Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari


Ribonuklein kislota (RNK)li viruslar



Yüklə 167,22 Kb.
səhifə16/39
tarix19.12.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#152497
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari-hozir.org

Ribonuklein kislota (RNK)li viruslar. Odam uchun patogen viruslarining ko‘p qismi RNK tutuvchi viruslarga mansub. Ular bir-biridan genomning tuzilishi, o‘zgaruvchanligi, evolyutsiyaning tezligi bilan farq qiladi. Natijada yangi viruslar paydo bo‘ladi. Ko‘pgina RNK tutuvchi viruslar xo‘jayin hujayraning sitoplazmasida ko‘payadi, ammo ayrim viruslar rivojlanishning ma’lum bosqichida hujayra yadrosining ichida ham joylashadi.
Hozir odamlarga patogen bo‘lgan RNK genomli viruslar 13 ta oilaga bo‘linadi: Picornaviridae, Caliciviridae, Reoviridae, Retroviridae, Togaviridae, Flavividae, Bonyaviridae, Arenaviridae, Filoviridae, Rrhabdoviridae, Coronaviridae, Paramyxoviridae, Orthomyxoviridae.


Ortomiksoviruslar oilasi (Orthomyxoviridae). Ortomiksoviruslar paramiksoviruslar kabi makroorganizm hujayralarining mutsin moddasiga moyil bo‘lganligi uchun oilaning nomi ham shundan olingan (yunoncha orthos-to‘g‘ri, myxa-shilliq). Bu oilaga odam, hayvon va qushlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar kiradi.

Paramiksoviruslar oilasi (lotincha para-o‘xshash, yaqin) odamlarga nisbatan patogen bo‘lgan 3 turkumni: Raramyxovirus, Morbillivirus, Pneumovirus o‘z ichiga oladi. Birinchi turkumga odamlarda paragrippni qo‘zg‘atuvchi virusni (OPGV) 1–4 tiplari, epidemik parotit (tepki), ikkinchi turkumga qizamiq, it va sigirlar o‘lat virusi, uchinchi turkumga respirator-sintitsial viruslar kiradi.
52 Viruslar Yuqumliligini saqlash- bu aholi o‘ziga profilaktik emlanish yo‘li bilan u yoki bu infeksiyaga nisbatan qarshilik ko‘rsatish hisoblanadi.Oxirgi 40 yilda profilaktik emlanish qizamiq, difteriya, ko‘k yo‘tal, poliomiyelit, epidemik parotit, “V” virus gipatiti, qizilcha, tuberkulyoz, gripp, epidemik parotit va qoqshol kabi yuqumli kasalliklar bilan kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi. Vaksina o‘ziga xos antigen; sterillikni saqlab qolish maqsadida konservantlardan (tirik bo‘lmagan vaksinalarda); antigenlarning saqlash muddatini uzaytiradigan stabilizator yoki qoplama; o‘ziga xos bo‘lmagan aktivator (adyuvant), yoki antigenning immunogenligini oshirishi uchun (kimyoviy, molekulyar vaksinalarda) polimer tashuvchisi. Vaksina tarkibida mavjud bo‘lgan maxsus antigenlar organizmga jo‘natilganidan so‘ng immunologik reaksiyasining rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa organizmning patogen mikroorganizmlarga bo‘lgan chidamliligini ta’minlaydi. Vaksinalarni tayyorlash jarayonida antigen sifatida quyidagilar qo‘llaniladi: tirik zaiflashtirilgan mikroorganizmlar; tirik bo‘lmagan (o‘lik va aktiv holatidan to‘xtatilgan) yaxlit mikrob xo‘jayralari yoki virus zarralari; orgazimdan chiqarib tashlangan murakkab antigen tuzilishi(ximoyalovchi antigenlar); mikroorganizmning hayotiy faoliyati zarur hisoblangan mahsulotlari — ikkinchi marta qilingan metabolitlar (masalan, toksinlar, molekulyar himoyalaydigan antigenlar): kimyoviy sintez yo‘li orqali olingan yoki irsiy injineriya usulini qo‘llagan holda biosintez qilingan antigenlar.
53Tirik Rekombinat virus vaksinalari. Tabiat bilan mos kelgan holda o‘ziga xos antigen vaksinalari tirik, tirik bo‘lmagan va birga qo‘shilgan (tirik va o‘lik antigenlar bilan bir qatorda ularning alohida antigen) turlariga bo‘linadi. Tirik vaksinalar divergent (tabiiy) mikroorganizm shtammlaridan olinadi, bu o‘z navbatida inson uchun zaiflashtirilgan kasallik yuqtirish havfidan holi tutadi, ammo shu vaqtning o‘zida antigenlarning to‘liq to‘plamini o‘zida mujassamlashtiradi (masalan, sigir chechagi virusi) shuningdek, vaksinalar sun’iy mikroorganizm shtammlaridan olinadi. Tirik vaksinalarga shuningdek vektorli vaksinalar ham kiradi, ular irsiy injineriya usuli orqali olinib, vaksinaga oid shtamm sifatida tanish, uning tarkibida begona antigenning geni mavjud(masalan, gepatit V antigen virusi tarkibiga qurilgan chechak vaksina virusi)


Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə