Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi


EHMlarning uchinchi avlodi



Yüklə 222,5 Kb.
səhifə5/5
tarix11.10.2023
ölçüsü222,5 Kb.
#126843
1   2   3   4   5
ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARINING RIVOJLANISH TARIXI

EHMlarning uchinchi avlodi.(60-yillarning oxiri) ko`pchilik tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o`rniga integral sxemalardan keng ko`lamda foydalanish bilan harakterlanadi.
Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashishi va ishlash tezligining oshishini ta’minlashga erishildi. Bunday mashinalarning samarali va ishonchli ishlashiga ta’minlandi. Xotira sig`imi 2048 Kbaytgacha bordi. Bu avlod mashinalarini birgalikda ishlab chiqargan yagona sistema turidagi mashinalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi mashinalarning nomi ES dan boshlanadi.
Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amal bajarishi mumkin bo`ldi.
Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o`rtasida muloqot qilish mumkin bo`lgan hisoblash mashinalari yaratish zarurati tug`dirdi. Ba vazifa yangi paydo bo`layotgan to`rtinchi avlod mashinalarida amalga oshirildi.
EHMlarning to`rtinchi avlodi. 1970 yillardan etiboran paydo bo`la boshladi. Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar. Ya’ni 1sm kub hajmda 100 minggacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo`llanildi. B unday EHMlardan jamoa ravishda foydalanish EHMlar tarmog`ini va shaxsiy kompyuterlar yaratish imkonini tug`dirdi. Hozirhi kunda ko`pgina o`rta maktablarga o`rnatilgan IBM, Yamaxa, Pravets-8A, AGAT, Osiyo, Toshkent, Yoshlik kompyuterlari shu turdagilardir.


Hozirgi kunda beshincha avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qiliniyapti. Ayniqsa, bu sohada yaponiya olimlari yaratgan beshinchi avlod mashinalarining loyihalari diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko`zda tutgan.Yaponiya olimlarining tabiricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og`zaki gaplarni “eshitadigan” va “tushunadigan”, matnlarni o`qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan, rasm va chizmalarni “ko`ra” oladigan hamda “tushunadigan” bo`lishi kerak. Bunday komputerlar galley arsendi, katta va o`ta katta integral sxemalar asosida qurlishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda yer yuzida laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o`tkazilmoqda. Ular komputerlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalarning vazifalarini o`tayapti. Albatta, ushbu yo`nalish bo`yicha EHM qurish haqida gap yuritish erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, komputerlaning yangi davrini boshlaydigan biokomputerlarga ega bo`lishimiz mumkin.
Yüklə 222,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə