiy tamoyillarini, shu jumladan, ikkilik sanoq tizimidan foydalanish va dasturni tezkor xotirada saqlash tamoyillarini ilgari surdi.
1946 yili AQSh armiyasi buyurtmasi bilan birinchi keng mashtabli elektron hisoblash mashinasi ENIAK yaratildi. Uni amerikalik olimlar Djon Uilyam Mokli va Djon Presper Ekertlar yaratdi. Bu hisoblash mashinasining asosini vakuumli elektron lampalar tashkil etardi.Shuning uchun ularni elektron hisoblash mashinasi - EHM deb ataldi. EHMda 17468 ta elektron lampa, 7200ta kremniydan tayyorlargan diodlar, 1500 ta rele, 70000 ta resistor va 10000 ta kondensatorlar ishlatilgan. Energiya sarfi 150kBt edi.Hisoblash quvvati esa sekundiga 300 ko'paytirish amalini, 500 qo'shish amalini bajarar edi.Ogirligi 27 tonnani tashkil etardi. ENIAKdan asosan ballistik jadvallarni hisoblashda, obi-havo ma'lumotlarini oldindan aytib berishda, atom energetikasi, aerodinamika va kosmos tadqiqotlari hisob kitoblarini bajarishda foydalanilar edi [1, 83 p].
Sobiq ittifoqda elektron sanoq mashinasi akademik. Sergey Alekseyevich Lebedev rahbarligida 1951 yili Ukraina FA "Elektronika" institutida yaratildi va MESM (kichik elektron sanoq mashinasi) deb nom oldi. 1954 yili aniq mexanika va hisoblash texnikasi institutida S.A. Lebedev rahbarligida BESM (Katta elektron sanoq mashinasi) yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo'lib, sekundiga 9 ming amalni bajarar edi. Usha vaqtda "BESM" jahondagi eng tezkor mashina edi.
EHMlar qisqa vaqt ichida juda katta rivojlanishni boshidan kechirdi. Shuning uchun EHMlarning rivojlanish taraqqiyotida ularni avlodlarga ajratish qabul qilingan bo'lib, bu avlodlarning har biri EHMlarni asosini tashkil etuvchi elementlarning tayyorlanish texnologiyasi, jihozlarining parametrlari, shuningdek hal etadigan masalalari va dasturi bilan ajralib turadi.

Ko'rsatkich

EHM avlodlari

Birinchi avlod 1950-1960 yillar

Ikkinchiavlod
1960-1970 yillar

Uchinchi avlod 1970-1980-
Hiuriap

To'rtinchi avlod 1980-
1990 yillar

Protsesor
asosini tashkil
etuvchi element

Elektron lampalar

Yarim o'tkazgichlar (Transistorlar)

Kichik integral sxemalar

Katta integral sxemalar
O‘ta katta
integral sxemalar

Tezkor xotirani asosini tashkil etuvchi element

Elektron nur trubkalar

Ferrit halqachalar

Kremniy kristallar

Katta integral sxemalar
O‘ta katta
integral sxemalar

Asosiy kiritish qurilmasi

Perfokartali va perfolentali kiritish pulti

Alfavit raqamli display,
klaviatura

Rangli grafik
displeylar, klaviatura va
sichqoncha

Asosiy chiqarish qurilmasi

Alfavit-raqamli chiqarish
qurilmasi, perfolenta

Grafopostroitel, printer

Tashqi xotira

Magnit lentalar, barabanlar, perfokartala r va
perfolentala r

Magnit disklar

Perfolentala r, diametric 30 sm
bo'lgan magnit disklar

Magnit va
optik disklar




Tezkor xotiraning hajmi, baytda

101

102

104

105- 107

Protsessorning ishlash tezligi
(amal/cekundig a)

104

106

107

108 - 109 ko‘p prosessorlik

Dasturlash
tillari

Universal dasturlash tillari, translyatorla r (mashina kodi)

Operatsion sistemlar, optimallashtiruvc hi translyatorlar (Assembler, Fortran)

Yuqori darajali dasturlash tillari

Yuqori darajali dasturlash tillari

Foydalanish maqsadi

Ilmiy texnik hisoblar uchun

Texnik va
iqtisodiy hisob- kitoblar

Boshqarish va iqtisodiy hisob- kitoblar

Tele- kommunikatsiy a axborot
xizmati

Birinchi avlod mashinalari 1950-1960 yillarda ishlab chiqarilgan bo'lib, asosiy tashkil etuvchilari elektron lampalar bo'lgan. Bu EHMlar minglab lampalardan tashkil topib, ko'plab elektr energiya sarfini talab qilgan, ko‘p miqdorda issiqlik ajratib chiqargan va katta joyni egallagan. Bu mashinalarning amal bajarish tezligi past, xotira sig'imi kichik va tez-tez buzilib turgan. Dasturlar mashina kodida yozilgan. Dastur tuzuvchi o‘zi xotira yacheykalarini dastur orqali taqsimlagan. Birinchi avlod mashinalariga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, M-20 va boshqalar.


Rasm 2.2. BESM-2 elektron hisoblash mashinasi


1960- yillammg boshlarida elektron lampalar o'rniga yarim o'tkazgichlar va ular bazasida yaratilgan tranzistorlar ishlatila boshlandi, bu esa mashinaning massasi, o'lchovlari va iste'mol qiladigan energiya va issiqlik ajralishini keskin kamaytirish imkonini berdi. Yarim o'tkazgichli mashinalar EHMning ikkinchi avlodi bo'ldi va ularning ishlash ishonchliligi va tezligi ancha ortdi.
Bu avlodga mansub mashinalarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ularning qo'llanilish sohasi bo'yicha ixtisoslash mumkinligidir. Bu mashinalarda qo'yilgan masalalarni yechish uchun dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi.

Rasm 2.3. PDP-8 nomli ikkinch avlod EHMi


EHMning ikkinchi avlodi 1960-1970 yillarni o‘z ichiga oladi. Ularga misol qilib qo'yidagi hisoblash mashinalarni aytish mumkin: Minsk-2, Ryazan’, BESM- 6, Mir, Nairi, Minsk-22, Minsk-32 va boshqalar.
Uchinchi avlod mashinalari 1970-1980 yillarda yaratildi.Ishonchlilik, ixchamlik, ishlatishga qulaylik masalalari - EHMlar elementlar bazasini tayyorlashning mutlaqo yangi texnologiyasi yaratilishiga sabab bo'ldi. Elektron apparatlarning standart sxemalari va bloklari murakkab strukturali yarim o'tkazgichli monolit kristallar shaklida tayyorlana boshlandi va ular integral mikrosxemalar nomini oldi. Bu kichik integral sxemalar asosida tayyorlangan EHMlarning tezligi oshib sekundiga bir milliongacha amallar bajaradigan bo‘ldi.Tezkor xotira hajmi ham ancha kengayib, yuz mingtagacha so'zga yetdi. Uchinchi avloda EHMlari fan va texnika sohasida keng qo'llana boshlandi. Uchinchi avlod mashinalari xarakterli tomonlaridan biri EHMlar arxitekturasida katta siljish bo‘lganligidir.Bundan tashqari dasturiy ta'minoti rivojlandi, inson bilan EHM o'rtasida qulay muloqot tashkil etildi. Bu avvalo, tashqi qurilmalarning - alfavit-raqamli terminallar, diametri 30smli magnit disklar va operatsion tizimlarning rivoji bilan amalga oshdi.
Uchinchi avlod mashinalari davrida EHMlarning qo'llanish sohasida katta siljish bo‘ldi.Avvallari EHMdan faqatgina ilmiy-texnik hisob kitob ishlari bajariladigan bo'lsa, endiliklada belgili ma'lumotlarni ham qayta ishlash mumkin bo'ldi. Bu avlod mashinalariga misol qilib, sobiq ittifoqda yaratilgan katta va o'rtacha EHMlar: Ural-11, Ural-12, Ural-15 va yagona seriyali ESEHM larni keltirish mumkin. Bu mashinalardan eng quvvatlisi hisoblangan EHM ES-1060 sekundiga 1,5 mln. amalni bajarar edi. ESEHMining operativ xotirasi yuzlab kilobayt va megabayt bilan o'lchanadi.

Rasm 2.4. Uchinchi avlod mashinasi


To'rtinchi avlod EHMlarini yaratishga 1970 yilning ikkinchi yarmidan kirishilib 1980 yilga yaqin yakunlandi.Bu davrda katta integral sxemlar yaratildi.Ularda “1sm2” ga yuz minglab elektron elementlar joylashtirildi. Bu katta integral sxemalar asosida yaratilgan EHMlarning tezligi va tezkor xotira hajmi birinchi avlod EHMlarinikiga qaraganda yuz ming martaga oshdi va sekundiga 109 amal bajaradigan bo'ldi. Katta integral sxemalarning paydo bo'lishi sonli axborotlarni qayta ishlab chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar - mikroprotsessorlarning yaratilishiga olib keldi.Sanoatda 1970-yillarda mikroprotsessorlar asosida to'rtinchi avlod mashinalari—mikro EHMlar ishlab chiqarila boshlandi. To'rtinchi avlod mashinalari tarkibiga sobiq ittifoqda yaratilgan EL’BRUS-2, M-10 EHMlari va hozirgi zamon shaxsiy komp’yuterlari ham mansub. Mikrokomp’yuterlar qurilmalarining boshqarish qurilmasi, bitta katta integral sxemalar tarzida ishlanganligi uchun ularning tashqi qurilmalari uncha katta emasligi, ishlash tezligi va bahosi arzonligi bilan ajralib turadi.
Mikroelektronikaning yutuqlari asosida shaxsiy elektron hisoblash mashinalari (ShEHM) yaratildi. Arzon, kichik hajmdagi avtonom mikroprotsessorli hisoblash tizimi ShEHMlarining ommaviy qo'llanilishi ko'plab dasturli vositalar, ya'ni amaliy dasturlar paketi, operatsion tizimlar, translyatorlar va boshqalarni yaratishga olib keldi.
Ayni vaqtda beshinchi avlod EHMlari ustida ish olib borilyapti.Ushbu avlod mashinalari oddiy so'zni "tushunadigan", rasmlarni "ko'ra oladigan", tovushlarni "eshita oladigan", sekundiga 1 mlrd.atrofida amal bajara oladigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo'lgan holda ixcham bo'lishi kerak.
EHMlarning hajmini qisqartirishga va komp'yuter yaratilishiga 1948 yilda yaratilgan tranzistorlar sabab bo'ldi, chunki elektron lampalar o'rnini kichik hajmdagi tranzistorlar egallashiga imkon yaratildi.
1965 yilda Digital Eguipmentfirmasi RDR-8 rusumli dastlabki minikomp'yuter yaratdi. Ayni shu davrda minikomp'yuterlar yaratilishiga, yana bir yangilik - integral sxemalar kashf etilishi bo'ldi.
1959 yilda Intel firmasining bo'lg'usi asoschisi Robert Noys bitta plastinkada tranzistorlarni o'zaro bog'lash usulini yaratdi. Bu elektron sxemalar keyinchalik integral sxemalar deb yuritila boshladi.
Shunday qilib, 1968 yilda Vurroughs firmasi dastlabki integral sxemalar asosida ishlovchi komp'yuter yaratdi.
1970 yildan boshlab Intel firmasi xotiraning integral sxemasini ishlab chiqarib, keng miqiyosda sota boshladi.1973 yilda Intel firmasi tomonidan 8-baytli Intel-8008 mikroprotsessori, 1974 yilda Intel-8080 versiyasi yaratildi.
1970 yilda shaxsiy komp'yuterlammg yuzaga kelishi katta EHMlarga bo'lgan talabni susaytirdi.Bu esa o‘z navbatida IBM (International Business Machines Corparation) firmasi faoliyatiga keskin ta'sir o'tkazdi. 1979 yilda boshlangan izlanishlar 1981 yilda (16 razryadli Intel 8088 mikroprotsessori asosida) yaratilgan va bozorda o‘z o'rnini topgan IBM PC komp'yuterida o‘z samarasini berdi. Oradan ikki yil o'tib, bozorda o'zining munosib o'rnini egalladi.1983 yilda IBM PC XT, 1985 yilda IBM PC AT komp'yuterlari ishlab chiqarildi.
Ko‘p o'tmay boshqa firmalar ham IBM PC komp'yuterini ishlab chiqara boshladi. Ayni vaqtda u nafaqat Amerika va Evropa mamlakatlarida balki Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, hususan Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Malayziya mamlakatlarida ham g'arb mamlakatlariga qaraganda arzonroq narxda ishlab chiqarilib jahon bozorida sotila boshladi.
Shunday qilib kompyuter - bu insoniyatning eng ajoyib kashfiyotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompyuter hayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Agar boshida shaxsiy kompyuterlardan asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun foydalanilgan bo'lsa, hozirgi kunda kompyuterlar audio, video ma’lumotlar bilan ishlovchi kino texnologiyalarida keng foydalanilmoqda.

Yüklə 105,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə