Hududning shart-sharoitlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#153074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ilyosga (3)

t/r

Ekin turi

Maydoni

ga

%

1

G‘o‘za

168,7

44,49

2

Kuzgi bug‘doy

112,4

29,64

3

Uzum

40

10,54

4

Tut

30

7,91

5

Boshqa ekinlar

28

7,38




Xo‘jalikning netto maydoni

379,1

100



2.2 Sugorish tarmoqlarini rejada loyihalash.
Xo‘jalikda sug‘orish tarmoqlarini namunaviy maydon hududida joylashtirish “Xo‘jalik hududini tashkil etish tuzilmasi” asosida quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
a) qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish, sug‘oriladigan uchastkalarga ishlov berish bilan bog‘liq holda olib borilishi kerak, bu holat suvni tejash bilan birga yuqori hosil olishni ham ta’minlaydi;
b) navbatdagi sug‘orish uchun kultivatsiyadan va egat olishdan iborat sug‘orishdan keyingi ishlov haydov traktori bilan bajariladi;
v) traktorlar ishini ishchilar ishi bilan dalachilikda eng muqobil muddatlarda amalga oshirish uchun xo‘jalikda kompleks yoki maxsus traktor – dalachilik bo‘limlari tashkil etiladi;
g) hamma ishlov beriladigan yerlar va boshqa qishloq xo‘jalik ekinzorlari va shunday brigadalarga biriktirib qo‘yiladi;
d) suvdan eng muqobil foydalanish maqsadida xo‘jaliklararo sug‘orish tarmog‘i shunday tizimga ega bo‘lishi kerakki, bo‘lim uchastkasiga kelayotgan suvdan qattiq nazorat o‘rnatgan holda suv iste’molchilari uyushmalari bilan tuzilgan shartnoma asosida rejali taqsimlanadigan bo‘ladi.
Xo‘jalik sharoiti va hududning meliorativ holatlari turlicha bo‘lishiga qarab, asosiy almashlab ekish maydonini bir necha almashlab ekish massiviga ajratish mumkin. Agar paxtachilik xo‘jaliklarida asosiy almashlab ekish maydonining tuproq-meliorativ holatlari bir xil bo‘lsa, uni maydonlari bir xil bo‘lgan almashlab ekish massivlariga bo‘linadi, ularning maydoni 250-300 gektargacha qabul qilinishi ruxsat etiladi.
Almashlab ekish massivi o‘lchamiga yana qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish usullari va suv berish tartibi, ularning tarkibi va agrotexnikasi ham ta’sir qiladi.
Respublikamizning paxtachilik hududlarida quyidagi paxta-bug‘doy, paxta-beda almashlab ekish tuzilmalari –5:5; 7:3; 6:3; 5:3 keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyat uchun alamashlab ekish tuzilmasi berilgan. Ularni tanlash eng avvalo yerlarning meliorativ holatiga va tuproq tavsiyanomasiga asoslanadi. Birinchi tuzilma 5:5 (50% paxta, 50% bug‘doy) va 7:3 (70% paxta, 30% beda) - meliorativ holati qoniqarli; ikkinchi (6:3)- yerlarida qisman sho‘rlangan va uchunchisi (5:3) – meliorativ holati qoniqarsiz bo‘lgan yerlar uchun qabul qilinadi.
Agar xo‘jalikning yerlari bitta meliorativ tumanda joylashgan bo‘lsa, bu holda maydonlari bo‘yicha bir xil va bir-biridan kattaligi bo‘yicha farq qilmaydigan bir nechta parallel almashlab ekish maydonlariga mustaqil XIT dan har bir almashlab ekish maydoniga suv berish shartini bajarish zaruratidan kelib chiqishi mumkin, ya’ni yuqorida ko‘rib o‘tilgan shartga binoan aniqlangan almashlab ekish massivlarining o‘lchamlari tekshiriladi. Almashlab ekish dalasining o‘rtacha maydoni berilgan almashlab ekishning umumiy maydonini dalalar soniga bo‘lib hosil qilinadi. Agar xo‘jalikning yerlari yer osti suvlarining sathi va boshqa ko‘rsatkichlariga (tuproq turlari, ularning sho‘rlanishi) ko‘ra bir nechta meliorativ tumanlarga bo‘linsa, xo‘jalikda ham almashlab ekish tuzilmasi va maydoni bo‘yicha bir-biridan farqli bir nechta almashlab ekish massivlari loyihalanishi mumkin. Relyef sharoitlari murakkab bo‘lib almashlab ekish dalalari maydoni jihatidan bir-biriga teng bo‘lmagan bir qancha sug‘orish uchastkalaridan tashkil topgan bo‘lsa, bitta almashlab ekish dalalari maydoniga farq 10-15 % atrofida bo‘lishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Xo‘jalik ichida yer tuzish asosiy masalalarini oldindan yechish natijasida sug‘orish tarmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish uchun quyidagi zarur xo‘jalik o‘lchamlari aniqlanadi:
a) asosiy qishloq xo‘jalik ekinzorlari va xo‘jalik markazi o‘lchamlari;
b) almashlab ekish massivlari soni va almashlab ekish dalalarining o‘rtacha o‘lchamlari.
“Xo‘jalik hududini tashkil qilish tuzilmasi”da alohida ekinzorlarni rejali joylashtirish to‘g‘risidagi masalani yechishda quyidagilarga erishish lozim.

  1. Xo‘jalik markazi har tomonlama qulay uzluksiz ishlaydigan sug‘orish tarmoqlari va xo‘jaliklararo yo‘lga tutash qilib joylashtirilishi.

  2. Bog‘, tokzorlar, tutzorlarga ajratilgan maydonlar xo‘jalik markazi (chegarasi) atrofiga joylashtirilishi.

  3. Chorva uchun almashlab ekish maydonlari imkoniyat boricha xo‘jalik markazi va boshqa almashlab ekilmaydigan ekinzorlar bilan bir massivda joylashtirilishi.

  4. Almashlab ekish massivlari chegaralari relyef sharoiti murakkab bo‘lmagan hollarda to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi, almashlab ekish dalasining shakli to‘g‘ri to‘rtburchak qilib loyihalanishi kerak.

XIT ning qulay ishlashiga uning planda qulay joylashishi, xo‘jalik hududi va mehnatning to‘g‘ri tashkil qilinishi, yer tuzilishi, tuproq va meliorativ sharoitlari, sug‘orish va suv berish usullari, xo‘jalik talablari bilan mos bo‘lgandagina erishiladi.
Xo‘jalik ichki tarmog‘i hamma qismlarning sug‘oriladigan maydonda va mehnatni tashkil qilish bilan bog‘lanishi shakllari quyidagi omillarga bog‘liq:

  • mahalliy tabiiy sharoitlar;

  • xo‘jalikning turi va ixtisoslanishi;

  • almashlab ekish tuzilmasi va dalalarning bo‘linishi;

  • ishchi kuchlarining va mexanizatsiyalashtirish qurilmalarining borligi hamda tashkil qilinishi;

  • xo‘jaliklararo va boshqa taqsimlagichlarning joylanishi.

Xo‘jalik chegarasida loyihalanadigan kanallarni trassalash uchun asosiy ko‘rsatmalar QMvaQ va boshqa adabiyotlarda bayon qilingani kabi, ularning mohiyati shunga olib keladiki, sug‘orish tarmog‘i quyidagilarni ta’minlamog‘i kerak:

  • suv iste’moli rejasiga muvofiq suv berish uchun suvni o‘z vaqtida yetkazib berish;

  • FIK va YFK ning eng yuqori qiymatlariga erishish;

  • hamma qishloq xo‘jalik mashinalarini yuqori unum bilan ishlatilishini ta’minlash;

  • sug‘orishda yuqori ish unumdorligiga erishish;

  • mehnat va hududni to‘g‘ri tashkil qilish;

  • kanal va inshootlardan samarali foydalanish.

Shuning uchun sug‘orish tarmog‘ini planda joylashishi shunday bo‘lishi kerakki, bunda XAT dan suvni xo‘jalikka 1-3 joydan olinishiga, xo‘jalik markaziga suv alohida taqsimlagichdan berilishiga va XIT butun sonli suvdan foydalanish birligini ta’minlashiga erishish kerak. Bundan tashqari xo‘jalik ichki tarmog‘idagi suv o‘lchash inshootlari xo‘jalikka va fermer uchastkalariga beriladigan suvni o‘lchash imkoniyatini ta’minlashi; tuproq – gruntlar buzilishining oldini olishi; muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga rejali suv berishni ta’minlashi; trassa joyining yer tuzilishini tuproq-meliorativ sharoitlari bilan bog‘lanishi, ya’ni kanallarning trassalari sug‘oriladigan maydonga suvning o‘zi oqishini ta’minlash uchun joyning eng baland nuqtalaridan o‘tishi; berilgan sharoitda eng kam uzunlikda va to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi kerak.
Yer tuzilishida xo‘jalikda hududni va mehnatni tashkil qilishning hamda qabul qilingan sug‘orish va suv berish usullari uchun kanal trassalarini o‘tkazishning ayrim namunaviy tuzilmalarini keltiramiz. Shox ariq (ShA) trassalarining rejadagi o‘rni muvaqqat ariqlar (MA) tuzilmasi bilan aniqlanadi. Muvaqqat tarmoqning bo‘ylama sug‘orish tuzilmasi (2 A - chizma) sug‘orish uchastkasining (SU) yuqori chegarasi bo‘ylab loyihalanadi, ko‘ndalang tuzilmada (2 Б - chizma) esa joyning nishabligi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ko‘pincha relyef sharoitlari bo‘yicha suvdan foydalanish birligiga beriladigan suvni alohida o‘lchash talablari bo‘yicha ikki taraflama qilib loyihalanadi. Ularning trassalari suvdan foydalanish birligi maydoniga nisbatan baland nuqtalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Har xil sug‘orish usullarining qo‘llanishi ularga mos muvaqqat sug‘orish tarmog‘ini, sug‘orish uchastkasining o‘lcham va shakllarini talab qiladi, bu esa o‘z navbatida, xo‘jalik ichki suv o‘tkazuvchi kanallarining rejada joylashishiga va konstruksiya tuzilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xo‘jalik ichki tarmoq kanal trassalari xo‘jalik talablarini e’tiborga olgan holda mavjud tabiiy sharoitlar (relyef, tuproq va boshqalar) uchun bir nechta variantlarda ishlab chiqiladi. Tarmoqning planda qulay joylashishi, mexanizmlarning unumli ishlatilishi mehnatni yaxshi tashkil qilinishi, suvdan rejali foydalanish imkonini beruvchi, agrotexnika talablarini qanoatlantiruvchi va tuproq yemirilishiga yo‘l qo‘ymaydigan variantlarni o‘zaro taqqoslash natijasida qabul qilinadi.
Bularga tarmoqning eng kam sarf xarajatida va suv zaxiralaridan rejali foydalanilganda erishiladi.


1-chizma. Muvaqqat ariqlarni sug‘orish maydonida joylashish sxemasi:
A – bo‘ylama joylashish sxemasi; Б – ko‘ndalang joylashish sxemasi;
1 – XIT, 2 – shox ariq, 3 – muvaqqat ariq, 4 - o‘q ariq, 5 – sug‘orish egati,
6 – gorizontal, 7 – tashlama.
Talaba yuqoridagi talablarni to‘liq o‘rganib namunaviy maydon misolida xo‘jalik hududini tashkil etish, unda sug‘orish tarmoqlarini hosil qilish ishlarini bajaradi. Bajarilgan ishlar relyefda va namunaviy maydonda xo‘jalik hududini tashkil etish jadvalida (8-jadval) o‘z aksini topishi shart.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə