Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari



Yüklə 167,22 Kb.
səhifə1/39
tarix19.12.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#152497
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari-hozir.org


Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari


  1. Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari.

Virusologiya fani submikroskopik hujayraichi paraziti - viruslarni o‘rganadi. Bu fan viruslarning tabiati, tuzilishi, ko‘payishi, fiziologiyasi, biokimyosi va irsiyatini o‘rganadi. Viruslar o‘simliklarda, hayvonlarda va boshqa organizmlarda turli-tuman kasalliklar qo‘zg‘atadi. Ularning boshqa mikroorganizmlardan farqli bo‘lgan quyidagi xususiyatlari mavjud:


  • Viruslarda nuklein kislotalarning faqatgina bittasi mavjud;


  • Oqsil sintezlovchi tizimga ega emas;


  • Genetik parazitlar hisoblanadi;


  • Viruslar o‘smaydi, faqatgina ko‘payadi;


  • Faqatgina hkjayra ichida faoliyat ko‘rsata oladi.


Virusologiya quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:


- Umumiy virusologiya;
- Molekulyar virusologiya;
- Xususiy virusologiya: tibbiyot, veterinariya virusologiyalari



  1. Viruslar – yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari


  2. Virusli kasalliklar, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. V. k.ga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan.

Hayvonlarning V. k.iga kirov (oqsim), oʻlat, ornitoz, psittakoz, parrandalar grippi, Nyukasl kasalligi, Ruft vodiysi isitmasi, qoʻylarning kataral isitmasi va b. kiradi. Ular epizootiyalar shaklida kechib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi.


Oʻsimliklarda V. k. gʻoyat xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Koʻpgina k,, x. ekinlari (ayniqsa, vegetativ yoʻl bilan koʻpayadiganlari) kasallanadi. Virozlar boshoqli oʻsimliklar, kartoshka, mevali, sabzavot, rezavor mevali va b. oʻsimliklarga eng koʻp zarar keltiradi. Koʻpincha, oʻsimlik hosilining kamayishiga va sifatining pasayishiga sabab boʻladi. Mas., bugʻdoy, arpa va b. oʻsimliklarga gʻumbaklanish virusi erta yuqqanda boshoqlar puch boʻladi; virusli mozaika bilan kasallangan kuzgi bugʻdoy umuman hosil bermaydi. Koʻpchilik V. k. qishloq xoʻjaligida yaqindan beri (20-asr) salbiy ahamiyatga ega boʻlib kelmoqda. V. k. oʻsimlik organizmida chuqur oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Eng harakterli oʻzgarishlar assimilyatsiya apparatida yuz beradi. Assimilyatsiya mahsulotlari ildiz, ildizmeva, tuganak (koʻp yillik oʻsimlik turlarida qishlovchi organ boʻlib, odatda, ularda oziq moddalar saqlanadi) va oʻsimlikning boshqa kismlariga yetib bormaydi. Umuman, oʻsimliklar qator anatomik va morfologik oʻzgarishlarga uchraydi. Natijada oʻsimlik rivojlanishi susayadi va umumiy holati yomonlashib, "nasl aynish alomatlari" kuzatiladi. Assimilyatsiya mahsulotlarining barglardan oqishi ushlanib qolishi tufayli bargda kraxmal koʻpayib ketadi. Kasallikning oʻzgarish harakteriga koʻra V. k. ikki guruh: mozaikalar va sariqlarga boʻlinadi. Mozaikalarning asosiy belgisi — barg rangining olachipor boʻlishi (mas., tamaki, kartoshka, pomidor, lavlagi va b. mozaikasi); bunga xlorofilli apparatdagi oʻzgarishlar sabab boʻladi. Sariq kasali uchun umumiy xloroz (bargning rangsizlanishi), oʻsishning buzilishi, koʻpincha pakanalik harakterli; barglarning buralishi, burishishi, ularda uglevodlarning haddan tashqari toʻplanishi natijasida barglar dagʻal va moʻrt boʻlib qoladi (boshoqlilardagi gʻumbaklanish, gʻuza, kartoshka barglari buralishi va b.da).

Koʻpgina V. k.ni hasharotlar (oʻsimlik bitlari, sikadalar, tripelar, oqqanotlar, qandalalar va b.), baʼzilarini (bugʻdoyning taram-taram mozaikasi va b.) kanalar tarqatadi. Infeksiya kasal oʻsimlikdan sogʻlomiga bir-biriga tekkanida, bir-birini yengil jarohatlaganda (mas., shamol taʼsirida) oʻtishi ham mumkin. V. k.ning deyarli hammasi oʻsimlik jinssiz koʻpayganda avlodga osongina oʻtadi. Oʻsimliklarning viruslarga nisbatan oʻta sezgirligi amalda katta ahamiyatga ega. Bunda infeksiya toʻqimaning maʼlum bir qismidagina boʻlib, boshqa yerga tarqalmaydi va oʻsimlikning umumiy kasallanishi roʻy bermaydi. Himoya choralarini qoʻllash uchun V. k. belgilarini aniqlash zarur. Diagnoz qoʻyishda kasallik belgilari, hujayra ichidagi tarkibiy qism shakli, serologik reaksiya, kasallikning yuqumliligi, virus qismlarining morfologiyasi, kasallangan oʻsimlik shirasini bakteriologik filtrdan oʻtishi va b. hisobga olinadi.




Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə