Hist14mbk mavzu 9



Yüklə 392,46 Kb.
səhifə2/7
tarix17.12.2023
ölçüsü392,46 Kb.
#150137
1   2   3   4   5   6   7
EozdTQHhE3K9AtuvPniLEbdMkmSbbm8oZXjSUw3m (1)

2. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. Ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Dastlab Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Malayziya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. SHuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari ochildi. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchixonalari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Mamlkatimiz har tomonlama diplomatik, siyosiy, iqtisodiy aloqalarni toboro kengaytirib bormoqda. 1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz SHarifning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi asosida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos solindi. 1992 yil 24-25 noyabr kunlari respublikamiz rahbarining Eron Islom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. SHu yili O‘zbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. 1992 yil 6 fevralda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo‘lidi.
Mustaqil O‘zbekistonni Osiyodagi yirik davlat - Hindiston bilan aloqalari yildan-yilga kengayib bormoqda. Bunga 1992 yil 12-13 oktyabr kunlari Hindiston tashqi ishlar vaziri R.L. Bxatiya davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishi diplomatik aloqalarga asos soldi. Mustaqillik yillarida respublikamizda 25 dan ortiq hind-o‘zbek qo‘shma korxonalari samarali ish olib bormoqda. Masalan, Farmatsevtika, qurilish, to‘qimachilik, servis xizmati jabhalarida tashkil etilgan «Surxon Adjanta farma», «Tata Projekts LTD», «Gufik Avitsenna» va boshqalar.
O‘zbekiston YAponiya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlanishiga 1994 yil 16-19 may kunlari Respublikamiz davlat delegatsiyasining YAponiyada bo‘lishi o‘zaro munosabatlarimizni rivojlanishiga keng yo‘l ochdi. Respublikamizda YAponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui va KOLTD», «Mitsubisi korporeyshn», «Sumitoto korporeyshn», «CHori» va boshqa ko‘plab kompaniya firmalari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. YAponiya davlati Respublikamizdagi Ko‘kdumaloq neft-gaz kondensati konini o‘zlashtirishda, Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘l tarmog‘ini barpo etishda, Buxoro, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarini qurish va ta’mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta’minlashda o‘z sarmoyalari bilan faol qatnashmoqda.
O‘zbekiston SHarqning yana bir rivojlangan davlati Janubiy Koreya davlati o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil yo‘lga qo‘yilgan. 1992 yil 19 iyunda iqtisodiy, savdo, transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, to‘qimachilik, maorif, ommaviy axborot, sport aloqalarining rivojlanishiga asos solindi. SHuningdek bu ikki davlat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarining uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyaning olamga mashhur «Samsung», «DEU» korporatsiyalari bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O‘zDEUavto» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil zavodining 1996 yil 25 martda qurib ishga tushirilishi, uning yiliga 200.000 ming zamonaviy "Tiko", «Damas» va «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda Janubiy Koreya davlati bilan hamkorlikda tuzilgan 80 dan ortiq qo‘shma korxonalar keng faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin egallagan Malayziya va Indoneziya davlatlari bilan davlatlararo aloqalar o‘rnatildi. YUrtboshimiz I.A.Karimovning 1992 yil 19-23 iyun kunlari bu ikki davlatga safari diplomatik aloqalar boshlanishida muhim ahamiyatga molik bo‘ldi. Ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalardagi aloqalar tobora kengayib bormoqda.

Yüklə 392,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə