Hududning shart-sharoitlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#153074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ilyosga (3)

1.2. Iqlim sharoitlari
Ob-havosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha temperaturasi 14°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —6°, janubida —2°. Qishda havo tez soviydi va temperatura —30° gacha (Gulistonda —35°) pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27—29°. Yozda temperatura 32—45° gacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga yomon taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180-220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprogʻini shoʻr bosadi. Noyabrdan martgacha teztez esib turadigan „Bekobod shamoli“ tezligi 20-25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga yetadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi.
1.3. Tuproq meliorativ, geologik va gidrologik sharoitlar
iTuproqlari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan, mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuq. 5-6 m. Shoʻroʻzak massivida, hali oʻzlashtirilmagan pastqam joylarda shoʻrxoklar keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarning 32% shoʻrlangan, 25% kuchsiz shoʻrlangan, 16% shoʻrxoklardan iborat. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq va boshqa bor.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə