Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi



Yüklə 222,5 Kb.
səhifə1/5
tarix11.10.2023
ölçüsü222,5 Kb.
#126843
  1   2   3   4   5
ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARINING RIVOJLANISH TARIXI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Mavzu: ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARINING RIVOJLANISH TARIXI




TOSHKENT 2006


Reja:


1. Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr.
2. Mexanik davr.
3. Elektromexanik mashinalar davri.
4. Elektron hisoblash mashinalar davri.
5. Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari.


Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr.
Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo`lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi.
Qo`l va oyoq barmoqlari ibtidoiy “hisoblash vositasi” vazifasini o`tagan. Binobarin, o`sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli – barmoq hisobi paydo bo`lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta’minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo`l barmoqlari “besh”ni, ikki qo`l barmoqlari “o`nni”, qo`l va oyoq barmoqlari birgalikda “yigirmani” bildirgan.
Dastlabki va eng sodda sun’iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bo`lib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o`yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig`ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan
H isoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etardi. Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko`rinishdan hozirgi cho`tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini bir muncha yengillashtirdi. Dastlabki hisoblash asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo`lib, Shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan, Neper tayoqchalari yordamida qo`shish, ayirish va ko`paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmik chizg`ich yaratilishiga asos bo`ldi.



Yüklə 222,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə