Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari reja



Yüklə 151,84 Kb.
səhifə9/18
tarix30.12.2023
ölçüsü151,84 Kb.
#164709
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv

Tamoyillar - asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi ustivor g‘oyalardir. Tamoyillar sifatida, jumladan, isbotlab bo‘lmaydigan va isbot talab qilmaydigan aksiomalar, postulatlar amal qilishi mumkin.
Kategoriyalar- borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham shunday ta'rif berish mumkin. Biroq, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq, fan kategoriyalari butun borliqning emas, balki borliqning muayyan parchasi xossalarini aks ettiradi.
Fan qonunlari hodisalar o‘rtasidagi zarur, muhim, barqaror, takrorlanuvchi munosabatlarni yoritadi. Bu hodisalarning amal qilishi va rivojlanishi qonunlari bo‘lishi mumkin. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonunlarini bilish – fanning muhim vazifasi. U o‘rganilayotgan hodisalarning tushunchalar va kategoriyalarda qayd etiladigan umumiy va muhim tomonlarini yoritishdan ularning barqaror, takrorlanuvchi, muhim va zarur aloqalarini aniqlashga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning paradigmasini tashkil etadi.
Paradigma fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy me'yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. U butun ilmiy hamjamiyat tomonidan fanning muayyan darajasida yuzaga keluvchi vazifalarni qo‘yish va yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik faoliyati, ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo‘l ko‘rsatadi, yangi dalillar va nazariyalarning bashorat qilinishini ta'minlaydi. U o‘ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni inkor etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo‘lib xizmat qiladi. Paradigma tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, «normal fan»ga tegishli ilmiy paradigmaga tayangan holda muayyan vazifalarni yechish xosdir. Fan rivojlanishidagi normal davrlar inqiloblar bilan almashadi. Ular eski paradigma doirasiga sig‘maydigan hodisalarning kashf etilishi bilan bog‘liq. Natijada fanda inqiroz davri boshlanadi va u eski paradigma sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va yangi paradigmaning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Yangi paradigmaning qaror topishi fanda inqilob yasalishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 151,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə