109
me’yordan ortiq nurlanishga yoki atrof muhitni radioaktiv ifloslanishiga olib keluvchi
ionlashtiruvchi nurlanish manbaining boshqaruvini yo‘qotishdir.
Radiatsion havfli inshootda avariyalar quyidagilarga bo‘linadi:
-loyihaviy radiatsion avariya – bular uchun loyiha bo‘yicha boshlang‘ich va
oxirgi holat oldindan belgilangan va xavfsizlikni ta’minlash tizimi oldindan
belgilangan bo‘ladi, demak, avariya oqibatlari oldindan bashorat qilingan bo‘ladi.
-loyihadan tashqari radiatsion avariya – xodimlarning og‘ir oqibatlariga olib
keluvchi hato qarorlari bilan bog‘langan, xavfsizlikni ta’minlash tizimining buzilishi
bilan bog‘liq oldindan noma’lum oqibatlarga olib keluvchi avariyalar.
Ifloslanish ko‘lami bo‘yicha radiatsion avariyalar quyidagicha bo‘ladi:
-cheklangan (lokal) – bunda radiatsiyaviy xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan
nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar
chegarasida bo‘lib, tashqariga chiqmagan;
-
mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori
bo‘lib, sanitar himoya hududida tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z
miqdoriga ko‘ra shu radiatsion xavfli inshoot uchun belgilangan me’yoriy miqdordan
oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi;
-
umumiy – radiatsiyaviy xavfli inshootda sodir bo‘lgan nosozlik tufayli halokat
katta xududga tarqalishi va odamlarning nurlanishiga olib keladi.
Radiatsion avariya holatida asosiy
Dostları ilə paylaş: