Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova


] 3. Tirikiikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari



Yüklə 5,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/113
tarix28.11.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#132921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
Hujayra biologiyasi. Abdulov A.I. Xalbekova X.U.

1
]
3. Tirikiikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari
Qaysi hujayra va organizmda metabolizm (moddalar almash- 
inuvi), ko‘payish, harakatlanish kabi jarayonlar sodir boMib tursa u 
tirik hisoblanadi. Rang - barang organik olamda tirikiikning ikki xil: 
hujayrasiz va hujayraviy shakllari tafovut etiladi.
Hujayrasiz shaklga viruslar kiradi. Hujayraviy shaklga prokari- 
otlar, eukariotlar mansubdir. Virusning mavjudligi 1892 yilda ilk bor 
botanik olim D.J. Ivanovskiy tomonidan, tamaki bargining kasalini 
o ‘rganish natijasida topilgan. Bu mavjudotlar mayda boMib, bakterial 
filtrdan ham o ‘tib ketadi. Viruslar o‘z tuzilishiga ko‘ra o'ta sodda 
bo‘ladi. Ularda oqsil g‘ilof (kapsid) ga o ‘ralgan bir molekula nuklein 
kislotasi mavjud. K o‘pgina viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat 
yana bir parda - adperkapsid bilan o ‘ralgan. Viruslarning tuzilishi 
faqatgina elektron mikroskop orqali o‘rganiladi.
Hujayralardan tashkil topgan tirik tabiat olamining barcha orga- 
nizmlari ikki yirik guruhga bo‘linadi.
1. 
Prokariotlar 
(pro-
aw alg i, 
karion
- yadro) bakteriyalar, kolk 
yashil suv o‘tlari, yadrosiz hujayralar. Ulaming oziqlanishi get- 
erotrof, ba’zilarida avtotrof yoki fotoavtotrof jarayonlari bilan boradi
ko‘payishi - jinssiz.
25


2. 
Eukariotlar - bir hujayralilar, zamburug‘lar, o ‘simlik va hayvon 
hujayralari.
Bakteriyalar juda xilma - xil bo‘lib, ular murein moddasidan iborat 
zich qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. K o‘pgina bakteriya hujayralari 
shilliq kapsula- qo4shimcha himoyaviy pardaga ega. Bakteriyalarda 
ribosomadan boshqa hujayra ichki organoidlari bo‘lmaydi. Uning 
genetik materiali halqa hosil qilgan DNKdan - genofor yoki 
nukleoiddan iborat. Bu DNK eukariot hujayralardan farq qilib, 
nukleogistonlardan holidir. DNK tarkibidagi genlar soni odamning 
DNKsidagi genlardan 500 marta kam. Hujayrada genetik apparatni 
sitoplazmadan ajratib turuvchi membranali tuzilma - shakllangan 
yadro bo‘lmaydi. Sitoplazmasida plazmidalar ( DNK ning xalqadan 
tashqari fragmentlari) bo‘lib ular bakteriya hujayrasining bir qator 
irsiy belgilami nazorat qiluvchi genlardan tuzilgan. Plazmidalar 
mustaqii replikatsiyalanadi va nasldan -naslga irsiylanadi. Gen 
muxandisligida keng qoMIaniladi. B a’zi bakteriyalarning plazmatik 
membranasi hujayra ichiga botib kirib mezosomalarni hosil qiladi. 
Mezosomalar hujayra burmalari bo‘lib yuzasida nafas olish jarayonida 
ishtirok etuvchi ya’ni organoidlar vazifasini bajaradigan fermentlar 
joylashadi(4rasm). 
Fotosintezlovchi 
bakteriyalarda 
mezosoma 
burmalari orasida fotosintez pigmenti joylashadi. Bakteriyalar 
oddiy - har 20 minutda bo‘linib turadi. Bu holat kasallik chaqiruvchi 
bakteriyadan ozginasi organizmga kirib qolsa, tezda ko‘payib kasallik 
alomatlarini yuzaga keltirishini ko‘rsatadi. Ba’zi hollarda bakteriyalar 
bir biriga o‘ta yaqin kelib, o ‘zaro genetik materialini almashtiradi 
(kon’yugatsiya). Bunday genetik rekombinatsiya natijasida yangi irsiy 
materialga ega bo‘lgan bakteriya hosil bo'ladi.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə