I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
 
 
 


78 
Nazorat savollari 
 
1. 
Nur kasalliklariga tushuncha bering? 
2. 
Odam organizmining nurlanishga moyilligi to‘g‘risida nimani bilasiz?
 
3. 
Nurlanishlarga solishtirma tushuncha bering?
 
4. 
Ionlashtiruvchi nurlarni tavsiflang?
 
5. 
Radioaktivlikning qon umumiy tashxisidagi asosiy belgilari?
 
6.
 
Qon to‘qimasining tarkibi to‘g‘risida nimani bilasiz?
 
7.
 
Odam organizmida to‘qimalar qanday joylashgan?
 
8.
 
Odam tanasida to‘qimalar muvozanati nima? 
9. 
Tabiy radioaktivlik nima? 
10. 
Qon hosil qiluvchi to‘qimalar? 
11. 
Proton va neytronlar nima? 
12. 
Odam qanday yo‘llar bilan radioaktiv zararlanadi? 
13. 
Qonda trombotsitlarni etishmasligi nimaga sabab bo‘ladi? 
14. 
Organizmda erkin radikallar nima, qanday hosil bo‘ladi? 
15. 
Nurlanishning organizmga biologik ta’siri nima? 
16. 
DNK ni buzilishi nima? 
17. 
Qonda eritrotsit nima? 
18. 
Leykotsitlar qonda qanday vazifani bajaradi? 
19. 
Nur kasalliklari organizmda radiaktivlik qancha bo‘lganda boshlanadi? 
20. 
Odam tanasining holati va radiatsiya munosabati qanday bo‘ladi? 


79 
IV - BOB. DOZIMETRIYA ASOSLARI VA RADIOAKTIV MODDA 
AKTIVLIGINI , IONLASHTIRUVCHI NURLANISH DOZASI VA DOZA 
QUVVATINI DOZIMETRIK NAZORAT QILISH ASBOBLARI 
 
4.1. Dozimetriyaning vazifasi.
Radiatsiyaviy nazorat metodlari 
Dozimetriya – 
yadro fizikasi va o‘lchov texnikalarining bo‘limi bo‘lib moddaga 
nurlanishning ionlashtiruvchi ta’siri xususiyatini baholashdir hamda uning metodlari 
va vositalaridir. 
Dozimetriyaning asosiy vazifasi ionlashtiruvchi nurlanishning aholiga va boshqa 
obyektlarga ta’sir darajasini va xavfsiz miqdorini aniqlash va baholashdan iborat.
Dozimetriya yordamida zararlanish o‘chog‘ida qutqaruv va tezkor avariya-
tiklash ishlari vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun; turli obyektlarning 
radioaktiv moddalar bilan zararlanish darajasini aniqlashda, oziq-ovqat, suv va 
boshqa mahsulotlarning iste’mol qilishga yaroqliligini aniqlash uchun, har hil obyekt 
va subyektlarning nurlanib qolishining oldini olish uchun radioaktiv nurlanishni 
aniqlash va o‘lchash ishlari bajariladi. Dozimetriya ishlarini tashkil qilish bilan aholi 
radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash amalga oshiriladi.
Radioaktivlik 
yadro 
portlashlar, 
radiatsiyaviy 
xavfli 
obyektlardagi 
avariyalardagina emas u turli materiallarda ham uchrashi mumkin. O‘zbekiston 
sharoitida turli xil qurilish materiallari ishlab chiqarish mavjud. Tog‘ jinslaridan 
olinadigan qurilish materiallari turli tekshiruvlarsiz, xususan, radioaktivlikka 
tekshirilayotgani yo‘q. Aksariyat ko‘r-ko‘rona foydalanish tashkil etilgan. 
Tashqaridan, respublika tashqarisidan keltirilayotgan materiallar ham yuqoridagi 
kabi. Ular bo‘yicha xavfsizlik ishlarini etarli deb bo‘lmaydi.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari turlicha bo‘ladi. Shu sababli dozimetriyada 
ularni aniqlash, o‘lchash metodlari va vositalari ham turlichadir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə