77
xujayralar defitsitini suyak ko‘migini transplantatsiya qilib amalga oshirish mumkin.
Bunga o‘rta va og‘ir nur kasalligida immunitetning pasayishi to‘liq imkoniyat
yaratadi.
Nurlanishdan
keyingi
kunlari
amalga
oshirilgan
ko‘mikning
transplantatsiyasi bemorda pansitopeniyani kuchsizlantirishi; transplantatsiya
antibiotikoterapiya bilan birga amalga oshirilgan taqdirda infeksion asoratlarning
xam oldini olish mumkin. Ammo odamlarda o‘tkazilgan allotransplantatsiya (ya’ni
shu turga mansub hayvonlardan, boshqa odamlardan olingan, antigen strukturasi farq
qiluvchi ko‘mukni ko‘chirib o‘tkazish, keyinchalik transplantatni egasiga qarshi
reaksiyasi tufayli rivojlanadigan ikkilamchi kasallikdan o‘limga olib keladi. Bu
nuqtai nazardan olganda faqat izologik (genetik bir xil, bir tuxumdan paydo bo‘lgan
egizaklardan yoki bemorni nurlanmay qolgan ko‘migini boshqa sohalarga ko‘chirib
o‘tkazish – autotransplantatsiya effektiv bo‘lishi mumkin. Bu sharoitda transplantat
immunologik konflikt chaqirmaydi.
Periferik qonda shakliy elementlarning defitsitini to‘ldirish va unga aloqador
asoratlarga qarshi kurash uchun gemotransfuziya – qon quyish qo‘llaniladi. Ammo
katta xajmda qon quyish immunologik reaksiya chaqirishi mumkin. Kichik xajmda
qon quyish shakliy elementlar sonini sezilarli darajada ko‘paytirmaydi. Bu o‘rinda
qon zardobidan ajratilgan shakliy elementlar-leykotsitlar, trombotsitlar va eritrotsitlar
massasini qo‘yish, shakliy elementlar sonining ortishiga qon oqishlarini to‘xtashiga,
infeksion asoratlarning kamayishiga imkon tug‘diradi. Bu sharoitda immunologik
reaksiyalar xam kam kuzatiladi.
Nur kasalligida qon tarkibi suyuqliklari, elektrolitlar yuqotilishlarini o‘rnini
bosish uchun qon o‘rnini bosuvchi turli suyuqliklar (gemodez, poliglyukin,
reopoliglyukin) tuzlar eritmalari (NaCl fiziologik eritmasi) glyukoza eritmasi va
boshqalar yuboriladi.
Funksional terapiya nur kasalligida rivojlanuvchi turli funksional buzilishlarni
to‘g‘rilash maqsadida olib boriladi. Nur kasalligini dastlabki davridanoq qusushni
bosuvchi, tinchlantiruvchi, yurak-qon tomirlarni faoliyatini, ovqat-hazmini
yaxshilovchi, ich ketishni, qon oqishni to‘xtatuvchi, infeksiyani bosuvchi, qon ishlab
chiqarishni tiklovchi va boshqa turli tuman klinik asoratlarga qaratilgan davolashlar
majmuasi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: