Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi


Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari



Yüklə 222,5 Kb.
səhifə4/5
tarix11.10.2023
ölçüsü222,5 Kb.
#126843
1   2   3   4   5
ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARINING RIVOJLANISH TARIXI

Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari.
Tarixan qisqa vaqt mobaynida (35-40 yil orasida) EHMning to`rt avlodi yaratilib, beshinchi avlod mashinlari loyihalashtirilmoqda. EHMlarning avlodlarga ajratish ularni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari bilan farqlanadi.
EHMlarning birinchi avlodi.(50-yillar boshlarigacha) qatoriga MESM, BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, Ural-1, Ural-2 ba boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ularning o`lchamlari katta, elektr quvvatini ko`p iste’mol qiladi, amallarninh bajarilishi tezligi past, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmaydi va ishonchsizligi bilan ajralib turadi. Bu toifa mashinalar sekundiga o`rtacha 10000 amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tahacha son sig`adi.
EHMlarning ikkinchi avlodi.(1960 yillarning boshlari) tranzistorlar (yarimo`tkazgich va magnit elementlar)dan tuzilgan. Bu avlodga mansub mshinalarning o`ziga hos xususiyatlaridan biri, ular qo`llanish sohasi bo`yicha ixtisoslashtirilgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda tezroq va ishonchliligi ko`proq ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi.
EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Minsk-22, Razdan-3, M-220, BESm-6, MIR, Nairi, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar. Bu mashinalarda qo`yilgan masalani tez yechish imkoniyatini yaratadigan dasturdan, masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo`lgan amallar ketma-ketligidan foydalanish mumkin.
Bunday EHMlarning o`rtacha tezligi 100000 amal/sekund, xotirasiga 10000 tagacha so`z sig`adi.
Elektron hisoblash mashinalarining keyingi murakkablashuvi turli vazifalarni bajaruvchi moslamalarning o`sishiga olib keldi, bu esa o`z navbatida element va sxemalarni kichraytirishni va ularning ishlashdagi ishonchlilikni oshirishni, xotira sig`imini kattalashtirishni, ishlash tezligini yana ham tezlatishni talab etdi. Shunga asosan mikroelektronikada tez orada 1kub santimetr hajmli kristalda eng kamida 5 dona elektronika elementini birlashtirgan electron qurilma, ya’ni mitti integral sxemalar paydo bo`la boshladi. Bunday sxemalar ikkinchi avlod mashinalarida mavjud bo`lgan barcha kamchiliklarning ko`p qismini yo`q qilingan yangi hisoblash mashinalarining paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Integral sxema, avvalo yasalayotgan moslamalarni miniaturalash (juda kichiklashtirish)ga olib keldi.

Yüklə 222,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə