Hisobot mazmuni


Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va uni yuritish usullari



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə5/8
tarix12.05.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#109896
1   2   3   4   5   6   7   8
HISOBOT

Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va uni yuritish usullari
«Maktab buxgalteriyasida tovar-moddiy zaxiralarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to’g’ri kelish-kelmasligi tekshiriladi».8
Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to’lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko’rib chiqish uchun qaytariladi.
Buxgalteriyada tekshirishdan o’tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko’paytirilib, hujjat bo’yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo’yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo’yicha kichik guruhlarga bo’linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg’aruv qaydnomasiga yozib qo’yiladi.
Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish. Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko’p hollarda ularni sotib olish hamda tayyorlash bilan bog’liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag’ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa hisobvaraqlarning kreditlari bo’yicha materiallarning sotib olish qiymati shakllanadi. Shuningdek, bu yerda materiallar bilan bog’liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi.
Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo’yicha haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi.
Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og’ishlar» hisobvarag’iga o’tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og’ishlar» hisobvarag’ining debetida yig’ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtiyojlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag’iga ko’chiriladi.
1510-«Materiallarni tayorlash va xarid qilish» hisobvarag’i debetidagi qoldiq korxonaga hali kelib tushmagan yo’ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog’liq barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarning turlari bo’yicha tegishli hisobvaraqlarda mavjud materiallarning umumiy hajmi bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi.
Bu narsa hisobot oyi davomida sarflangan materiallarga to’g’ri keladigan transport-tayyorlov xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish uchun zarur.
Sarflangan materiallar qaysi hisobvaraqlarga o’tkazilgan bo’lsa, transport- tayyorlov xarajatlari summasi ham shu hisobvaralarga yoziladi. haqiqiy tannarxning rejadan oshish ulushini topish va hisobga olish ham shu tartibda bajariladi. Bu yerda farq shundaki, og’ishish (tejalgan yoki ortiqcha xarajat) bo’lishi mumkin. Ortiqcha xarajat transport-tayyorlov xarajatlariga o’xshab, reja tannarxini ko’paytiradi, tejalgan summa esa uni kamaytiradi. Tejalgan summa minus yoki qizil storno bilan yoziladi.
Quyidagi jadvalda «Bunyodkor Qurilish-Montaj» korxonasi bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab topish misoli keltirilgan (3-jadval).
Materiallar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli hisobdan chiqib ketishi mumkin:

    • ishlab chiqarishga sarflanganida;

    • ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.

    1. jadval.




Ko’rsatkichlar

Materiallarni baholash

Shartnoma bahoda

Haqiqiy tannarxda

Oy boshiga qoldiq

10000

15000

Oy davomidagi kirim

50000

60000

Jami tushum (1+2)

60000

75000

Transport-tayyorlov xarajatlari:
summada foizda

15000
25

75000-60000
(15000x100)/60000

Hisobot oyida sarflandi

40000

45000

Oy oxiriga qoldiq

20000

30000

Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:


D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo) K-t 1010-«Xom ashyo va materiallar».
Hisob-kitobning jurnal-order shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning ulgurji bahosi shartnoma yoki reja tannarxi bo’yicha 10-jurnal-order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1-jurnal-orderga yoziladi.Tovar-moddiy zaxiralardan to’g’ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo’lmagan materiallarning bor-yo’qligini tekshirib ko’rishi lozim. Agar korxonada keraksiz yoki ortiqcha material borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga sotishi mumkin.
Masalan, maktabda haqiqiy qiymati 20000 so’mlik ortiqcha material borligi aniqlandi va korxona uni 30000 ming so’mga boshqa korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  • materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi 20000 so’m:

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqa chiqib ketishi»-20000 so’m;
K-t 1010- «Xom ashyo va materiallar»-20000 so’m.

  • materialning sotish qiymati aks ettirildi 30000 so’m:

D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi»-30000 so’m;

K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqa chiqib ketishi»-30000 so’m.


QQS hisoblandi 4000 so’m:
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqa chiqib ketishi»-4000 so’m.
K-t 6410-«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar»-4000 so’m.

  • ortiqcha materiallarni sotishdan foyda olindi (30000-20000-4000)=6000 so’m:

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqa chiqib ketishi»-6000 so’m;
K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqa chiqib ketishidan olingan foyda»-6000 so’m.
Tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi. Mahsulotning sotilishi korxona mablag’lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning xalq xo’jaligi iste’molida o’z o’rnini topganligini anglatadi. «hozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulotning sotilishi asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan tushumni belgilashning ikki usuli majud:






Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə