Хусанхужаев Обидхон Мамутович Семантическо-структурное и лингвопоэтическое исследование


Uch kоmpоnеntli birikmаli tеrminlаr mоdеllаri



Yüklə 188,5 Kb.
səhifə9/13
tarix07.10.2023
ölçüsü188,5 Kb.
#125934
növüИсследование
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Таржимага бериш учун

Uch kоmpоnеntli birikmаli tеrminlаr mоdеllаri



Model strukturasi

Birikmali terminlar

1

ot+sifat+ot

Ko‘zi ojizlar maktabi, tarbiyachining shaxsiy namunasi, ta’limning strategik rejasi va hokazo;

2

ot+ot+ot

Maktab o‘quv jihozlari, maktab o‘lkashunoslik ishlari, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, kompyuter ta’lim metodikasi, ta’limning komponent sistemasi, davlat ta’lim standarti, axborot resurs markazi, pedagogik texnologiya kartasi va hokazo;

3

ot+sifat+ fe’l

Natijalarni qayta ishlash

4

fe’l +fe’l +ot

Ishlab chiqarish amaliyoti, o‘qitish va o‘rganish metodikasi;

5

sifat+ot+ ot

Oliy maktab pedagogikasi, xalqaro pedagogik konfеrensiya, ijtioiy tarbiya metodikasi va hokazo;

6

ot +fe’l +ot

Savodga o‘rgatish maktabi, tarix o‘qitish metodikasi, shaxsga qaratilgan testlar, ekspriment baholash metodi va hokazo;

7

fe’l + ot+ot

Taqsimlangan ma’lumotlar ombori;

8

fe’l+sifat+ot

Tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuv, shakllantiruvchi pedagogik eksperiment,

9

sifat+sifat+ot

Ilmiy pedagogik faoliyat

3-jadval
Ko‘p komponentli terminlar modellari



Model strukturasi

Birikmali terminlar

1

ot+ot+ot+ot

Biologiya Davlat ta’lim standarti, bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash

2

sifat+sifat+sifat+ot

Elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallar, innovatsion dasturiy didaktik majmua

3

fe’l +fe’l +fe’l +ot:

Tushuntirishni namoyish etish modeli

4

sifat+sifat+ot+ot

Didaktik markazlashgan pedagogik texnologiya standarti

5

ot+fe’l+ot++ot

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

6

ot+ot+fe’l+olmosh+sifat+fe’l

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik terminlarning tarkibli hosil bo‘lishida so‘z turkumlarining ishtirokiga ko‘ra sifat va ot so‘z turkumlarining ishtiroki faoldir. Ayniqsa, sifat so‘z turkumining ishtiroki boshqa so‘z turkumlariga nisbatan ancha faol bo‘lib aniqlovchi + aniqlanmish vazifasida kelishi kuzatiladi.


Hozirgi o‘zbek tilida boshqa soha terminlari singari, pedagogik terminlar ham leksik, sintaktik, frazeologik kalkalash yo‘llari bilan hosil bo‘lishi tadqiqotlardan ma’lum. Kalkalash usulida so‘z assotsiativ ma’nosining tarkibiy qolipi o‘zlashtiriladi. Kalkalashda o‘zlashtirilayotgan so‘z yoki so‘z birikmasining tarkibiy qisimlari alohida tarjima qilinadi va birlashtiriladi13. Dissertatsiyaning bu o‘rinda biz sintaktik kalkalashga to‘xtalib o‘tganmiz.
Bobning to‘rtinchi paragrafida “Xorijiy tillardan o‘zlashgan pedagogik terminlarning lingvistik tahlili” amalga oshirilgan.
Pedagogik terminlarning xorijiy tillardan o‘zlashib, milliy pedagogikada ham faollashib borayotgani, bu terminlar orqali ta’lim va tarbiyani jahon andozalariga bog‘lab olib borilayotgani milliy pedagogikamizning yutug‘i hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim sistemasida tilga bo‘lgan qiziqish, til madaniyatiga ongli munosabatta bo‘lish, kommunikativ me’yor doirasida harakat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishni belgilaydi, shuningdek, yaratilgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga nazariy va amaliy jihatdan tatbiq etish imkonini beradi. Milliy ta’lim tizimida xorijiy terminlardan foydalanish pedagoglardan xorijiy terminlarning ma’nolarini chuqur bilishni taqozo etadi.
Bu o‘rinda zukko tilshunos N.Mahmudovning xorijiy tilshunos olimlarning olgan ilmiy natijalari asosidagi fikrlari va o‘zining ilmiy qarashlari mazkur masalaga oydinlik kiritishda e’tiborli hisoblanadi. U rus tilshunosi B.A.Serebrennikov qarashlariga e’tibor qaratadi va shunday yozadi: “Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ingliz tilidagi tilshunoslik terminologiyasida ko‘pincha mazkur ikki tipdagi o‘zlashtirish farqli terminlar bilan nomlanadi, ya’ni: tushuncha va uni ifodalaydigan so‘zni birgalikda o‘zlashtirish – “borrowing”, mavjud bo‘lgan “o‘z” tushunchani ifodalash uchun boshqa tildan so‘z o‘zlashtirish – “loaning” 14. Anglashilib turganiday, birinchi tipning real va pirovard maqsadi yangi tushunchani o‘zlashtirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tipning real va pirovard maqsadi faqat xorijiy so‘znigina o‘zlashtirishdan iborat. Buning ustiga, birinchi tip so‘z o‘zlashtirish obyektiv asoslarga egaligini, ikkinchi tip esa ko‘proq muayyan subyektiv sabablar bilan bog‘liq ekanligini sezmaslik mumkin emas” 15.
Olimning kuzatishicha, mustaqillik davrida o‘zbek tili leksikasi va terminologiyasida so‘z o‘zlashtirishning birinchi tipi benihoya keng tarqalgan. Ular ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy, ilg‘or texnika va texnologiyalarga oid quyidagi kabi so‘z va terminlar aynan xorijiy so‘z o‘zlashtirishning birinchi tipiga oiddir: brifing, broker, barter, lizing, biznes, birja, grant, dividend, defitsit, profitsit, investitsiya, investor, marketing, internet, onlayn, kompyuter, printer, server, fayl, sayt, veb-sayt, vinchester, reyting, fleshka, imij, litsey, kollej, gimnaziya, bakalavr, magistr, test, grant, multimedia, modernizatsiya, diversifikatsiya, diagnostika va h.k. Bunday xorijiy o‘zlashmalar nafaqat tegishli sohalar doirasida, balki, umuman, keng omma nutqida ham bemalol va erkin qo‘llanmoqda16.
Albatta, N.Mahmudovning fikrlariga qo‘shilgan holda xorijiy o‘zlashmalar umuman keng jamoatchilik orasida tushunarli va aniq ma’lumotga egaligini ta’kidlagan holda masalaning boshqa tomoniga ham e’tibor qaratamiz. O‘zlashgan terminlarning keng jamoatchilik orasida ma’lum bo‘lganlarigina ular uchun tushunarli bo‘lishi, ularning kuzatuvi va muloqoti jarayonidagi hodisa sifatida qaraladi. Biroq ularning muloqoti jarayonida faol bo‘lmaganlari faqat mutaxassislarning kasbiy faoliyatida qo‘llanishining guvohi bo‘lamiz. Chunki termin har qanday sohaning o‘ziga xos bo‘lgan kasbiy tushunchasini ifodalaydi. Masalan, keyst stadi, inklyuziv ta’lim, pegagogik menejment, pedagogik sistemologiya, pedagogik konstruktologiya, pedagogik konseptologiya, pedagogik faktologiya, elektron jurnal, tyutor va hokazolar.
Dissertatsiyada tilimizda mavjud va xorijiy tillardan o‘zlashgan terminlarning ta’lim sohasidagi ma’nolari so‘zning semantik maydoni orqali ochib beriladi.
Dissertatsiyaning “O‘zbek tili pedagogik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobining birinchi paragrafi “Pedagogik terminlarning mazmuniy maydon tamoyiliga asosan assotsiatlari”ni aniqlashga qaratilgan.
Ma’lumki, keyingi davrlarda pedagogik terminlar lug‘at tarkibi kengayib, zamonaviy internet tarmoqlari bilan boyib, internet ta’lim tizimi yuzaga keldi va unda: “O‘qituvchining ma’lumotga ehtiyoji“, “O‘quvchining ma’lumotga ehtiyoji”, “Pedagogik ma’lumotlar banki”, “Masofaviy o‘qish”, “Telealoqa konferensiyasi”, “Electron jurnal”, “Portfolio”, “Platforma”, “ZOOM”, “Hemis”, “Kredit modul tizimi”, “Elektron kitob”, “Onlayn dars” singari ta’lim bilan bog‘liq terminlar iste’molga kirdi. Kishilarning lisoniy xotirasida internet ta’lim tizimi tushunchasi bilan bog‘liq yuqoridagi keltirilgan terminlar gavdalandi. Demak, inson ilmiy tafakkuri doirasida internet ta’limi tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan assotsiativ munosabat o‘z ifodasini topdi.
Tаdqiqоtimizda ta’limga oid yaqin davr ichida paydo bo‘lgan birliklarni quyidagi leksik-semantik guruhlarga ajratdik:
1. Ta’lim muassasalari, markazlarning nomlari: “...xalqaro ta’lim
dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish”; “Ilmiy-tadqiqot natijalarini
amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “spin-off” va “spin-out”
korxonalarini tashkil etish...” 17;
2. Ta’lim sohasidagi darajalar va kasblarning nomlari: “...nafari
fan doktori (DSc), 7506 nafari fan nomzodi (PhD)...”; “Doktorlik (tayanch
doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar
tizimini joriy etish”18;
3. Ta’lim jarayonlari va texnologiyalarning nomlari: “Elektron universitet

Yüklə 188,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə