92
potensiometr ruchkasi chapga taqalguncha buraladi, ZD - 5 qurilmasi zaryadlovchi
teshigi qalpoqcha bilan yopiladi va dozimetr pastki tayanchi mahkamlanadi.
Dozimetr kiyim cho‘ntagida olib yuriladi va vaqti-vaqti bilan okulyardan qarab,
ish vaqtida olingan nurlanish dozasi kattaligi kuzatiladi.
Hozirgi vaqtda DP - 22V va DP - 24 o‘rniga ID - 1 doza o‘lchashning
umumqo‘shin komplekti va ID - 11 tipidagi dozani individual o‘lchovchi yangi
dozimetrlar ishlab chiqilmoqda, bu dozimetrlar faqatgina gamma-nurlanishni emas,
balki neytronlar tasviri doza nurlanishini ham o‘lchaydi.
Dozimetrik nazorat uchun yana DP - 70 kimyoviy dozimetrlardan ham (4.8-
rasm) foydalanish mumkin. Komplektda PK - 56 dala kolorimetri bo‘lib, u dala
sharoitida 50 dan 800 R gacha gamma-nurlanishlarining dozasini o‘lchashga
mo‘ljallangan. Asbob o‘zida rangsiz eritmasi bo‘lgan shisha ampuladan iborat.
Dostları ilə paylaş: