Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholash



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix10.07.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#119479
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
xududni izhtimoij iqtisodij baxolanishini kompleks baxolash

MR = B +INF + MM (3)
1
 
Bu yerda: 
B-
ish bilan band aholi; 
INF-
iqtisodiy faol bo’lmagan aholi; 
MM-
ishga joylashtirishga muhtoj aholi (ishsizlar).
Hududdagi aholining savodxonlik darajasi, bilim va ma’lumo’l darajasi kasb 
ko’rsatkichlar ham aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayo’lida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Har yili mamlakatimizda davlat byudje’tidan YaIM ning 12 foizi miqdoridagi 
1
Абдурахмонов Қ.Ҳ. , Шоюсупова Н.Т. “Меҳнат иқтисодиёти:ижтимоий меҳнат муносабатлари”. ТДИУ. Тошкент 
2011й. 268 бет 


14 
mablag’lar aynan ta’lim sohasini rivojlantirishga yo’naltiriladi. Shu sababli 
hududlardagi aholining umumiy ma’lumo’l darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlarning 
hisoblash muhim hisoblanadi. Aholining umumiy ma’lumo’llilik darajasi quyidagi 
formula orqali topiladi: 
K
um
 =I
om 
/I
ch
(4)
2
Bu yerda: 
I
om
- oily ma’lumo’llilar soni; 
I
ch
-
band aholining soni. 
Keyingi yillarda respublikamiz hududlari yalpi hududiy mahsulotlarida ham 
barqaror o’sish ko’rsatkichlari qayd e’tilmoqda. Quyidagi 1.2.1-jadval 
ma’lumo’llariga e’tibor qaratilgan bo’lsak, 2012-yilning 9- oyi davomida 
respublikamizning yalpi ichki mahsulot 108,2 % ga o’sgan bo’lsa, yalpi hududiy 
mahsulot ko’rsatkichlarida Qoraqalpog’iston Respublikasi (110,4 %), Sirdaryo (110,7 
%), Xorazm (108,7 %), Namangan (109,6 %), Samarqand (109,7 %) Buxoro (108,6 
%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (110,3 %) yuqori o’sib borilayotgan oqilona 
ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, hududlarimizda iqtisodiyotimizni modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish ishlarining izchillik bilan amalga oshirilishi, chuqur tarkibiy 
o’zgartirishlar natijasida sanoat mahsulotlari va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 
hajmlari ortib borayo’lganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
bo’yicha amalga oshirilayotgan ijobiy tadbirlar natijasida ushbu tarmoqning yalpi 
hududiy mahsulotda tutgan o’rni yuqori bo’lib borayo’lganligi hamda qishloq 
xo’jaligini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish va servis sohasining tobora rivojlanib 
borayo’lganligi va boshqalar hududlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim 
ahamiyat kasb e’tmoqda. Albatta, yuqoridagi ijobiy natijalarga o’z-o’zidan erishilgani 
yo’q. O’zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mintaqalar investitsiya 
muhitining jozibadorligini oshirish va investitsiya jarayonlarini jadallashtirish 
maqsadida qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, ular doimiy tarzda takomillashtirilib 
borilmoqda. Bu boradagi ishlar yuzasidan to’xtalib, Prezidentimiz jumladan shunday 
dedilar: " Biz mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun muhim ahamiyat kasb 
etadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo’lida zarur bo’lgan barcha ishlab 
chiqarish infratuzilmalarini davlat mablag’lari hisobidan ta’minlash prinsipini nafaqat 
qabul qildik, balki uni amalda joriy e’tmoqdamiz." Bu esa, o’z navbatida, mamlakat 
ichki investitsiya salohiyatining yuksalishi va xorijiy investitsiyalaming hajmi yildan-
yilga ortib borishini, shunga mos ravishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, shu 
jumladan, yalpi ichki mahsulot hajmi ham o’sishini ta’minlamoqda. Hukumatimiz 
qarorlari, Prezidentimiz farmonlari va qarorlari asosida olib borilayotgan chora-
tadbirlar natijasida mamlakatimizda faol investitsiya siyosati amalga oshirib 
2
Якубов И.О. , очилов К.Т., Абдусатторова Х.М., Ситдиқова Л.А. “Стратегик режалаштириш” ТДИУ . Тошкент-2004. 
206-бет. 


15 
kelinmoqda, Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash,yuksak texnologiyalar 
asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektro’lexnika va to’qimachilik, 
oziq-ovqat va farmasevtika, axboro’l va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda 
boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil 
etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga alohida e’tibor berilmoqda. 
Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli 
investitsiya muhiti yaratilgan.Ushbu yaratilgan investitsiya muhiti iqtisodiyotimizga 
jalb qilinayo’lgan xorijiy investitsiyalar hajmini, yildan-yilga ko’payishiga hamda 
hududlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishida muhim ahamiyat kasb e’tib 
kelmoqda.Shu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimov o’tgan yil yakunlari sarhisobi 
haqida to’xtalib, jumladan shunday dedilar: "2013-yilda mamlakatimizning yuqori 
sur’atlar bilan barqaror o’sishini ta’kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini 
avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital mablag’lar, investitsiyalar tobora 
o’sib borayo’lganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23,1 foizni 
tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishriing ahamiyati benihoya kata bo’lib, 
birinchidan, xorijiy investitsiyalar ko’magida korxonalarga zamonaviy texnika-
texnologiyalar joriy e’tilib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish 
rivojlantiriladi, ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish 
va buning uchun xorijiy investitsiyalami iqtisodiyotning ustuvor sohalariga 
yo’naltirish va pirovardida aholining turmush darajasini oshirish imkoniyati yaratiladi, 
uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayo’lgan aholini ish joylari bilan 
ta’minlashga ko’maklashadi, to’rtinchidan, korxonalaming eskirgan ishlab chiqarish 
quvvatlari, moddiy-texnik bazasi yangilanadi va texnik qayta qurollantiriladi
beshinchidan, tabiiy resurslami qayta ishlovchi korxonalar barpo e’tiladi va hokazo.


16 
Hududlar eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarga xorijiy investitsiyalami 
keng jalb etish, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini ko'paytirish, xorijiy
sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish ustuvor vazifalardan 
bo'lib kelmoqda. Shu maqsadda iqtisodiyotimizga kiritilayo’lgan investitsiyalar 
tarkibida xorijiy investitsiyalar ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.O'tgan yilda 
iqtisodiyotimizga 14 milliard 600 million dollar miqdorida ichki va xorijiy 
investitsiyalar jalb e’tildi yoki bu boradagi ko'rsatkich 2013-yilga nisbatan 10,9 foizga 
o'sdi. Jami investitsiyalaming 21,2 foizdan yoki 3 milliard dollardan ortig'ini xorijiy 
investitsiyalar tashkil etdi, ulaming 4 dan 3 qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy 
investitsiyalardir."
3
Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan faol investitsiya 
siyosatidan asosiy maqsad hududlarimizda faoliyat ko'rsatayo’lgan korxonalarni jadal 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta'minlash, yuksak texnologiyalar 
asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to'qimachilik, 
oziq-ovqat va farmasevtika, axboro’l telekommunikatsiyalar tarmog'i hamda boshqa 
yo'nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga 
qaratilgandir. 
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaning hozirgi bosqichi 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik 
berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes 
3
Халқ сўзи. 2015 йил 17 январь №11 (6194)И.А.Каримов. “2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий 
ўзгаришларни амалга ошириш, модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш 
ҳисобидан хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш- устувор вазифамиздир” мавзусидаги 
маърузаси 


17 
va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 
Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish hududiy 
nazariyalarni o'rganish mamlakatimizda ishlab chiqilayo’lgan va amalga 
oshirilayotgan hududiy tartibga solish tadbirlari uchun uslubiy vosita bo'lib xizmat 
qiladi. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko'p mablag' talab e’tmaydigan 
xo'jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini ta'minlaydi, 
iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi 
sharoitida iste'mol bozorini shakllantirish va uni to'ldirish muammosini tez hamda 
tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste'mol talabining o'zgarishiga darhol 
moslashadi va shu yo'l bilan iste'mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta'minlaydi. 
Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning оsish suratlarini 
jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo'lgan bandlik va 
aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o'rin tutmoqda. 
Zero, Prezidentimiz ta'birlari bilan aytganda, "Eng muhimi, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida hal qiluvchi tarmoqqa, 
ijtimoiy faol aholimizning kata qismini qamrab olgan sohaga aylandi. Hozirgi vaqtda - 
shunga urg'u berib aytmoqchiman - ish bilan band aholimizning 74 foizdan ortig'i 
aynan shu sohada mehnat qilayo’lgani buning yaqqol tasdig'idir". Ma'lumki, hududlar 
tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish mamlakat iqtisodiyotining barqaror 
rivojlanishini ta'minlash, aholi turmush darajasini oshirishning muhim shartlaridan 
biridir. Iqtisodiyot rivojlanishining yangi bosqichi raqobatli bozor muhitini yaratish 
muammosini 
tarmoq 
darajasidan 
mintaqa 
darajasiga 
o'tkazdi. 
Mamlakat 
iqtisodiyotining mintaqa tizimi tarmoq tizimiga qaraganda barqarordir. Biroq, ish 
bilan bandlik muammosining yumshatilishi, aholi real daromadlarining ortishi, soliq 
tushumlari ko'payishi, mahalliy byudje’t daromadlari o'sishi, iqtisodiyotda sog'lom 
raqobat muhiti yaratilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik orqali amalga 
oshishini hisobga olsak, shahar va hududlar, turli sektorlar orasidagi o'zaro 
mutanosibliklarga erishish uchun maqsadli dasturlar qabul qilish, asosan hududiy 
omillarni hisobga olgan holda takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. 
O'zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqeyini 
mustahkamlashda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xom 
ashyo va resurslardan oqilona foydalanib, yuksak texnologik mahsulotlami ishlab 
chiqarishni ta'minlaydigan iqtisodiyot tarmoqlari, ya'ni sanoatni rivojlantirish orqali 
erishiladi. "2011-2015 yillarda O'zbekiston sanoatini rivojlantirishning ustuvor 
yo'nalishlari to'g'risida" gi dasturlarda ham, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmini kamida 60 foizga oshirish, yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2010 yildagi 
24 foizdan 2015 yilda 28 foizga ko'paytirish va mos ravishda ushbu sohada kichik 
biznesning ulushini oshirib borish ustuvor yo'nalish sifatida belgilandi. Shunday qilib, 
kichik biznesning rivojlanishi hisobiga xususiy mulkchilik sohasi kengayadi, bu 
jamiyat va davlatning tayanchi bo'lib xizmat qiluvchi o'rta hollar sinfming 
shakllanishi, mamlakatda barqarorlikning muhim sharti bo'lib xizmat qiladi. 


18 
Hududlarni 
kompleks 
rivojlantirishda 
asosan, 
hududlar 
o'rtasidagi 
nomutanosibliklarni oldini olish, qishloq xo'jaligi infratuzilmasining taraqqiyoti yangi, 
zamonaviy va asosiysi bugungi kun bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan 
texnika va texnologiyalaming jalb etilishi, nafaqat qishloq xo'jalik korxonalarining 
rivojlanishi, kichik biznes korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali qishloq 
joylarda yangi ish o'rinlarini yaratish, tasdiqlangan investitsiya loyihalarini amalga 
oshirilishini ta'minlash, hududning qisqa va uzoq muddatli rivojlantirish loyihalarini 
tasdiqlash va amalga oshirish, mavjud sanoat korxonalarini to’lа quvvatda ishlatish
bo'sh turgan bino va inshoo’llarda ishlab chiqarishni tashkil etish, xizmatlar sohasini 
rivojlantirish, bundan tashqari, qishloqda istiqomat qiluvchi mehnatga layoqatli aholi 
uchun kafolatlangan ish o'rinlari tashkil etish, ayniqsa ixtisoslashgan kasb-hunar 
ta’lim muassasalarini bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 


19 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə