Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari


Odam va hayvon viruslarining



Yüklə 167,22 Kb.
səhifə14/39
tarix19.12.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#152497
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari-hozir.org

8.Odam va hayvon viruslarining
Zamonaviy tasnif boyicha odam uchun patogen bolgan viruslar 22 ta oilaga kiritiladi (), shulardan 8 tasi DNK-genomli viruslar va 14 tasi RNK-genomli viruslardir. Yaqinda yana 19 oila hisobga olindi. Oxirgi yillarda Astroviridae, Cirsinoviridae va Filoviridae yangi oilalari yaratildi. Papovaviridae oilasi ikkiga: Papillomaviridae va Poliomaviridae larga bolindi.
Poxviridae(oilasi)Chiziqli ikki ipli DNK li virus Chinchechak, maymun chechagi, sigir chechagi, kontogiozli mollyuska kabi kaslaliklarni qo‘zg‘atadi.Bazi viruslar filogenetik barerni еngib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lib, faqatgina odam va umurtqali hayvonlar organizmida emas, balki umurtqasizlar (kanalar, chivinlar, iskaptoparlar va boshqalar) organizmida ham ko‘payadi. Bunday viruslarga: bunyaviruslar, togaviruslar, flaviviruslar, rabdoviruslarning ayrim avlodlari, arenoviruslar va reoviruslar kiradi. Bu viruslar uchun bogimoyoqlilar ham tabiiy xojayin, ham infeksiya tashuvchi bolib hisoblanadi. Bunday viruslar arboviruslarning ekologik guruhini tashkil etadi.
Shunday qilib, viruslar tasnifi toldirilib va takomillashtirilib boriladi. Odam uchun patogen bolgan viruslar orasida faqat odamni zararlaydigan hamda odam va umurtqali hayvonlar uchun patogen bolgan viruslar uchraydi.


9.Viruslarga qarshi preparatlarni ishlab chiqish.
Virusga qarshi preparatlar paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shuni ta’kidlash kerakki, inson organizmi avvalo, virusga qarshi interferonlar ishlab chiqishi orqali kurashadi. Ammo, organizmda ko‘pincha aksariyat kasalliklarni yengish uchun ushbu modda yetarlicha bo‘lmaydi. Bunday paytda interferon ishlab chiqishni tezlashtirish yoki uni endogen mahsulot sifatida tanaga yuborish zarur. Interferon turidagi preparatlar esa aynan ushbu maqsadlarga qaratilgan.

10.Hujayra va virusni strukturaviy analiz qilish..
50.Viruslarniishlatilishi.
Viruslarni foydali maqsadlarda ishlatish 20 asrdan boshlandi.Viruslardan hasharotlar, kanalar va boshqa zararkunandalarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Shuningdek, gen muhandisligida viruslardan samarali foydalanilmoqda. Masalan, Avstraliyada quyonlarni ommaviy ko'payish muammosi virus yordamida hal qilinmoqda.
Bir choy qoshiq dengiz suvida millionlab viruslar bo‘ladi. Bu dengiz ekosistemasini tartibga solinishida muhim ahamiyatga ega. Dengizdagi ko‘pchilik viruslar bakteriofaglar hisoblandi. Bakteriofaglar dengizdagi bakteriyalarni nobud qiladi va bakteriya qoldiqlaridan qolgan organik molekulalar yangi bakteriya va suvo‘tlarining o‘sishiga xizmat qiladi. Dengiz biomassasining 90%ini mikroorganizmlar tashkil etadi. Har kuni viruslar tomonidan bu biomassaning 20% nobud qilinadi. Okeanda viruslar miqdori bakteriya va arxeylarga nisbatan 15 marta ko‘pdir. Viruslar suvning “gullashi”ning sekinlashtiradi. Natijada dengiz suvo‘tlarining xaddan tashqari suvni egallab olishi tartibga solinadi. Shu yo‘l bilan viruslar fotosintezni ham tartibga solib turadi va bir yilda atmosferaga chiqayotgan karbonat agnidridni 3 gigatonnaga qisqaradi.
Genetiklar viruslardan vektor sifatida keng foydalanadilar. Bu hujayrani yot moddalar sintezlashiga majburlaydi. Xuddi shu yo‘l bilan viroterapiyada turli xil kaslliklarni, jumladan saratonni davolashda foydalanilmoqda.
Nanotexnologiyada ham viruslardan nanozarrachalar sifatida foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Quyon miksomatozini Avstraliyada quyonlarni tez ko‘payishiga qarshi ishlatildi. Kelajakda genetikaning muvaffaqiyatlari natijasida sun’iy viruslarga kerakli genlarni kiritib sog‘ hujayralarga tegmasdan faqat kasal hujayralarnigina nobud qiladigan yoki davolaydigan viruslarni ishlatish fikrlari mavjud.

Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə