97
V-BOB. KUNDALIK FAOLIYAT SHAROITLARIDA IONLASHTIRUVCHI
NURLANISHLARDAN MUHOFAZALANISH
5.1. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari
Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” qonuni
qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki,
shuningdek atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza
qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Nurlarni ilm-fanda, tibbiyotda va iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatishda
uning xavfsizligini ta’minlashga hech qanday asossiz cheklovlarsiz radiatsion
xavfsizlikning normalari va prinsiplariga amal qilish bilan erishiladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan
iborat:
normalashtirish prinsipi
— ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan
fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo‘l qo‘yiladigan, ular sog‘lig‘iga
xavfsiz bo‘lgan darajadan oshirmaslik;
Dostları ilə paylaş: