Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari


,Virusologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 167,22 Kb.
səhifə4/39
tarix19.12.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#152497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari-hozir.org

7,Virusologiyaning rivojlanish tarixi
. Virusologiyaning rivojlanish tarixini ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich D.I. Ivanovskiy tadqiqotlaridan boshlanadi va virusli kasalliklar etiologiyasi, shuningdek, bakteriofaglarning aniqlanishi davrigacha davom etadi. Stenli (1935) tomonidan kristall holatda ajratib olingan tamaki mozaikasi virusi oqsil xususiyatga ega ekanligi, ularning kristallanishi aniqlandi. Bu o‘z navbatida, viruslarning kimyoviy tarkibini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay, tamaki mozaikasi virusining nukleoproteid ekanligi ma’lum bo‘ldi. F. Bouden va R. Pirilar (1937) tamaki mozaikasi virusida oqsildan tashqari nuklein kislota ham borligi aniqladilar. Bu davrda organlar, to‘qimalar, ularning filtratlari, odam va hayvonlardan olingan sekret suyuqliklar, oziqa va еm-xashak ekstratlari, suv va viruslarni yuqishiga sabab bo‘ladigan barcha omillar tadqiqot materiallari bo‘lib hizmat qilgan. Virusologlar oldida qo‘yilgan vazifalar asosan eksperimental metodlar yordamida bajarilgan. Dastlab virusologik tadqiqotlar oq sichqon, kalamush va quyonlarda o‘tkazilgan. Filtratsiya metodining kashf etilishi natijasida odam va hayvonlarda uchraydigan juda ko‘plab virusli kasalliklar aniqlandi. Jumladan, F.Leffler va P. Froshlar tomonidan oqsim kasalligi virusi, V. Rid va uning xamkasblari tomonidan sariq lixoradka kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus ajratib olindi. Virusologiyaning rivojlanishiga yangi metodlarning kashf qilinishi katta xissa qo‘shdi. Dastlab hayvon va o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni o‘rganish maqsadida modul sifatida hayvon va o‘simliklardan foydalanilgan bo‘lsa, odamda kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni o‘rganishda sichqon, kalamush, dengiz cho‘chqachasi, quyon va boshqa hayvonlardan foydalanilgan. O‘sha paytlarda infeksion materialni ko‘z shox pardasiga, teriga, miyaga, nafas yo‘llariga yuqtirish usullari keng qo‘llanilgan. Shu yo‘llar bilan quturish, ospa, gerpes, oqsim, gripp, ensefalit, poliyemiyelit, xoreomeningit kabi kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi viruslar o‘rganilgan. Ammo 1930 yildan so‘ng hayvonlarda kasallik qo‘zg‘ata olmaydigan viruslarni o‘rganish yoki to‘qimalardan tozalangan virusni katta miqdorda olish imkoniyatining yo‘qligi sababli bu metoddan foydalanish to‘xtatildi.
1940 yilda E. Gudpaschur tomonidan virusologik tadqiqotlar uchun tovuq embrionidan foydalanish metodining kashf etilishi virusologiyada tub burilish yasadi. 1949 yilda shu metoddan foydalangan Dj. Enders, F. Robbins, T. Uellerlar katta muvafaqiyatga erishdilar va 5 yil o‘tib ular Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar.
M. Boriyes va N. Rusk tomonidan elektron mikroskopning yaratilishi esa viruslarning strukturasini batafsil o‘rganish imkoniyatini berdi va virusologiyaning ikkinchi bosqichining boshlanishiga asos bo‘ldi. 1950-1960 y.y.lar mobaynida viruslarning ultrastruktur tuzilishi, ularda kechadigan replikatsiya jarayoni, hujayra ichida viruslarning tashkillanishi kabilar tadqiqi qilindi. 1953 yildan boshlab “Viruslarning ko‘payish tabiati” nomli anjumandan so‘ng oqsillarni o‘rganish bilan bir qatorda nuklein kislotalarni o‘rganishga kirishib ketildi. Tadqiqotlar turli viruslarning nuklein kislotalari bir-biridan nukleoproteid asoslari nisbatining turlicha ekanligi bilan farqlanishini ko‘rsatdi. Bakteriyalarning virusi – bakteriofagni o‘rganish chog‘ida, bakteriya ichiga virusni o‘rab turgan oqsil qobiq emas, aynan nuklein kislotasi kirishi ma’lum bo‘ldi.
1953 yilda U. Rou bir guruh hamkasblari bilan birgalikda toza kulturada adenoviruslarni ajratishga muvaffaqt bo‘ldi. 1956 yilda G. Daldorf va G. Sikls - koksakiviruslarni, Dj. Enders va Dj. Melnik - ekxoviruslarni, R. Chanok – paragripp virusini ajratib oldi. Dj. Morris - respirator-sinsitial virusini, S. Styuart va B. Eddilar esa 1957 yilda – sichqonlarda shish kasalligini qo‘zg‘atuvchi polioma virusini ajratib olishga erishdilar.
1962 yilda AQShda butundunyo virusologlarining simpoziumi bo‘lib o‘tadi. Bu simpoziumda virionlar arxitekturasi, nukleokapsid, kapsomer kabi yangi terminlar tilga olinadi. Shundan boshlab molekulyar virusologiya sohasi rivojlana booshladi. 1970 yilda retroviruslardan qaytar transkriptazani ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan X.M. Temin D. Baltimorlar ham Nobel mukofotiga loyiq deb topildilar. Bu kashfiyot rekombinant vaksinalar olish uchun imkon berdi va gen muhandisligiga yo‘l ochib bergan edi.
1970-1980 yillar mobaynida S. Bakli va Dj. Kazals (1969) lar tomonida Afrika gemorragik lixoradkasi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan Lass virusini aniqladilar. D. Deyna (1970) va S. Faynstou (1974)lar esa virusli gepatitning V va A turlarini qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib oldilar. L. Montanye (1983) va R. Gallo (1984) lar tomonidan insonlarda turli shish kasalliklarini chaqiruvchi onkoviruslar va odam immunodefitsit virusi aniqlandi.

Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə