82
Detektorlar
– turli ionlashtiruvchi nurlanishlarni belgilovchi qurilma. Ularning
ishlashi unda belgilanayotgan zarrachalar keltirib chiqarayotgan jarayonlardan
foydalanishga asoslangan. Detektorlar 3 guruhga bo‘linadi:
1) integralli detektorlar,
2) schetchiklar,
3) trekli detektorlar.
Integral detektorlar –
ular ionlashtiruvchi nurlanishlarnining to‘liq oqimi
to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Dozimetrlar
– nurlanishning ekspozitsion va yutilgan dozalarini o‘lchashga
mo‘ljallangan yoki talluqli ravshda rentgen va gamma nurlanish doza quvvatini
o‘lchashga belgilangan. Ular doza birligi yoki doza quvvatiga graduirovka qilingan
bo‘ladi.
Indikatorlar.
Asosan gamma va beta nurlanishlarni ekspozitsion dozasini
taxminan aniqlash uchun yaratilgan asbobdir. Unda detektor sifatida gazrazryad
schetchik qo‘llaniladi. Bunga indikator-signalizator DP-64, dosha quvvatini
o‘lchagich IMD-21 va boshqalar kiradi.
Rentgenmetrlar
. Ular rentgen va gamma – nurlanish dozasini o‘lchashga
mo‘ljallangan. O‘lchash oralig‘i rentgenning yuzlardan bir qismidan bir necha yuz
rentgengacha (R/s). Unda datchik sifatida ionlashtiruvchi kamera yoki gazrazryad
schetchik ishlatiladi. Ularga DP-3B, Kaktus, DP-2 va boshqalar kiradi.
Radiometrlar
– radioaktivlikni va uning solishtirma miqdorini o‘lchaydi.
Asboblar ishlatilish joyiga qarab:
Dostları ilə paylaş: