Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholash


Bitiruv malakaviy ishining yangiliklari quyidagilardan iborat



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix10.07.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#119479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
xududni izhtimoij iqtisodij baxolanishini kompleks baxolash

Bitiruv malakaviy ishining yangiliklari quyidagilardan iborat: 

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga kompleks baho 
berilganligi;
 
- Hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlarini 
aniqlanganligi; 
- Hududda ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini tahlil qilinganligi 
hamda mazkur sohalarni rivojlantirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab 
chiqilganligi; 
- Hududda aholi bandlik darajasini yuksaltirish va yangi ish o’rinlarini 
yaratishda qo’shimcha imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan tegishli taklif va 
tavsiyalar ishlab chiqilganligi. 
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishi 
doirasida olib borilgan tadqiqotlar asosida tayyorlangan xulosa va takliflarning amalga 
tadbiq etilishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi 
mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, 
uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyo’llar ro’yxati hamda ilovalardan 
iborat. 



I BOB. HUDUDLAR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI KOMPLEKS 
BAHOLASHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI. 
1.1 Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishning zaruriyati 
va o’ziga xos xususiyatlari. 
Mamlakatning izchil iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan undagi hududlarning 
rivojlanish suratlari va darajasiga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston hududlarining 
mutanosib barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi – makroiqtisodiy barqarorlikning, 
milliy iqtisodiyot tadrijiy rivojlanishining asosidir. Bu barcha hududlar manfaatlariga 
mos keladigan iqtisodiyotning samarali tuzilmasi shakllantirilishini taqozo etadi. 
Hududiy rivojlanishning nazariy jihatlarini chuqurroq o’rganish asosida erkinlashtirish 
sharoitida mamlakatimiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi 
amalda ro’yobga chiqarilishi zarurligini belgilab beradi. 
Mustaqillik yillarida sobiq SSSRdan qolgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf 
etish, mintaqalarning tabiiy va mineral xomashyo resurslaridan, mavjud ishlab 
chiqarish, ilmiy-texnik va eksport salohiyatidan samarali va oqilona foydalanish 
maqsadida mintaqalarni proporsional, mutanosib rivojlantirishni ta’minlash 
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishi deb belgilandi. 
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov ta’kidlanilaganlaridek, “Iqtisodiyotimizning hududiy 
tarkibini takomillashtirish, foydalanilmayo’lgan resurslar va iqtisodiy imkoniyatlardan 
yuqori 
darajada 
va 
samarali 
foydalanish, 
shakllanib 
qolgan 
hududiy 
nomutanosibliklarni bartaraf etish hozirgi kundagi eng muhim masala – ishsizlikka 
qarshi samarali kurashish imkonini beradi”.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga 
ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis
yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi to’g’risida fikr yuritganda ular bilan bog’liq nazariyalarni keltirib o’tish 
maqsadga muvofiqdir. Hududiy o’sish nazariyalarini ko’rib chiqishda ikki xil asosiy 
yondashuv mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o’sish modellarini qo’llash. 
Bunday modellarni mamlakat iqtisodiyotining o’sishi izohlash uchun ishlab chiqilgan 
modellarga o’xshatish mumkin. Ikkinchisi esa, alohida korxona va firmalarning hatti – 
harakatlarini tahlil etishga asoslangan. Chunki hududlarning iqtisodiy rivojlanishini, 
avvalambor, ularning faoliyatigina aniqlab beradi. Ushbu nazariyalar bilan ham 
iqtisodiy geografiya mutaxassislari, ham iqtisodchilar shug’ullanishgan. Turli 
mamlakatlarda hududiy nazariyalarning turli yo’nalishlariga ustuvorlik berilgan. 
Hududiy nazariyalarni o’rganish mamlakatimizda ishlab chiqilayo’lgan va amalga 
oshirilayotgan hududiy tartibga solish tadbirlari uchun uslubiy vosita bo’lib xizmat 
qiladi. O’tgan asrning 70-yillarigacha “iqtisodiy rivojlanish” deyilganda 
mamlakatning ishlab chiqarishni aholi o’sish suratlaridan yuqoriroq suratlarda 
oshirish qobiliyati tushunilar, rivojlanish jarayonining miqdoriy o’lchovi sifatida 
“iqtisodiy rivojlanish darajasi” tushunchasi xizmat qilar, u mamlakat milliy 
daromadini uning aholi soniga bo’lish orqali aniqlanar edi. YaMM va YaIM ning 
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan hajmining miqdoran tez o’sishi farovonlik mezoni 
deb hisoblandi. Kambag’allik, ishsizlik va daromadlar taqsimo’lini rivojlantirishni 



jadallashtirish masalalari keyingi o’rinlarga qoldirildi. Hozirgi kunga kelib, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish deb, mamlakatda ishlab chiqarish, bandlik darajalarini orttirish va 
ishsizlik, inflyatsiya darajalarini pasaytirish imkoniyatlarining kengayishiga aytiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tufayli mamlakatda iqtisodiy o’sish ta’minlanadi 
va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlar qondira boriladi. Buning evaziga mamlakatda 
cheklangan turli xil resurslardan samarali foydalanib, ko’proq tovarlar ishlab chiqarish 
va xizmatlar ko’rsatish ta’minlanadi. Bu esa bozorlarda mahsulot turlarining 
ko’payishi va narxlarning barqarorligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish aholini ish bilan ta’minlash, pulning qadrsizlanishini oldini olish, 
aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy shartidir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
nazariyasi makro iqtisodiyot darajasida tahlil qilinib, uning sohalari, ko’rsatkichlari, 
omillari o’rtasidagi bog’lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini aniqlab ko’rsatadi va 
davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asoslangan bolib xizmat qiladi. 
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish – ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, 
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini ishlab 
chiqish aholining turmush darajasini ko’tarish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini 
oshirish, hududlardagi xomashyo bazasi va mehnat salohiyatidan samarali foydalanish 
bilan bog’liq bo’lgan muammolarni faqat o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan 
dasturlar va istiqbol rejalari orqali hal etish imkonini beradi. Mamlakat doirasida 
ishlab chiqilgan hududlarni kompleks rivojlantirish yagona strategiyasi har bir 
hududning o’ziga xos tabiiy-iqtisodiy salohiyatiga to’g’ri keluvchi strategiyaga 
asoslangan bo’ladi. (1.1.1 - chizma).




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə