I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Zaryadlangan zarrachalar
. Organizm to‘qimalariga kirgan alfa va 
betta zarrachalar atom elektronlariga yaqinlashib ular bilan o‘zaro 
harakati tufayli energiyasini yo‘qotadi. Gamma nurlanish va rentgen 
nirlari o‘zining energiyasini moddaga bir necha usullar bilan beradi va 
natijada electrik o‘zaro harakatga olib keladi. 
Elektrik o‘zaro harakat
. Kirgan nurlanishdan so‘ng o‘nlab trillion 
sekundlarda organizmdagi to‘qimaning tegishli atomiga etadi, shu 
atomdan elektron ajraladi. U manfiy zaryadlangan. Shu sababli dastlabki 
neytral atomlardan qolganlari musbat zaryadlangan bo‘lib qoladi. Bu 
jarayon ionlashish deb aytiladi. Ajralayotgan elektronlar boshqa 
atomlarni ionlashtirish bilan davom etadi. 


62 
Fizik-kimyoviy o‘zgarishlar
. Erkin elektronlar va ionlashgan atomlar 
shunday holatda to‘xtab qolmaydi va sekundning o‘n milliardlar vaqtida 
murakkab zanjirli reaksiyada ishtirok etadi, natijada yangi molekulalar 
sodir bo‘ladi, shundan tajovuzli erkin radikal kabi. 
Kimyoviy o‘zgarishlar
. Navbatdagi sekundning millionlar qismida hosil 
bo‘lgan erkin radikallar bir-biridan ta’sirlanadi va reaksiya zanjiri orqali 
boshqa oxirigacha o‘rganilmagan molekulalarni ham, qaysiki biologik 
tomondan to‘qimalarni normal faoliyati uchun kerakli molekulalar 
kimyoviy modifikasiyasini chaqirishi mumkin. 
Biologik samaralar
. Bir necha sekundda biokimyoviy o‘zgarishlar sodir 
bo‘lishi mumkin, nurlangandan o‘n yillardan so‘ng to‘qimani o‘lishi 
yoki ularda rakni keltirib chiqarishi mumkin. 
Kam radioaktivli narsalar ham organizm uchun og‘ir ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Masalan taqinchoqlar, fotoapparat va b shunga o‘xshashlar. Ularning ta’siri uzoq vaqt 
bilinmasligi mumkin, vaqt o‘tishi bilan to‘planib jiddiy salbiy holatga sabab bo‘ladi 
(3.1-jadval). 
Organizmda nurlanishning darajasiga bog‘liq holda quyidagi natijalar bo‘lishi 
mumkin: 
-o‘tkir nur kasaligi; 
-markaziy asab tizimining buzilishi; 
-mahalliy nurdan kuyish; 
-yomon o‘smalar hosil bo‘lishi; 
-leykozlar (oqqon); 
-immun kasalliklari; 
-farzandsizlik; 
-buzilishlar. 
Nur kasalligi odam tanasiga 1-2 Zv(zvert) qabul qilinganda boshlanadi, buni 
shifokorlar 1-darajasi deb baholaydi. Bunda doimiy tekshiruvni boshlash lozim. 2-3 
Zv nurlanish qabul qilingani 2-daraja nurlanish deyiladi va davolashni talab etadi.
Davolash o‘z vaqtida boshlansa o‘lim holatga tushish kamroq bo‘ladi. Davolab 
bo‘lmaydigan miqdor 6 Zv nurlanishdan boshlanadi, asosan o‘lim bilan yakunlanadi. 
Davolashda hatto suyak to‘qimalarini (iligini) almashtirgan taqdirda ham 1/10 


63 
nurlanganlar tuzalishi mumkin. 17 Zv nurlanishda davolab bo‘lmaydigan 
rak
ning 
rivojlanishi eng yuqori bo‘ladi.
Nurlanishni dozimetr asbobisiz bilish qiyin, organizm bildirmaydi. Ma’lum 
vaqtdan so‘ng qayd qilish, bosh og‘rig‘i, bo‘shashish, haroratni ko‘tarilishi. 
kuzatiladi. Yuqori darajali nurlanish birinchi navbatda qon ishlab chiqarish tizimiga 
va gen organlariga salbiy ta’sir etadi. 
Suyak ichki shillik to‘qimalari (ilik, asosiy taz suyaklari) organizmda qon hosil 
qiluvchi (qon to‘qimalarini) hisoblanadi. Bu organizmda o‘layotgan to‘qimalarni
yangisi bilan almashtirish uchun xizmat qiladi. Tibbiyotda qon tashxisi o‘tkaziladi. 
Unda radiatsiyaning ta’siri quyidagi ko‘rsatkichlarda bilinadi:

gemoglabin darajasini kamayishi (norma 120g/l); 

eritrotsitni kamayishi (norma 3,5-5,5*10
12
/l); 

trombotsit kamligi (norma 150-400*10
9
/l); 

retokulotsitlar yo‘qoladi yoki kamayadi (norma 02-1%); 

yosh to‘qimalar>20% o‘tkir leykozda, surunkali leykozda (norma 5%gacha); 

leykotsit miqdorini o‘zgarishi: 15% o‘tkir leykoz kasallarda>100*10
9
/l, boshqa 
darajadagi kasallarda kamayishi kuzatiladi. Leykotsit normasi – (4-9*10
9
/l); 

neytrofillar kamayishi (norma 45-70%); 

tayoqcha yadroli leykotsitlarni yo‘qligi, eozinofillari bazofillar; 

SOE ni oshishi(norma 2-12mm/ch). 
Tekshiruvda yuqorida ko‘rsatilgan qonning umumiy tashxisidan tashqari 
qonning bioximik tashxisi, Mielogramma, 
Trepanobiopsiya, Trepanobiopsiya, Sitoximiya 
tekshiruvvi, Immunologik tekshiruvi, 
UZI 
tekshiruvi,Rentgen tekshiruvi(ilova)kabilar o‘tkaziladi.
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə