Хусанхужаев Обидхон Мамутович Семантическо-структурное и лингвопоэтическое исследование


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 188,5 Kb.
səhifə4/13
tarix07.10.2023
ölçüsü188,5 Kb.
#125934
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Таржимага бериш учун

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining II. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon, rus va o‘zbek tilshunosligida terminologiya va uning nazariy asoslari, terminga qo‘yilgan talablar, terminologik tizimlarni tartibga solish kabi masalalar Y.Benvenist, A.Potebnya, M.Pokrovskiy, V.Solnsev, Y.Aperesyan, G.Vinokur, D.Lotte, A.Reformatskiy, O.Axmanova, V.Danilenko, A.Superanskaya, Y.Karaulov, Y.Stepanov, A.Ufimseva, S.Akobirov, S.Usmonov, N.Mamatov, A.Hojiyev, R.Doniyorov, A.Madvaliyev, H.Shamsuddinov, N.Mahkamov, N.Usmonov, A.Sobirov, D.Lutfullayeva, Z.Samiyev, B.Djorakulov, Z.Urunova. D.Jamoldinova, F.Qosimova, E.Yusufaliyev2 va boshqa olimlarning tadqiqotlarida maxsus o‘rganilgan.
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya Namangan davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq “O‘zbek tilining sistemaviy tadqiqi” mavzusidagi loyiha doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi pedagogik terminologiyaning til sistemasida tutgan o‘rni, o‘zbek tili “pedagogik terminlari” terminologik maydonining leksik-semantik xususiyatlari, o‘zbek tilidagi pedagogik terminosistemasining boyish manbalari, semantik va struktur xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
o‘zbek tilidagi pedagogik tasavvurlarni ifodalovchi so‘zlar, ya’ni prototerminlarni yozma manbalar asosida qiyosiy-tarixiy tahlil qilish;
o‘zbek tilidagi pedagogik terminlarning tizimli shakllanish yo‘llarini semantik-sintaktik yondashuv asosida o‘rganish;
o‘zbek tilidagi pedagogik terminlar shakllanishining semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash;
ta’limdagi ekstralingvistik omillarning ta’sir darajasini aniqlash va pedagogik terminlarning leksik-semantik xususiyatlarini ochib berish;
o‘zbek tiliga mustaqillik davrida o‘zlashgan pedagogik terminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish;
o‘zbek tili “pedagogik” terminologik maydonining mikromaydonlarini, semantik-tarkibiy tuzilishini ochib berish.

Yüklə 188,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə