Hist14mbk mavzu 9


O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi



Yüklə 392,46 Kb.
səhifə4/7
tarix17.12.2023
ölçüsü392,46 Kb.
#150137
1   2   3   4   5   6   7
EozdTQHhE3K9AtuvPniLEbdMkmSbbm8oZXjSUw3m (1)

3. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi
1991 yil 8 dekabrda Belorusiyaning Belovejskoe Pushche qarorgohida uch davlat Rossiya, Ukraina, Belorusiya Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. SHartnomada SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi. 1991 yil 21 dekabrda Almatida Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izisgon, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldaviya davlat boshliqlarining kengashida ushbu davlatlarning MDH ga a’zo bo‘lganligi to‘g‘risidagi bayonot qabul qilindi.
1992 yil 15 may kuni Toshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Toshkent Kengashida bir qator hujjatlar imzolanadi. 1993 yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda MDH ning Nizomi imzolanadi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. 1993 yil 24 sentyabrda Moskvada MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda MDH doirasida iqtisodiy ittifoq barpo etish masalasi muhokama etildi va iqtisodiy ittifoqfni tuzish haqidagi shartnoma imzolandi. 1994 yil 21 oktyabrda Moskvada MDH davlat boshliqlarining Kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda Iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi (DIQ) tuzildi.
SHuni qayd etish zarurki 1991-2001 yillarda MDH davlat boshliqlarining 30 ga yaqin kengashi bo‘lib, ularda hammasi bo‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. 1993 yil MDH davlatlari bilan imzolangan "Iqtisodiy ittifoq" haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
SHuningdek O‘zbekistonning Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Mamlakatimiz Boltiq bo‘yi davlatlari bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdori. Bu davlatlar o‘rtasidagi muammolar, ularni echish uchun ushbu mamlakat rahbarlari davlatlararo kengashlar o‘tkazib, muhim masalalarni ya’ni do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida protokol va savdo-iqtisodiy hamkorlik bitimlari imzolangan.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov Ukrainaga bir necha bor safar qildi. O‘tgan davrlar mobaynida O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 20 dan ortiq o‘zbek-ukraina qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston - Belorus Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida shartnomalar asosida 1991 yildan boshlab ish yuritmoqda. Ikki davlat o‘rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o‘zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘li va pochta aloqasi bo‘yicha hamkorligini chuqurlashtirishda yangi bosqich bo‘ldi.
O‘zbekistonning Gruziya, Moldova davlatlari bilan ikki tomonlama davlat aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Respublikamiz bilan Gruziya o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklash muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki mustaqil davlat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik, sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo‘jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, atrof-muhit muhofazasi, pochta aloqasi, soliq, bojxona tizimi, jinoyatchilikka qarshi kurash kabi 30 dan ortiq hukumatlararo va muassasalararo bitim va hujjatlar imzolangan.
O‘zbekistonning Boltiq bo‘yi davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi katta ahamiyatga ega. Bunga O‘zbekiston bilan Litva, Latviya va Estoniya Respublikalari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma Deklaratsiyasining imzolanishi bu davlatlar bilan bundan keyingi aloqalarni rivojlanishini yangi bosqichga ko‘tardi. O‘zbekiston bu davlatlarga rangli metallar, ipak paxta, neft va boshqa mahsulotlar eksport qiladi. Respublikamiz Litva, Latviya va Estoniyadan elektr mashinalari, ularning ehtiyot qismlari, shakar, efir moyi, qora metal, sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib oladi. O‘zaro hamkorlikka asosan Toshkentda bu davlatlarning qo‘shma korxonalari ish yuritmoqda.
Ayniqsa O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi 1992 yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolangan. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri V.CHernomirdin, keyinroq E.Primakov 1998 yil Rossiya Federatsiyasi prezidenti B.F.lsin, 1999-yil dekabr va 2000 yil may oyida prezident V.V.Putinning O‘zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishda yangi davrni boshlab berdi. 2003-2004 yllarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. Jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi.
V. Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. V. Putin qisqa muddatda O‘zbekistonda ikki marta – 1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o‘rtasida savdo iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish xarbiy va xarbiy texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg‘anistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muxokama etildi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash xajmi 2000 yilda bir milliard AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda 520 ta O‘zbekiston- Rossiya qo‘shma korxonasi, SHuningdek, Rossiya Fereratsiyasi firma va kompaniyalari ro‘yxatga olingan. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida tushilgan 250 ga yaqin qo‘shma korxona mavjud. O‘zbekiston Rossiyadan mashinalar va jixozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metal va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jixozlar, paxta tolasi, oziq-ovqat mollarini eksport qiladi.
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001 yil 3-5 may kunlari, 2004 yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Prezidenti V. Putinning 2004 yil iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi tog‘onaga ko‘tardi. 2001 yili MDH tashkil topganligining 10 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda savdo, iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida Rossiya bilan shartnomalar imzolanadi. Bugungi kunda MDH davlatlari, xususan Ukraina, Belorussiya, Moldova, Boltiq bo‘yi respublikalari ham O‘zbekiston bilan teng sherikchilik asosida o‘zaro hamkorlik qilmoqdalar.
2004 yil 16 iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolanadi. Mazkur 2005 yil 14 noyabrda ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma xujjatlari o‘zaro xavfsizlikni ta’minlash, global taxdidlarga qarshi xarakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mustaxkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. “ O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan “ Lukoyl” neft kompaniyasi OAJ xamda “Gazprom OAJ” o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu xujjat Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqilg‘i- energetikasi sohasiga 2.5 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo xajmi 2004 yilda 1 milliard 642 million AQSH dollarini tashkil etdi.
2008 yil 5-6 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5-6 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi hamda Aviasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2008 yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan olib borayotgan o‘zaro hamkorligi yanada diqqatga sazovordir. Xususan O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mustaqillik yillarida yanada kengaygan. Jumladan 1994 yil yanvar oyida Qozog‘iston Prezdenti N.Nazarboevning O‘zbekistonga tashrifi natijasida "YAgona iqtisodiy hudud" to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekdilar. Bu shartnomaga keyinchalik Qirg‘iziston va Tojikistonning ham kirishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi.
Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun O‘zbekiston davlati rahbariyati qat’iyat bilan harakat qilib kelmoqdalar. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1993 yil 4 yanvar Toshkentdagi tarixiy uchrashuvi ushbu davlatlar hayotida muhim voqea bo‘ldi. Uchrashuvda mintaqa taqdiriga taalluqli masalalar birinchi marta muhokamaga qo‘yildi. Orol dengizini saqlab qolish bo‘yicha xalqaro jamg‘arma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. SHunday uchrashuvlar bir yilda ikki marta (1993 yil, mart, Qizil-O‘rda, 1994 yil, yanvar. Nukus; 1994 yil, aprel. CHo‘lpon-ota, 1995 yil, mart. Tashhovuz; 1996 yil, yanvar. Ko‘kchatov; 1997 yil, yanvar, Bishkek; 1997 yil dekabr, Oqmola; 1998 yil mart Toshkent) kengashlarida mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy masalalar to‘g‘risida shartnomalar, bitimlar imzolandi.
Birgina Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlik misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2008 yil 22 -24 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lishi mamlakatlar yangi tarixida o‘ziga xos davrni boshlab berdi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda 1997 yilda imzolangan Erkin savdo to‘g‘risidagi bitimga amal qilinar edi. So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi jadal o‘sib bormoqda. Xususan, 2006 yilda 39,1 foizlik o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, 2007 yilda o‘zaro savdo hajmi 63,3 foiz yuksalib, 1 milliard 193,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. YA’ni, 2007 yilda mamlakatlarimiz ilk bor 1 milliardlik dovondan oshdi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, bunda O‘zbekistonning ijobiy saldosi 129,5 million AQSH dollaridan iborat bo‘lgan.
2008 yil 22 -24 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar paytida mamlakatlar o‘rtasida 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik dasturi va 2007-2016 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi qabul qilingan. Mazkur hujjatlar savdo, suv-energetika majmui, sarmoya, moliya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona va innovatsiya borasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan.
Islom Karimovning 2007 yil oktabr oyida Ashxobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi yangicha munosabatlarni qaror toptirish, uni sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarish uchun poydevor bo‘ldi. 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va dastur ushbu sohadagi istiqbolli vazifalarning ijro etilishini ta’minlashiga shubha yo‘q.
SHu bilan birga Markaziy Osiyo mintaqasida Orol dengizi suvidan oqiloana foydalanish, mintaqada ekologik vaziyatni asrashga qaratilgan pozitsiyamiz so‘ngi 20 yil mobaynida jahon jamoatchiligining diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining uchrashuvida u yana bir bor o‘z aksini topdi. Sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi va ushbu masala yuzasidan o‘zining qat’iy fikr-mulohazalarini bildirdi.
Mintaqa davlatlarning tarixiy taqdirlari va geosiyosiy holatlarining mushtarakligi, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, siyosiy va ma’naviy hamkorligini kengaytirish, inqirozli holatlardan tezroq chiqib olish, MDH muammolari bo‘yicha o‘z vaziyatlarini belgilash yo‘llarini axtarishga intilayotganligini anglash lozim. Bu ayniqsa, Tojikistondagi fuqarolar urushini tezroq tinch, kelishuv yo‘li bilan bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekistonning sa’y-harakatlari BMT hamda Evropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining oliy darajadagi anjumanlarida so‘zlagan nutqlarida o‘z aksini topdi.
Keyinchalik ushbu tashkilot EvrAzES nomi bilan yuritila boshlandi va “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkiloti ayni bir hil maqsad hamda vazifalarni o‘z oldilariga qo‘yganini ko‘zda tutib, bu tashkilot faoliyati osonlashtirildi, xarajatlar kamaytirildi. EvrAZES – iqtisodiy hamkorlikning yangi sharoitlarida yangi shakl va yangi yo‘nalishlarni topishning ijobiy misollaridan biri ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Masalan: 2006 yil davomidayoq boj tariflarini unifikatsiyalash, uchinchi mamlakatlardan kiritilayotgan mahsulotlarga boj olish masalalari hozirning o‘zidayoq 60 foizga bajarilganligi buning dalilidir.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining 2000 yil 20-23 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqida hujjatni imzoladilar. SHuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozog‘iston va O‘zbekiston respublikasi prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini kengaytirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Ushbu mamlakatlarni birlashtirib turgan muhim muammolar qatorida Orol dengizi masalasi katta o‘rin tutadi. SHu bois bu masalani to‘la qonli hal etish mintaqadagi davlatlarning global muammolari qatoriga kiradi. Prezidentimiz so‘zi bilan aytganda "Orol bo‘yining barcha ne’matlarini "yagona sovet xalqi" bilan baham ko‘rilgan” bo‘lsa, "uning achchiq mevasi Orol bo‘yi fojiasidan qutulish Markaziy Osiyo xalqlarining ishi bo‘lib qoldi." 2002 yil 28 fevral -1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi.
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan mamlakat Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2008 yilning aprel oyida Buxarestda bo‘lib o‘tgan NATO samitidagi ma’ruzasida ilgari surilgan takliflari mohiyatan o‘ta dolzarb edi. Unda faqat Afg‘oniston emas balki butun musulmon olamida og‘ir vaziyat va keskinlikka sabab bo‘layotgan islom diniga nisbatan mutlaqo asossiz xuruj va bo‘htonlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi uqdiriladi. SHu o‘rinda mamlakatimiz prezidentining 2001 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan “6+2” muloqot guruhini NATO vakolatxonasi ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, “6+2”ni “6+3” guruhiga aylantirish zarurligi haqidagi tashabbuslari keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinadi. Jumladan shu munosabat bilan O‘zbekiston tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan 62 guruhining Afg‘oniston masalasini hal qilishda va Toshkent Deklaratsiyasining ahamiyati muhim edi.
Markaziy Osiyo davlatlari hududida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning xavfi yanada xatarli ekanligi ko‘p bora qayd etiladi. Uning ildizlari 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolar urushi va mojarolar davomida, 1999 yil 19 fevralda Toshkent shahrida, 1999-2001 yillari Qirg‘izistonning Botkent, O‘zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatida, 2004 yil mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida, 2010 yil Qirg‘izistonning Osh, Jalolobod viloyatlarida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari, millatlararo nizolar timsolida o‘zini ko‘rsatdi. Ammo, mamlakat Prezidentining olib borgan oqilona ichki va tashqi siyosati tufayli millatlararo nizolarning oldi olindi, qardosh o‘zbek va qirg‘iz xalqlari orasiga rahna solishga intilgan ayrim qora niyatli kuchlarning intilishlari asossiz ekanligi namoyon bo‘ldi




  1. Yüklə 392,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə