Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari


Prionlar haqida umumiy malumot



Yüklə 167,22 Kb.
səhifə13/39
tarix19.12.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#152497
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari-hozir.org

5.Prionlar haqida umumiy malumot. Sekin kechadigan virusli infeksiyalarga quyidagi xususiyatlar xosdir: Uzoq inkubatsion (yashirin) davr bir necha oydan bir necha yilgacha va hattoki onlab yillar. Asta-sekinlik bilan kasallikning progressiv rivojlanishi (remissiyasiz). Miya faoliyatining ogir buzilishi va uning degeneratsiyasiga olib keluvchi MNS sining zararlanishi. Chorasiz olim bilan tugallanishi.Sekin kechuvchi virusli infeksiyalar etiologiyasiga kora ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhning kasallik qozgatuvchilari odatdagi viruslardir; ikkinchi guruhning kasallik qozgatuvchilari esa prionlar deb nomlanadigan yuqumli oqsillardir.

6.Sentrifugalash.
Differensial sentrifugalash. Chokish tezligiga kora turli kattalikdagi bolaklarni ajratish usuli. Bu usulda virus tutuvchi material kop marotaba kichik (2000-3000 ayl/daq) va katta (40000-50000 ayl/daq) tezliklarda sentrifugalanadi. Virus bir chokma usti suyuqligida (kichik tezlikda), bir chokmada (katta tezliklarda) boladi, resuspenziyalanib, yana sentrifugalanadi. Bu yol bilan virusning yuqori darajada tozalanishiga erishiladi.
Zichlik gradientida sentrifugalash. Viruslarni tozalash va ularning zichligini aniqlash uchun qollaniladi.
Bu usulda sentrifuga probirkasiga moddaning har xil zichlikdagi eritmalari qavat-qavat qilib quyiladi (masalan, saxaroza), bunda eng yuqori zichlik (virus zichligidan yuqori) probirka tubida hosil qilinadi, yuza qismiga qarab esa, zichlik asta-sekin kamayib boradi.


7.Genom replikatsiyasining boshlanishi. Polimerazalar.
Replikatsiya reaksiyasining ketishi uchun bir zanjirli DNK-matritsa,
dezoksinukleozidtrifosfatlar, fermentlar, magniy ionlari, oqsil omillari bo„lishi zarur.DNK replikatsiyasi yarim konservativ xarakterga ega, ya‟ni yangidan hosil bo„lgan DNK
molekulasidagi polipeptid zanjirining faqat bittasi sintezlanadi, ikkinchisi esa tayyor holda dastlabki, ona DNKdan o„tadi. Yangi sintezlanayotgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning ketmaket joylanishi – qolip sifatida bajarayotgan DNK tomonidan belgilanadi.DNK replikatsiyasida polimerizatsiya dezoksiribozaning 3'- tomonidan o„sib boradi.Dezoksitrifosfat DNK-matritsasining oxirgi monofosfatli dezoksinukleotidgabog„lanishida DNK-polimeraza amalga oshirib, pirofosfat ajraladi. Muhitdagi ferment pirofosfataza pirofosfatni monofosfatlargacha ajratib yuborganligi uchun mazkur reaksiya qaytar bo„lmaydi. DNK replikatsiyasining oxirida bir zanjirli molekuladan ikki-bizanjirli molekula davriy ravishda
sintezlanadi. Reaksiyaning xarakterli tomoni shundan iboratki, sintezlanayotgan molekula ona DNK zanjirining aynan o„zidir.DNKning replikatsiyasida ko„p miqdorda oqsil-fermentlar ishtirok etganliklari uchun mazkur tizim murakkab, samarali replikativ harakatdagi jarayon hisoblanadi. DNKning replikatsiyasi 5'→3' tomoniga matritsa asosida DNK polimeraza fermenti ishtirokida sodir
bo„ladi. DNKning sintezlovchi ferment har soniyada 50 ta nukleotid eukariotlarda,
bakteriyalarda esa 500 dezoksinukleotidlarni polimerlash xususiyatiga ega.

Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə