Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari reja



Yüklə 151,84 Kb.
səhifə8/18
tarix30.12.2023
ölçüsü151,84 Kb.
#164709
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv

Nazariya hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o‘tgan tizimidir. U o‘rganilayotgan hodisalarning mazmunini yorituvchi tabiat va jamiyat umumiy qonunlarining kafsh etilishi natijasida shakllanadi. Gipoteza borliqning muayyan bo‘lagini tushuntirish yoki talqin qilishga qaratilgan g‘oyalar majmuini o‘z ichiga oladi. Nazariya tarkibiga esa uning asoslari sifatida mavjud bo‘lgan va yuzaga kelishini belgilagan barcha elementlar kiradi. Dastlabki nazariy negiz, ya'ni jamuljam holda tadqiqot ob'ekti haqida umumiy tasavvurni, ob'ektning ideal modelini tashkil etuvchi ko‘p sonli tamoyillar, aksiomalar, qonunlar nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy model ayni vaqtda asosiy nazariy tamoyillar tizimiga tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir.
Nazariya tushuntirish, bashorat qilish, amalda sinash va sintez qilish kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Nazariya ilmiy dalillar tizimini tartibga soladi, ularni o‘z tarkibiga kiritadi va o‘zini tashkil etuvchi qonunlar va tamoyillardan oqibatlar sifatida yangi dalillarni yaratadi. Puxta ishlab chiqilgan nazariya fanga ma'lum bo‘lmagan hodisalar va xossalarni bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo‘lib xizmat qiladi, ularga tabiiy va ijtimoiy hodisalar dunyosida yo‘l ko‘rsatadi. Nazariyada ilmiy g‘oyalar, ya'ni unda aks ettirilgan ob'ektlar turkumi doirasida amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar haqidagi bilimlar markaziy o‘rinni egallaydi. Ilmiy g‘oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi qonunlar, tamoyillar va tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi.
Nazariya boshqa nazariyalarga kirish va shu yo‘l bilan ularni qayta qurish qobiliyatiga ega. U har xil nazariyalarning birlashishi va dunyoning ilmiy manzarasi o‘zagini tashkil etuvchi tizimga aylanishini rag‘batlantiradi. Nazariya butun bir davrning tafakkur uslubini belgilashga qodir bo‘lgan yangi g‘oyalarga zamin yaratadi. O‘z shakllanish jarayonida nazariya mavjud tamoyillar, kategoriyalar va qonunlar tizimiga tayanadi va yangi tamoyillar, kategoriyalar va qonunlarni kashf etadi.

Yüklə 151,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə