Hozirgi vaqtda jahon miqyosida fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi



Yüklə 46,8 Kb.
səhifə2/2
tarix27.05.2023
ölçüsü46,8 Kb.
#113555
1   2
kurs ishi

Venn diagrammasi o'rganilayotgan mavzudan o'rin olgan fakt, tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. Masalan, gulli o'simliklarning oilalarini taqqoslashda foydalaniladigan Venn diagrammasi quyidagi ko'rinishda bo'lishi tavsiya etiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o'zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o'rin tutadi, shu sababli o'qituvchi har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni «Atamalar zanjiri»ga keltirishi kerak. «Atamalar zanjiri» bu atamalar va ularning ta’riflari bo'lib, ulardan o'qituvchi o'tgan mavzuni yakunlash, yangi o'rganilgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida qismida foyda 1 an/fganligi sababli, ularni lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muvofiq. Mazkur texnologiyadan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondashish mumkin.
• o'quvchilar kichik guruhlarga ajratilib, guruh a’zolaridan kichik konsultant tayyorlanadi. Kichik konsultant unga berilgan topshiriqdagiatamalar asosida guruh a’zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda o'quvchilar aytilgan atamalaming izohini aytishi yoki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir to'g'ri javob uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning to'plagan balini belgilaydi.
• o'quvchilarga bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalar ro'yxati beriladi. Ulaming mazmuni va mohiyatiga ko'ra o'zaro mantiqiy bog'langan zanjir Waster holiga keltirish talab etiladi. Ushbu yondoshuv ko'p vaqtni talab etsa-da samaradorligi yuqori bo'lib, o'quvchilaming mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
• «atamalar zanjiri»dan o'tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda o'quvchilarning kichik guruh a’zolaridan og'zaki holda atamalarni ketma-ket awalgilami takrorlagan holda mazmuni va mohiyatiga ko'ra o'zaro bog'liq holda yangi atama qo'shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan o'yin yakunida guruh a’zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta’rif berish va ulami izohlash talab etadi Biologiyani o'qitishda tezkor o'yinlar va o'yin mashqlardan ham foydalanish muhim o'rin tutadi. Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.

Differensiya lotincha («difference») so'zidan olingan bo'lib, u yaxlit narsani turli darajadagi shakl va bo'limlarga ajratish ma’nosini beradi.


Ta’limni differensiallashtirish:
1. O'quvchilami o'quv jarayoni uchun ahamiyatli bo'lgan xususiyatlariga ko'ra guruhlarga ajratib tashkil etiladigan o'quv jarayonining ma’lum bir shakli;
2. O'quv jarayonini tashkil etish didaktik tizimining bir qismi bo'lib, unda tahsil oluvchilarning har xil darajadagi guruhlarida maxsus o'qitish jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
Differensial ta’lim texnologiyasi o'quv jarayonining muayyan qismining didaktik maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan mazmun, vosita, metod va shakllarining majmuasidir. Bu texnologiyaning asosiy mohiyati o'qitish jarayonini tabaqalashtirish ustuvor jihati bo'lib, unda har bir shaxsning imkoniyati va qobiliyatiga yarasha o'qitish, o'quvchilami har xil guruhlarda ishlashga o'rgatish sanaladi.
O'qitishning barcha shaklida differensiallashtirish uchraydi, tabaqalashtirish mavjud, shu sababli mazkur texnologiya ta’lim jarayoniga «singib» ketuvchi texnologiya sanaladi. Mazkur texnologiyaning afzalliklari:
1. O'qituvchi o'quvchilami egallagan bilimi, o'zlashtirish sur’atini e’tiborga olgan holda yordam berish imkoniyati vujudga keladi.
2. O'quvchilarning tahsil olish sur’ati va bilimlarni o'zlashtirish sifati ortadi.
3. Shaxsda mavjud «Men» konsepsiyasining darajasi ortadi, bilimi kuchli o'quvchilarning o'zlarining qobiliyatlarini namoyon qilish, o'lashtirishi past bo'lgan o'quvchilarda bilish quvonchiga ega bo'lishiga olib
keladi.
4. O'quvchilarning tahsil olishga bo'lgan qiziqishi, ehtiyoji ortadi 0‘quvchilarning har xil tabaqadagi (gomogen, geterogen) kichik guruhlarda ishlashiga imkon yaratiladi. Biologiya o'qituvchisi o'qitishni differensiallashtirish uchun muayyan bir mavzu bo'yicha uch xil darajadagi: A — ijodiy, В — izlanish, С — reproduktiv xarakterdagi o'quv topshiriq-larini tuzadi.
Bu o'quv topshiriqlarda ikkita yo'nalish nazarda tutiladi:
1. O'quvchilarning muayyan darajadagi bilim, ko'nikma va malakalami egallashi;
2. O'quvchilarning tahsil olishdagi mustaqilligini ta’minlash;
O'qituvchi А, В, С variantdagi o'quv topshiriqlarini tuzishda izchillikka amal qilishi kerak.
A — variantdagi o'quv topshiriqlari o'rtacha o'zlashtiradigan o'quvchilarga mo'ljallangan bo'lib, u o'quvchilarning DTS bilan me’yorlangan bilim va ko'nikmalarni egaUashlarini ta’minlaydi. Shuning uchun ushbu o'quv topshiriqlami bajarish bo'yicha ko'rsatmalarda e’tibomi nimalarga qaratish kerakligi, qanday xulosa chiqarish yo'llari aniq belgilab qo'yilishi lozim.
В — variantdagi o'quv topshiriqlarini tuzishda o'qituvchi o'quvchilaming o'quv va aqliy faoliyat usullaridan foydalanishini nazarda tutgan holda, DTS bilan mfe’yorlangan bilim va ko'nikmalarni egallashdan tashqari shaxsning mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida muammoli va mantiqiy xarakterdagi topshiriqlami kiritadi.
С — variantdagi o'quv topshiriqlari o'quvchilarning awal o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilimlarni egallashlariga imkon yaratadi. O'quvchilar mavzu bo'yicha berilgan o'quv materiallarini mustaqil o'zlashtiradilar. Shuningdek, o'quvchilaming mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirilishiga zamin tayyorlaydi.
O'qitishni demokratizatsiyalashtirish talablariga muvofiq o'quvchilarga o'quv topshiriqlarini tanlash huquqi beriladi. Shu tariqa har bir o'quvchining o'z imkoniyati va qobiliyatiga yarasha rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur texnologiyada bilimlarni nazorat qilish va baholash individual tarzda bajarilgan o'quv topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, tabaqalashtirilgan yondashuvda, o'quv topshiriqlarini tuzishda o'quvchilarning o'zlashtirishi lozim bo'lgan o'quv materiali asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchi biologiyadan DTS ning mazmuni bilan yaqindan tanishishi, o'quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalarga qo'yiladigan minimum va maksimum talablami yaxshi bilishi lozim. O'quvchilarning mavzu bo'yicha o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar va ko'nikmalar asos bo'lib, qisman izlanishli va ijodiy topshiriqlar bilimlarni rivojlantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi, ya’ni o'qitish jarayonini har bir qatnashchisi uchun qiziqarli va foydali bo'lishi, shaxsning rivojlanishiga imkon yaratadi.
Biologiyani o'qitishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish uchun o'qituvchi:
1. O'quv fani bo'yicha o'quv materiallarini qism (blok)larga ajratishi, har bir qism bo'yicha o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan o'quv materialining minimum va maksimum hajmi, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarga qo'yiladigan minimum va maksimum talablami yaxshi bilishi lozim;
2. Muayyan mavzular bo'yicha qiyinchiligi turli darajadagi o'quv topshiriqlarini tuzishi;
3. O'quvchilarning har xil darajadagi kichik guruhlarda ishlashini tashkil etish va boshqarish ko'nikmalarini egallagan bo'lishi lozim. Differensiallashtirilgan ta’limda har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olinadi. Shu sababli o'qitishni differensiallashtirish individuallashtirilgan ta’limni taqozo etadi.
Individuallashtirilgan ta’lim — o'qitish shakli, o'qitish jarayonini tashkil etishning modeli bo'lib, u quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
1. O'qituvchi har bir o'quvchi bilan individual ishlaydi;
2. Har bir o'quvchi o'zining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlariga mos holda tuzilgan o'quv topshiriqlarini bajaradi, ya’ni o'qitish vositalari (darslik, ko'rgazmali va didaktik materiallar, kompyuter) bilan yakka tartibda ishlaydi. Individual ta’limning asosiy afzalligi, o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etish, ta’lim mazmuni, vositalari va metodlarini tanlashda ulaming shaxsiy xususiyatlari va sur’ati hisobga olinganligi sababli mazkur jarayonni jadallashtirish, ulaming o'quv topshiriqlarini bajarishda mo'ljalni to'g'ri olishi va tezroq moslashishi, o'z imkoniyatlari darajasida bilim va ko'nikmalarni egallashlariga imkon yaratish hisoblanadi. O'qituvchi o'quvchilar bilan individual ishlaganda ulaming har bir harakati, bilimlarni o'zlashtirish borasida qo'ygan har bir qadami, o'quv faoliyatidagi yutuq, kamchiliklar va yetishmovchiliklami aniqlash, ularga barham berish choralarini qo'llash, yutuqlar uchun rag'batlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu o'quvchilami doimo o'zgarib turadigan o'qitish jarayoniga moslashishi, pirovard natijada o'z imkoniyatlari darajasida o'quv materialini kam vaqt sarflab o'zlashtirishi, o'ziga qulay metod va uslublardan foydalanib ko'zlangan maqsadga erishishiga yordam beradi. O'qitishni individuallashtirish texnologiyasi individual yondashishni talab etadi.Individual yondashuv metodikaning tamoyillaridan biri bo'lib, unda o'qituvchi o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda, individual model asosida o'quv faoliyatini tashkil etadi va ular bilan muloqotda yuksak madaniyatni namoyon qiladi, hamkorlikka kirishadi. Darsda vujudga kelgan qulay psixologik-pedagogik muhit hamma o'quvchilarning, shu jumladan, har bir o'quvchining o'z imkoniyati darajasida rivojlanishiga asos bo'ladi. O'qitishni individuallashtirish texnologiyasining quyidagi xususiyatlari mavjud:
1. O'qituvchi o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etish, o'qitish mazmuni, vositalari, metodlari va uslublarini tanlashda ulaming shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olishi;
2. Individual o.'qitishni tashkil etishning o'quv-metodik, pedagogikpsixologik, tashkiliy va boshqarish yo'llarini belgilashi lozim. Shunday qilib, o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi deyilganda, o'qitishning individual shakli va yondashuvi ustuvor bo'ladigan texnologiya tushuniladi. Mazkur texnologiya yaxlit pedagogik jarayonga
singib ketuvchi texnologiya bo'lib, uning ustuvorligi o'quvchilarga shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondashuv sanaladi Biologiyani o'qitishda individuallash texnologiyasidan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarda foydalanish tavsiya etiladi. O'qitish samaradorligi o'quvchilarning darsdan tashqari ishlarini talab darajasida tashkil etilishiga bog'liq. O'quvchilarning darsdan tashqari ishlari mavzular bo'yicha uy vazifalarini bajarish, muayyan mavzular bo'yicha kuzatish va tajriba o'tkazish, qo'shimcha o'quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash kabilarni o'z ichiga oladi. O'quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o'zlashtirishlariga erishish, qo'shimcha o'quv adabiyotlari, ko'rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo'yicha kuzatish va tajribalar o'tkazish, o'quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish, ulaming ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo'llash,o'qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog'lash maqsadida umumiy biologiyadan sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'tkaziladi. Xulosa qilib aytganda, biologiya o'qitishning samaradorligi dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalar, ular o'rtasidagi mantiqiy bog'lanishlar, o'quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda tashkil etilishiga bog'liq bo'ladi. O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va o'qitish samaradorligini oshirish masalasi biologiyani o'qitish metodikasi fanining asosiy muammolaridan biri sanaladi. O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o'quvchilarda yuqori darajadagi motiv, bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga bo'lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy me’yorlarga mos xulqning paydo bo'lishi tushuniladi. Mazkur tipdagi faollik har doim ham vujudga kelavermaydi, faqat o'qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko'rsatishi va qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga keladi. Biologiyani o'qitishda maqsadga muvofiq ta’sir ko'rsatish va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirishi o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan pedagogik texnologiyalarga bog'liq bo'ladi. Didaktikada ishlab chiqilgan har qanday texnologiya o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, lekin quyidagi texnologiyalarda mazkur masala asosiy g'oyani egallaydi:
1. Didaktik o'yin texnologiyalari. 2. Muammoli ta’lim texnologiyalari. 4. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi.
5. Loyihalash texnologiyasi.
O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ijodiy faoliyatga yo'llovchi, kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, o‘z faoliyatini tahlil qilish, kasbga yo‘llash, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o'rgatish, hamkorlikni vujudga keltirish kabi funksiyalarni bajaradi. Biroq pedagogik texnologiyalarning funksiyalarini taqqoslaganda bu funksiyalar bir xil darajada o‘rin egallamasligi ma’lum bo'ld
Ta’lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo'llaniladi.Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati bilan uyg'unlashtiriladi. Shu sababli, o'quvchilarning bilim olish faoliyati, o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik о “yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o'yin faoliyati quyidagi funksiyalarni bajaradi: • o'yin har doim shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo'lgan qiziqishi ni orttiradi;
• o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi;
• shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi bilimini va o'zligini namoyon etishga imkon yaratadi;
• hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga mo'ljalni to'g'ri olish ko'nikmalari tarkib topadi.
• o'yin jarayonida ijtimoiy m e’yorlarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
• shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
• insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizim i, ayniqsa, ijtimoiy, m a’naviy-madaniy qadriyatlarni o'rganishga e’tibor qaratiladi;
• o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi.— o'yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin
rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni o'quvchilarning o'z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o'z faoliyatidan ko'ngli to'lishi, o'z bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi;
— ijodiy muhit tarkib topadi. O'yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo'ladilar; — o'yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o'zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo'ladi. Hishayajonga yo'g'rilgan bilim, ko'nikm alar inson xotirasida bir um r muhrlanib qoladi;
— o'yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga amal qilinadi. O'yin ishtirokchilarida ijtimoiy me’yorlarga mos ongli intizom vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi;
— o'yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o'quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo'ljalni to'g'ri olishga o'rgatadi. Boshqa o'qiiv va mehnat faoliyati kabi o'yin faoliyati tarkibiga
quyidagilar:
a) o'yinning sujeti;
b) o'yin ishtirokchilari bajaradigan muayyan rollar, vazifalar;
c) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar);
d) real yoki shartli ravishdagi o'yin vositalaridan foydalanish;
e) o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi munosabat, muloqot kiradi.
O'quvchilarning bilish faoliyatini o'yin faoliyati bilan uyg'un holda tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:
— didaktik o'yindan ko'zda tutilgan maqsadni aniqlash;
— didaktik o'yin sujeti va ishtirokchilar faoliyatini loyihalash.
O'yindan ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirish yo'llarini belgilash;
— didaktik o'yinni maqsadga muvofiq tashkil etish, uning mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o'quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etishiga e’tiborni qaratish;
— o'yin ishtirokchilarini rag'batlantirish;
— olingan natijalarni tahlil qilish;
— olingan natijalarga muvofiq holda o'yin tuzilishi va borishiga tegishli o'zgartirishlar kiritish. 2-modul. Didaktik o‘yinli darslar orqali quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:
1. Ta’lim-tarbiya berish;
2. Shaxsni rivojlantirish;
3. O'quvchilami ijodiy faoliyatga yo'naltirish;
4. Bilimlarni nazorat va tahlil qilish;
5. Kasblar bilan tanishtirish va kasbga yo'naltirish;
6. O'quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;
Ta’lim-tarbiya jarayonida bu funksiyalar o'zaro chambarchas holdaamalga oshiriladi, lekin quyida o‘rganiladigan didaktik o'yin turlarida qaysidir funksiya ustunlik qiladi. Masalan, konferensiya darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar unga ilova bo'ladi, o'yin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar uni to'ldiradi va h.k.
3-modul.
O'qituvchi didaktik o'yinli darslami o'tkazishga qizg'in tayyoigarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:
— didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan mavzulaming ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi;
— amaldagi va jamiyatdagi muhim muammolarga bag'ishlanib, ular o'yin davomida hal qilinishi;
— barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq me’yorlariga mos kelishi;
— o'yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi.
Mazkur darslarda didaktik tamoyillarga amal qilinishi va eng kam vaqsarflanishiga erishish kerak. Didaktik o'yinli darslaming muvaffaqiyati, avvalo, o'quvchilarning mazkur o'yinlarga puxta va qizg'in tayyoigarlik ko'rishlariga, o'qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish va mohirlik bilan boshqarishiga bog'liq.
O'quvchilarning didaktik o'yinga tayyorgarlik ko'rish faoliyati quyidagilami o'z ichiga olishi:
— didaktik o'yin maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari
bilan tanishish;
— didaktik o'yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli
vaziyatni anglash;
— muammoli vaziyatdan chiqish yo'llarini topish; har bir o'quvchi o'zi bajarishi lozim bo'lgan vazifalarni anglashi, o'qituvchidan kerakli yo'riqnoma va ko'rsatmalar olish;
— turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini tanlash;
— didaktik o'yin ishtirokchilari o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam va o'zaro nazorat vujudga kelishi lozim.
4-modul.
Didaktik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga ko'ra sujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferensiyalar, o'yin mashqlarga ajratish mumkin.Didaktik o'yinli darslaming o'ziga xos xususiyatlari jadvalda berilmoqda.O'qituvchi awal o'quvchilami individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va o'tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng, ommaviy o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishi lozim. Chunki o'quvchilar didaktik o'yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko'nikm a va malakalarga ega bo'lishi, shuningdek, sinf jamoaSujetli-rolli o'yinlar0,‘quvchilaming ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash ko'nikmalarini rivojlantirish va o'zlarida mujassamlashgan bilim, ko'nikm a hamda malakalarini yangi vaziyatlarda qo'llash orqali yangi bilimlarni o'zlashtirishda sujetli-rolli o'yinlar muhim rol o'ynaydi.O'qituvchilar sujetli-rolli o'yinlami ko'pchilik hollarda matbuot konferensiyasi bilan almashtirib yuborishadi. Har ikkala o'yinning ta’lim jarayonida qo'llanishidan ko'zlangan maqsadi bir-biriga monand bo'lsada, ular o'rtasida katta farq mavjud. Bu holni didaktikada didaktik o'yinlarga yetarlicha tavsif berilmaganligi bilan izohlash mumkin.Bizning fikrimizcha, kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning obyektlari o'rtasidagi aloqalami badiiy ko'rinish tarzida yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni o'quvchilarning o'zlaridagi bilim zaxiralariga tayangan holda, hamkorlikda, bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi bilimlarni egallashga qaratilgan didaktik o'yinlarni sujetli rolli o'yinlar deb atash lozim. Bunda o'yin sujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba’zan jamiyat va tabiatdagi muammolar uyg'unlashtiriladi. Biologiya kursini o'qitishda«Organizmlarning moslashganligi va ulaming nisbiyligi», «Turlardan oqilona foydalanish va ulaming xilma-xilligini saqlash», «Orol dardi — olam dardi», «Tabiatni muhofaza qilish muammolari» kabi mavzulami sujetli-rolli o'yinlar tarzida o'tkazish maqsadga muvofiq.
Jumladan «Orol dardi — olam dardi» mavzusidagi sujetli-rolli o'yinda sujet tabiatdan olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg'unlashtiriladi.Mazkur didaktik o'yinda Orol — «ona», Amudaryo va Sirdaryo onaning zanjirband «o'g'illari», yomg'ir, qor, shudring onaning «qizlari» siymosini gavdalantiradi.Orol — ya’ni, «ona» o'zining o'g'illari bo'lgan Amudaryo va Sirdaryoning diydoriga mushtoq, o'z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she’riy tarzda ifoda etadi. Izmi o'zida bo'lmagan zanjirband o'g'illar ham ona mehriga zor, lekin har qancha harakat qilishmasin onaning huzuriga yetaolmaydi. Tabiat in’om etgan yomg'ir, qor va shudring ona huzurida bo'lsalar ham uning dardini yengillata olmaydilar. Ona va farzand o'rtasidagi mehr-muhabbat, muruwat shu tariqa ifoda etiladi. O'qituvchi bu didaktik o'yinni o'tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur: Orolmuammolariga oid ma’lumotlami to'plashi; Dars ssenariysini o'quvchilar va adabiyot o'qituvchilari bilan hamkorlikda tuzishi; Rollar va vazifalarni o'quvchilar o'rtasida taqsimlashi; Muammoni hal etish yo'llarini belgilashi lozim.Ijodiy o'yinlar. O'quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo'shim cha bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o'yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o'quvchilar guruhining o'zaro hamkorlikda awal o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalami ijodiy qo'llash va izlanishi orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o'yinlami ijodiy o'yinlar deb atash lozim. Ijodiy o'yinlardan «Organik olam evolutsiyasining asosiy yo'nalishlari», «Organik olam evolutsiyasining dalillari»ni o'rganishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o'quvchilar teng sonli guruhlarga ajratilib, ular shartli ravishda «Botaniklap>, «Zoologlar», «Evolutsionistlar» va h.k deb belgilanadi. H ar bir «mutaxassislar» ijodiy izlanib go‘yoki fanda yangiliklar kashf etadilar. O'qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlami bajarib, ko'rgazmali qurollarga tayangan holda, o'z javoblarini asoslaydilar.Mazkur didaktik o'yinli darslarda o'quvchilarning barchasi hamkorlikda ishlaydi, aw al o'zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo'llab yangi bilimlarni egallaydi. Bu esa o'quvchilarning o'z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg'otadi va har bir o'quvchi jiddiy tayyorgarlik, izlanish muvaffaqiyat garovi ekanligini anglagan holda bilim olishga kirishadi. Quyidagi shu texnologiyaga asoslangan dars ishlanmasi berilmoqda. Dars mavzusi. Organizmlarning moslashganligi va ulaming nisbiyligi. Darsning ta’limiy maqsadi. O'quvchilami tirik organizmlarning moslashishi,
yashovchanlik, raqobatchilik, nasi qoldirish, hayvonot va o'simlik olamidagi moslanishlar bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi. Hayvonot va o'simliklar olamidagi moslashishlami tushuntirish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiyalash, kasbga yo'llash. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O'quvchilarning tirik organizmlar bilan tashqi muhit o'rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash va ijodiy fikr yuritish ko'nikm alarini rivojlantirish. Darsni jihozlash. O'simlik va hayvonlardagi moslashishlar aks etgan jadvallar. Darsda foydalaniladigan texnologiya. Didaktik o'yin texnologiyasi (ijodiy o'yin). Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar. Organizmlarning moslashishi, yashovchanlik, raqobat, hayvonot va o'simliklar olamidagi moslanishlar, ularning nisbiyligi. Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 2. O'quvchilami dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. 3. Yangi mavzuni o'rganish. O'qituvchi yangi mavzuni o'rganishdan oldin o'quvchilami teng sonli 4 ta guruhga ajratadi va ularga muayyan sohada faoliyat ko'rsatadigan «olimlar» maqomini beradi. Jumladan, I guruh olimlari «Biologlar» maqomini olib, matndagi moslashish, yashovchanlik, raqobatchilik, nasi qoldirish haqidagi m a’lum otlami o'rganib m a’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to'ldiradilar:

ISHBILARMONLAR 0 ‘YINI
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirib, o'quvchilami m a’lum bir vazifa, topshiriqni bajartirish orqali bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan bir qatorda, kasbiy sifatlarni tarkib toptirish, ulami ongli ravishda kasbga yo'llash, ilmiy dunyo qarashini kengaytirishga mo‘ljallangan didaktik o'yinlar ishbilarmonlaro‘yini deyiladi.«Ishbilarmonlar» o'yini ham boshqa o'yinlar kabi, o'qituvchi va o'quvchilardan puxta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. Shu sababli o'qituvchi quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur: — qaysi mavzular ishbilarmonlar o'yini tarzida o'tkazishni belgilash; — didaktik o'yinning maqsadi, vazifasi, borishi, mantiqiy ketmaketligi, o'quvchilar bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlami aniqlash va rejalashtirish.
— didaktik o'yin davomida o'quvchilar oldiga qo'yiladigan o'quvbilish xarakteridagi muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo'llarini aniqlash va loyihalash;
— o'quvchilami didaktik o'yinning maqsadi va vazifalar bilan tanishtirish, didaktik o'yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash va har bir o'quvchiga tegishli aniq yo'llanmalar, ko'rsatmalar berish. Mazkur o'quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlarni hal etishda o'quvchilarning avvalgi mavzulardan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalami tanish, odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llash imkoniyatlarini aniqlash. O'quvchilarning didaktik o'yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; Ta’lim-tarbiya jarayonini hozirgi zamon talabiga mos holda tashkil etilgan darsda o'qituvchi har bir mavzu mazmuniga bog'liq holda o'quvchilami kasbga yo'llashi va shu kasblarini egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo'lishi kerakligini qayd etishi lozim. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'qitiladigan barcha fanlarning asoslarini, jumladan, biologiyani juda yaxshi o'zlashtirgan, bilimdon, zukko shaxslar bozor iqtisodiyoti sharoitida, jamiyatda o'z o'm ini topishi, ko'proq tadbirkorlik bilan shug'ullanishlariga imkon yaratilishi qayd etiladi. Agar ular fan asoslarini yaxshi bilmasalar, tadbirkorlik bilan shug'ullana olmasliklari, shug'ullansalar ham o'z biijasiga yoki korxonakonsemiga foyda keltira olmasliklari, oldi-sotdi jarayonlarida inqirozga duch kelishi va ish o'rinlarini yo'qotishlari mumkin.Respublikamizda «Toshkent», «Turkiston», «Osiyo» va shu kabi tovar biijalari, qo'shma korxonalar, fermer xo'jaliklari bo'lib, sanoat korxonalariga ko'proq xomashyo, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, chorva mollari xarid qilib, ulami aholiga yetkazib berish bilan shug'ullanayaptilar, shu sababli bunday biijalarda ishlaydigan ishbilarmonlar qishloq xo‘jaligining nazariy asoslari bo'lgan biologiya fan asoslarini yaxshi bilishlari kerak. Modomiki shunday ekan, biologiya darslarida o‘quvchilami bozor iqtisodidagi muammolarni hal etishga yo‘naltirish hozirgi vaqtda eng dolzarb muammo hisoblanadi Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda zoologiya kursida «Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. Qoramolchilik, qo‘ychilik, yilqichilik» mavzusini o'rganishni auksion-dars shaklida o'tkazish yuqori samara beradi. Auksion darsni o'tkazish uchun bir hafta awal o'qituvchi o'quvchilar bilan vazifani taqsimlab oladilar.O'qituvchi bu darsda «Toshkent» tovar biijasining vitse-prezidenti vazifasini, sinfdag o'quvchilarning 50% i shu biijaning kommersantlari, qolgan o'quvchilar respublikamizdagi boshqa biijalar, fermer xo'jaligi fermerlari, qo'shm a korxona va biijalam ing menejerlari vazifasini bajaradilar. Vazifalar belgilanib bo'lgach, o'qituvchi ularga xonaki hayvonlaming o'ziga xos xususiyatlari, hayvon zotlarini keltirib chiqarishda qo'llanadigan usullar, qoramollaming go'sht — sut, go'sht, sut beradigan otlarning chopqir, og'ir yuk tortuvchi, qo'ylam ing sermahsul zotlari haqida m a’lumot to'plashni va auksionda faol ishtirok etishni topshiradi Auksion darsning muvaffaqiyatli chiqishi darsga sinfdagi barcha o'quvchilarning faol tayyorgarlik ko'rishi, chorva mollari har bir zotining rasmi, ko'rgazma nusxalari namoyish qilinishi bilan bog'liq. Auksiondarsda tovar biijasining kommersantlari, bu zotlam i sotib oluvchi menejer, fermerlar qatnashadilar. U nda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantirilib, baholanadi.O'qituvchi darsning tashkiliy qismidan so'ng o'quvchilami bugungi darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtiradi. Shundan keyin qoram ollam ing sut beruvchi qora va ola, qizil dasht, Bushuyev zotlari, sersut-go'shtdor Simmental, Kostroma zotlari, go'shtdor qozog'iston oqboshi, Santa-sentrida, Gereford, Shortgom zotlari auksionga qo'yilganligini m a’lum qiladi. O 'quvchilar ushbu zotlarga ta ’rif beradi va eng to 'liq ta ’rif bergan auksion ishtirokchisi mazkur zotlarni ramziy ravishda sotib oladi Didaktik o ‘yinli darslar ichida konferensiya darslari muhim o ‘rin tutadi. Konferensiya darslari o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ulami qo'shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda, yoshlami mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi konferensiya darsini o'tishdan aw al dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib, shu mavzuga oid qo'shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlami ko'zdan kechiradi.Mazkur dars o'tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon etilib, unga tayyorgarlik ko'rish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. E ’lon qilingan didaktik o'yinli darsda «olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tom onlam a yoritish, har bir o'quvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha m a’ruza tayyorlash o'quvchilarning ixtiyorida bo'ladi.Darsga tayyorgarlik davrida o'qituvchi tomonidan ijobiy rag'batlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yo'llovchi o'qituvchining muloqot madaniyati, o'zaro yordami o'quvchilarning darsga qizg'in tayyorgarlik ko'rishning muhim omili sanaladi.Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o'tkazish tavsiya etiladi: 1. O'qituvchining kirish so'zi. Bunda o'qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «olimlar» bilan tanishtiradi.
2. Ilmiy m a’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko'rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
3. M a’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o'quvchilar o'rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o'tkaziladi.
4. Ilmiy konferensiya yakuni. O'qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g'oyalami ta’kidlab, yakunlaydi.
5. O'quvchilami baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.


XULOSA
O'tkazilgan tadqiqot natijalari va ilmiy manbalardan olingan ma'lumotlar shuni korsatadi-ki umumta'lim maktablarida botanika fanini o'qitish jarayonida kompleks elektron resurslardan foydalanish va uni ta'lim samaradorligini oshirishda qo'llash umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Demak, ushbu axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan Respublikamizning barcha umumiy orta ta'lim maktablarida foydalanish o'quvchilar bilim darajasini oshirish va mamlakatimizda ta'lim sistemasini isloh qilishda yangicha samarali yo'nalish bo'lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Mirxamitova D.X., Jurayev V.N., Nurxonova M. Uzluksiz ta'lim tizimida axborot texnologiyalarining ahamiyati va o'ziga xos jihatlari. "Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta'lim: Muammo va yechimlar" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlar to'plami 145-bet.


2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. _PF-4947-coh 07.02.2017.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son).
4. Olimov Q.T. (2015) "Zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalari bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalar" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. Buxoro 2015 yil. 21-bet.
5. Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida PQ-4851-son 06.10.20. https://lex.uz/docs/-5032128.
6. Tuymurodov Sh. М. Aniq fanlarni o'qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Фан, таълим ва ишлаб чикариш интеграциясида ахборот-коммуникация технологияларини куллашнинг хозирги замон масалалари. Республика илмий-техник анжуманининг маърузалар туплами. 2-кисм. Нукус-2015. 67-bet.
7. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. -T.: Fan, 2007.
8. Xasanova. Sh. Biologiya darslarida axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish. / O'quv qo'llanma. - Toshkent.: «Yangi asr avlodi», 2012. 7-8 bet.
9. Tolipova J.O.— Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalar'TDarslik. -Toshkent: "Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi" 2011.130- bet.
10. J.O.Tolipova." Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalar"/Darslik. -Toshkent: "Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi"2011.132- bet
Yüklə 46,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə