Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholash


Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix10.07.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#119479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
xududni izhtimoij iqtisodij baxolanishini kompleks baxolash

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
milliy Streategiyasi
Mamlakat doirasida hududlarni kompleks 
rivojlantirish Satrategiyasi
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarni 
kompleks rivojlantirish startegiyai 
Shaharlar va hududlarni kompleks rivojlantirish 
strategiyasi 
 
 
1.1.1 - chizma. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga 
solish strategiyasi 
 
Manba: 
Erkaeva G.P. “Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining strategic 
yo’nalishlari ” iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiya. Samarqand, 2008-yil. 25-be’t.



Ilmiy asoslangan strategiyaning maqsadi – ma’lum ichki va tashqi mablag’ va 
resurslarni jamlab safarbar qilgan holda, hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan 
samarali foydalanish va uning barqaror iqtisodiy o’sishi hamda aholi turmush 
darajasini yuksaltirishga erishishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish nafaqat miqdor 
balki muayyan sifat o’zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish suratlari uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko’rsatkichlariga ko’proq 
e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o’sishlar iqtisodiyotimizda yuz 
berayo’lgan tarkibiy o’zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun ximat qilish, 
xalqimizning hayo’l darajasini yuksaltirishga, bir so’z bilan aytganda, amaliy 
hayo’limizni yaxshilashga olib keladi.
Jahon tajribasi ko’rsatmoqdaki, iqtisodiyotni davlat tomonidan samarali 
boshqarishga mahalliy xususiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mahalliy 
hokimiyat organlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan hal 
e’tilgandagina erishiladi. Bunda respublika hokimiyat organlari e’tibor umummilliy 
xususiyatdagi qarorlarni qabul qilish, iqtisodiyot rivojlanishining istiqbolli 
yo’nalishlarini aniqlash va shu asosida faoliyat ko’rsatish, qonunni himoya qilish va 
himoyalash kabi ishlarga qaratilgan bo’ladi. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini 
tartibga solish zaruriyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (bandlik, ijtimoiy himoya, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) o’zlariga 
biriktrilgan daromadlar manbalari hisobga hal etishda ko’proq erkinlik va vakolatlar 
berilganda yuzaga keladi. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti 
iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish uchun sharoit 
yaratib beradi. Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti davlat 
mustaqilligining iqtisodiy asosi sifatida olingan bo’lib, ijtimoiy taraqqiyo’lning 
hozirgi sharoitlariga eng ko’p darajada mos keladi. Bunday ko’rinishdagi bozor 
iqtisodiyoti korxonalarni va jismoniy shaxslarning ish faoliyatlarini davlat qonunlari, 
huquqiy kafolatlar asosida, moddiy rag’batlantirishlar asosida olib borishni 
ta’minlashi lozim. Barcha turdagi mulklarning qonuniy va huquqiy asosda tengligini, 
ish yurituvchilar erkinligini respublikadagi milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarni 
e’tiborga olishi insonlarning faoliyatlarini to’liq shart-sharoitlar bilan ta’minlashi 
lozim. 
Prezidentimiz I.A.Karimov respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davr 
siyosatining tayanchi va iqtisodiyotni tubdan isloh qilishning asosi bo’lmish beshta 
muhim va mashhur tamoyilni ishlab chiqdi. Ularning asosiy mazmuni quyidagilardan 
iborat: 
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak; u 
biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot 
siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiyot munoasbatlarni 
mafkuradan holi qilish zarur; 
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotning ustuvor 
yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va undan 
izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar (re’togradlar) va konservatorlar qarshiligini 
bartaraf etishi shart; 


10 
Uchinchidan, qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma’nosi 
shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi konstitutsiya va qonunlarni hech 
istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etish lozim; 
To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosatni o’tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini 
ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor 
iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib qoldi va bundan keyin ham shunday 
bo’lib qoladi; 
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlarning 
talablarini hisobga olgan holda, o’tmishdagi “Inqilobiy sakrashlarsiz”, ya’ni 
evolyutsion yo’l bilan, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Buning ma’nosi shundan iboratki, respublikada bozor iqtisodiyotiga o’tish, bozor 
munosabatlarini o’rnatish ma’lum qiyinchiliklarsiz amalga oshmaydi. Ammo bu 
davrda aholining manfaatlarini himoya qilish kuchayishi kerak. Buni faqat kuchlar 
qayta taqsimlash vositasiga asoslangan davlatgina amalga oshirishi mumkin. Davlat 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol qatnashishi, uning tashabbuskor bo’lishi 
va izchillik bilan amalga oshirilishi lozim. Buning uchun davlat iqtisodiy 
islohotlarning asosiy yo’nalishlarini ishlab uni tatbiq etishi, nazorat qilish kabi 
vazifalarni bajarish uchun maxsus idoralariga ega bo’lishi kerak. Shundagina davlat 
islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi islohotchi ekanligini tasdiqlashi 
mumkin. Davlat ishlab chiqarishga iqtisodiy vositalar bilan, iqtisodiyotni tushungan 
holda, belgilangan maqsad sari boshqara boradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida O’zbekiston mintaqalari rivojlanishini 
davlat tomonidan tartibga solishning bosh maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
bo’yicha keskin tafavutlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida hududlarni barqaror 
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish va qo’llab – quvvatlashdan iborat. Bu 
maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalar ko’zda tutiladi: 
- mamlakat barcha hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon 
qadar bir-biriga yaqinlashtirish; 
- hududlar tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish; 
- ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va ularni joylashtirishdagi asossiz 
nomutanosibliklarni bartaraf etish;
- hududlarni oqilona xo’jalik ixtisoslashuvini ta’minlash va hududlararo 
iqtisodiy aloqalarni maqbullashtirish; 
- mintaqalararo va tashqi iqtisodiy integratsiyam ayrim hududlarning iqtisodiy 
va ijtimoiy jihatdan ajralib qolishga yo’l qo’ynaslik va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi, Qonunlar va qonunosti hujjatlari 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishning huquqiy shakllari 
hisoblanadi. Ammo, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi iqtisodiyotning asosiy qonunlarini ishlab chiqish bilan 
mashg’ul ekanligi tufayli, mamlakatimiz hududlari rivojlanishini tartibga solishda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, 
hukumat qarorlari va farmoyishlari hal qiluvchi rol o’ynaydi.


11 
Ijroiya hokimiyatning hududlar rivojlanishini tartibga solish bo’yicha tashkiliy-
institutsional tuzilmasi bir qator vazirlik va idoralar ishtirokida Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan shakllantiriladi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yagona 
siyosati Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 
Iqtisodiyotning ayrim sektorlari va tarmoqlari bo’yicha hududiy rivojlanish 
muammolari bilan Markaziy bank, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi 
va boshqalar shug’ullanadi. Mustaqillik yillarida Respublikamizda hududlarni ijtimoiy 
va iqtisodiy rivojlantirishni davlat tominidan tartibga solish quydagi yo’nalishlarda 
amalga oshirildi: 
- mintaqalar, hududlar va bir guruh hududlarni kompleks rivojlantirish dasturini 
ishlab chiqish; 
- mineral homashyo resurslarini kompleks o’zlashtirish, yer suv resurslaridan 
oqilona va samarali foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish; 
- sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning respublika va hududiy dasturlarini ishlab 
chiqish, eski ishlab chiqarish quvvatlarini qayta iqtisoslashtirish horijiy 
investitsiyalarni ideal qilish asosida yangi zamonaviy korxonalar qurish; 
- mahalliy tabiiy iqlim xususiyatlari asosida qishloq xo’jaligida islohotlarning 
chuqurlashtirishning respublika va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, hududlar 
qishloq xo’jaligini ihtisoslashtirish; 
- bandlik, ijtimoiy infra tuzilmani rivojlantirish, qishloq aholisini tabiiy gaz va 
ichimlik suvi bilan ta’minlash va boshqa respublika dasturlarini amalga oshirish; 

Respublika 
va 
mahalliy 
boshqaruv 
tizimini 
boshqaruv 
tizimini 
takomillashtirish;
- Mahalliy budje’tni mustahkamlash, hududlarga do’latsiya va subvensiyalar 
ajratish; 
- Qulay hududiy-xo’jalik boshqaruv tizimini tashkil etish maqsadiga 
mamlakatning ma’muriy-hududiy bo’linishni takomillashtirish. 
Hududlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
va 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirishni tartibga solish makro-mikro darajada qo’llaniladigan tur bevosita va 
bilvosita, ma’muriy, huquqiy va iqtisodiy mexanizimlarda foydalangan holda turli 
vositalarni qo’llashni talab etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish 
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani isloh qilish hamda yuksaltirishning 
respublika maqsadli tarmoq, tarmoqlarao va hududiy dasturlar ishlab chiqish va ular 
asosida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hududiy dasturlar ishlab chiqish 
muhim rol o’ynaydi. Ularni to’rt guruhga ajratish mumkin: 
1. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ko’p ukladli 
iqtisodiyotni shakllantirish, hududlarda to’laqonli bozor infratuzilmasini tashkil 
etishga yo’naltirilgan institutsional o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan 
dasturlar. 
2. Asosiy sanoat tarmoqlarini, qishloq xo’jaligi va iqtisodiyotning boshqa real 
sektorlarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, tabiiy 
iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish, transportkommunikatsiya va ishlab 


12 
chiqarish infratuzilmasi hamda uning boshqa sohalarini to’liq shakllantirishga 
yo’naltirilgan dasturlar.
3. Ijtimoiy tarmoqni rivojlantirish dasturlari: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 
kasb-hunar kollejlari va litseylarini tashkil etish hamda ularning moddiy-texnik 
ta’mino’lini mustahkamlash, umumta’lim maktablarini rivojlantirish, sog’liqni saqlash 
va kommunal xo’jalikni qayta shakllantirish, qishloq ijtimoiy infratuzilmasini 
shakllantirish, chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat 
ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantirish. 
4. Hududlar va ayrim hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini 
ishlab chiqish. 
Makroiqtisodiy dastaklar muayyan hududlarda iqtisodiy subyektlar faoliyatiga 
ta’sir qiluvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Bular sirasiga imtiyozli soliqlar, bojxona 
imtiyozlari, kredit berish va boshqalar kiradi. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy iqtisodiy mexanizmi 
byedje’t tizimi hisoblanadi. Joylarda mahalliy byudje’t tushumlarining yangi 
manbalarni qidirib topish va byudje’t intizomiga rioya qilish asosiy vazifalaridan 
biridir. Hududlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini tartibga solishda bevosita boshqaruv 
usullaridan keng foydalaniladi. Davlat tomonidan iqtisodiy ishloho’llarni 
rag’batlantirish va ularni chuqurlashtirishni qo’llab-quvvatlash respublika byudje’ti, 
hududlarga do’latsiyalar va subvensiyalar berish hisobiga maqsadli dasturlar va yirik 
investitsiya loyihalarini bajarish orqali hududlar rivojlanishiga davlat tomonidan ta’sir 
qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Hududlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishni tartibga solishda dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish bevosita 
boshqarishning asosiy uslublaridan biri hisoblanadi. Hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlantirishni tartibga solishning asosiy dastaklari investitsiya va hududiy dasturlar 
hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlash respublikamizda yuritilayo’lgan iqtisodiy siyosatning muhim 
yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, 
turmush sharoitlarining yaxshilanishi ham bevosita ularning iqtisodiyoti rivojlanishi 
bilan bog’liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimini 
tashkil etgani sababli, uning har bir mintaqasidagi rivojlanishni ta’minlash 
mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga zamin yaratadi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə