Hist14mbk mavzu 9



Yüklə 392,46 Kb.
səhifə7/7
tarix17.12.2023
ölçüsü392,46 Kb.
#150137
1   2   3   4   5   6   7
EozdTQHhE3K9AtuvPniLEbdMkmSbbm8oZXjSUw3m (1)

“Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ishtirokchisidir. Mazkur hamkorlik ikki yo‘nalish- quruqlik va dengiz orqali davlatlararo hamkorlikni musathkamlashga qaratilgan. U hozigi kunda Osiyo, Afrika va Evropadagi 65 mamlakatni qamarab olgan. 2019 yilda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev mazkur forumda nutq so‘zlab, O‘zbekiston va Xitoy sheriklik aloqalarini yuksaltirishdan minnatdorligini qayd qilgan edi. Umuman, qayd qilingan malumotlarga tayanib, O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu esa kelajakda har ikki davlat o‘rtasidagi sherikchilik aloqalarining strategik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishni taqoza etadi.
So‘nggi yillarda respublikamizda ta’lim sohasida ham xalqaro hamkorlikda sezilarli ijobiy siljishlarga erishildi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 102 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan. Birgina 2018 yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Samarqandda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti»ning Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali faoliyat boshladi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi. 2018 yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mamlakatimizda o‘nga yaqin oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari tashkil etildi. Masalan, Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQSHning Vebster universitetining filiali ochildi.






Yüklə 392,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə