83
-muqim joylashgan qurilmalar -
radiatsion xavfli joylarda tuproq, ozuqalarni,
oziq-ovqat, suv va boshqalarda doimiy dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat
uchun. Muqimlarga quyidagilar kiradi: SPSS-02, SD-1M va boshqalar.
Schetchiklar -
ishchi sig‘im yoki yuzaga tushadigan ionlashtiruvchi nurlarni
sanashga mo‘ljallangan.
Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni
aniqlashda va tashqi
muhit obyektlarining radioaktiv ifloslanishini
o‘lchashda DP-5 turdagi
asboblardan foydalaniladi.
Xuddi shuningdek ta’sir va yutilgan nurlanish dozasi DP-22V, DP-24,
DP-23A, ID-1, ID-11 turdagi dozimetrlar to‘plami bilan o‘lchanadi.
Shaxsiy
dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo‘lganda olingan
dozalarni hisobga oladi.
Tashqi muhitda (dalalarda) foydalaniladigan ko‘pgina dozimetrik asboblarning
ishlash p r i n s i p i radioaktiv nurlarning havoda tarqalganda muhitni (gazni) ionlash
qobiliyatiga asoslangan. Ionlash usuli
asosida ishlovchi asboblarga, bir xil
tuzilishga asoslangan va qabul qiluvchi, ko‘paytiruvchi, o‘lchovchi
qurilmalar va
ishlashni ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi.
Qabul qiluvchi qurilma -
datchik yoki nurlar detektori - unga ta’sir qiladigan
radioaktiv nurlar energiyasini
boshqa turdagi elektr, kimyoviy, yorug‘lik
energiyasiga aylantirishga asoslangan. Qabul qiluvchi qurilma sifatida dala
asboblarida ionlash kamerasi va gazorazryad schyotchiklari qo‘l laniladi.
Ionlash kamerasi havo
bilan to‘ldirilgan germetik idish bo‘lib, unga
korpusdan
ajratilgan markaziy elektrod o‘rnatilgan. Kamera devorlari izolyator materiallardan
tayyorlangan bo‘lib, ularning ichki tomoni tok o‘tkazuvchi material bilan qoplangan.
Tashqi manbadan kameraga elektr toki kuchlanishi berilib,
bu markaziy elektrod va
kamera devorining tok o‘tkazuvchi qavati o‘rtasida potensiallar ayirmasi hosil
qiladi. Radioaktiv nurlar yo‘q bo‘lganda, havo elektrodlar o‘rtasida izolyator bo‘lib
xizmat qiladi, kamera zanjirida tok bo‘lmaydi. Radioaktiv nurlar ta’sirida havo
kamerasida ionlanish sodir bo‘ladi, kamera zanjirida ionlash toki paydo bo‘ladi. Bu
tok kattaligi kamera orqali o‘tayotgan radioaktiv nurlar dozasi quvvatiga bog‘liq bo‘ladi.
Shu munosabat bilan juda oz bo‘lgan tok kuchaytiriladi va so‘ngra mikroampermetr
yordamida o‘lchanadi. Ionlash kamerasi gamma-kvantlarni yozib oladi (4.2-rasm).