Хусанхужаев Обидхон Мамутович Семантическо-структурное и лингвопоэтическое исследование


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 188,5 Kb.
səhifə3/13
tarix07.10.2023
ölçüsü188,5 Kb.
#125934
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Таржимага бериш учун

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida doimiy boyib boruvchi, rivojlanishda bo‘lgan sohalardan biri terminologiya sanaladi. Hozirgi globallashuv jarayonlari, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va turli munosabatlarning rivojlanishida turli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, fan va ta’lim bilan bog‘liq ilmiy bilimlar integratsiyasi, sohalar bo‘yichа olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lamining kengayishi turli fan sohalari terminologiyasining yana ham jadallik bilan boyishiga turtki bermoqda. Bu zamonaviy terminologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga amaliy ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi.
Dunyo tilshunosligida til taraqqiyotini jamiyatning, millatning taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq tarzda o‘rganish o‘ta muhim masalalardan hisoblanadi. Fan va madaniyatning beqiyos rivoj topishi, ijtimoiy-siyosiy aloqalarning tobora o‘sib borishi, boshqa terminologik tizimlarda bo‘lgani kabi, pedagogik terminologiyada ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga, shu bilan birga, bu soha terminlarida ko‘p ma’nolilik, omonimlik, sinonimlik, dubletlik va variantlilikning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu lisoniy hodisalar terminologiyada mavjud bo‘lgan yoki yuzaga kelayotgan variantlardan birini tanlab olish, termin sifatida tavsiya etilayotgan yoki mavjud termin o‘rniga almashtirilayotgan yangi terminlarni ilmiy asoslash, terminologik tizimni semantik-funksional, semantik-struktur jihatdan jiddiy tizimli lingvistik tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda ilm-fan, sanoat rivojlanishi bilan o‘zbek tili leksikasida mustaqillik davrida yuzaga kelgan sifat va miqdor o‘zgarishlari, bu davrda ilm-fan, ta’lim va tarbiyaga oid terminlarning yangilanib borishi turli fan sohalari qatori pegagogik terminologiyada ham o‘z ifodasini topa boshladi. Terminologiyadagi o‘zgarishlar zamonaviy ilmiy bilimlarning o‘sishi va taraqqiy etib borayotganini ko‘rsatuvchi belgilardan biri hisoblanadi. “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”1. Jamiyatimizda ta’lim sifatiga e’tiborning oshishi va zamonaviy pedagogika fanida ilmiy-pedagogik tushuncha apparatining rivojlanishi pedagogik terminlarni chuqurroq o‘rganish ustuvor mаsаlаlаrdаn аsоsiysi vа eng muhimlаri еkаnligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarida, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentyabrdagi 311-sonli “Davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat dasturiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida hamda ushbu faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 188,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə