Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari


Kiritmalar usuli yordamida fitopatogen viruslarni diagnostika qilish



Yüklə 167,22 Kb.
səhifə11/39
tarix19.12.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#152497
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari-hozir.org

Kiritmalar usuli yordamida fitopatogen viruslarni diagnostika qilish: Viruslarni to‘qimalarda, to‘qima ekstraktlarida elektron mikroskop yordamida aniqlash. To‘qima ichidv virus borligini bilish uchun avvalo kasallangan barg to‘qimasini kesmasi yoki barg orqasidagi tukchalarini 500- 900 marta katta qilib yorug‘lik mikroskopida M.I.Goldin metodi asosida preparatlar tayyorlab kuzatiladi. Tukchalarni kuzatganda ularda geksagonal, amorf, sakkizsimon ipchalarni-kiritmalarni kuzatish mumkin.

Fitopatogen viruslar aralashmasidan ma’lum bir virusni (shtammni) toza holda ajratish usluli: Tabiatdan ajratib olingan virus namunasidan aniqlagich (indikator) o‘simliklar to‘plamini to‘g‘ri tanlab agrotexnika shart — sharoitlariga va tozalikka roiya qilib ularni inokulyatsiya qilinsa ma’lum muddatdan so‘ng virus yuqtirilgan o‘simlikda shu virusga oid simptomlar hosil bo‘ladi.

Ikkiyoqlama immunodiffuziya usuli yordamida viruslarni diagnostika qilish: IID-usulida o‘rganish va u yordamida har xil ob’ektlardan olingan namunalarda virus borligini, serologiya jihatidan har xil virus shtammlarining yaqin qarindoshligini, qisman qarindoshligini, o‘xshashligini, umuman o‘xshash emasligini reaksiyada hosil bo‘lgan presipitatsiya chiziqlariga qarab aniqlash usullari bilan tanishish.

Virusli infeksiyalar diagnostikasida molekulyar – genetik tekshiruv usullari. Bu usulga molekulyar gibridizatsiya va polimeraza zanjirli reaksiya kirib, ular o‘zining maxsusligi va sezgirligi tufayli so‘nggi yillarda juda keng tarqaldi. Bu usul tekshirilayotgan materialda aniqlanayotgan bakteriya yoki virusning hattoki yagona gen nusxasi (ular DNK yoki RNKlarining aniq bo‘lgan nukleotid ketma-ketligiga ko‘ra) bo‘lganda ham uning mavjudligini aniqlashga imkon beradi va shu infeksiyaning borligini isbotlaydi.

Molekulyar gibridizatsiya (molekulyar zond usuli). Bu usul ikki ipli DNKning denaturatsiya va renaturatsiya bo‘lish xususiyatiga asoslangan. Denaturatsiya – bu 80-1000 C gacha qizdirilishi yoki ishqor bilan ishlov berilishi natijasida DNK zanjirining ajralishi. Renaturatsiya – harorat 40-600 C gacha tushishi natijasida vodorod bog‘lari yordamida zanjirlarning qayta bog‘lanishi va DNK ning dastlabki ikki ipli tuzilishining tiklanishi.
Ajralgan DNK zanjirlari nukleotidlar joylashishida komplementar uchastkaga ega bo‘lgan boshqa bir ipli DNK fragmentlari bilan gibridizatsiyaga qodir. Komplementar iplar gibridizatsiyasiga shuningdek, RNK ham qodir, DNK – RNK yoki RNK – RNK kompleksini hosil qiladi.

30 Kapsidlar.
Virus zarrachasi yoki virion nuklein kislota (RNK yoki DNK) dan iborat bo‘lib, ustidan oqsil qobiq bilan o‘ralgan. Qobiq kapsida deb ataladi (grekcha kapsa — yashik demakdir).
Oqsilli kapsida monomerlardan iborat, ular kapsomerlar deb ataladi. Har bir virusdagi kapsomerlar soni doim bir xil bo‘ladi (masalan, poliomielit virusida 32 ta, tamaki virusida 2130 ta subbirlik mavjud). Kapsida bilan o‘ralgan nuklein kislota nukleokapsida deb ataladi. Ba’zi kapsidalar ustidan qobiq bilan o‘raladi, bu qobiq peplos deb atalib, peplomerlardan iborat. Ba’zi viruslarda peplos virus oqsilidan iborat bo‘lsa, boshqalarida esa hatto lipidlar, glikoproteidlar va fermentlar ham uchraydi. 1955 yilda X. Frenkel - Konrat va R. Uilyams tamaki mozaikasi virusini RNK sini ajratib oldilar va uni tamaki o‘simligiga yuqtirilganda virus RNK asi yuqtirilgan o‘simlikda mozaika alomatini kuzatdilar va unda yangi virus zarralari sintezlanganini isbotladilar. Tamaki o‘simligining virusi nukleoproteid bo‘lib, uzunligi 300 nm va eni 18 nm ni tashkil qiladi uzunligi enidan 17 marta kattadir oqsilining molekulyar massasi 18000 D bo‘lib, 158 ta aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘ladi. Virusning oqsil qobig‘i birxil shakldagi subbirliklardan tashkil topadi. Oqsil qobiq ichida esa 2.106 D molekulyar massaga teng RNK mavjuddir. Tamaki mozaikasi virusi oqsil va RNK dan iborat bo‘lib uni molekulyar massasi 40x106 daltonga teng.


Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə