103
atrof muhitga tarqagan va juda katta hududni ifloslantirgan. U to‘g‘risidagi
ma’lumotni ko‘p yillar aytilmay yurildi. Kombinat chiqindilari 50-yillardan boshlab
atrof hududlarga, shunday “Karachey” ko‘liga tashlab kelingan. Uning ta’siriga
shamollar va bo‘ronlar tufayli 400 mingdan oshiq aholi tushgan. Ko‘lning
ayrim
qismlaridagi radiatsiya darajasi odamning bir soatlik bo‘lishi vaqtida o‘lim holatiga
olib kelishi uchun etarli.
6. Buyuk Britaniya, Sellafild
Angliyaning g‘arbiy qirg‘og‘iga joylashgan.
Sellafild
oldin
atom bombasi
ishlab chiqarish korxonasi bo‘lgan va keyinchalik tadbirkorlik (savdo) korxonasiga
aylangan. Uning binolarida yuzlab belgilanmagan holatlar yuz bergan. Hozirgi
vaqtda bino devorlarining uchdan ikki qismi radiaktiv chiqindisi sifatida qaraladi.
Korxona yiliga 8 million litr atrofida dengizga
radiaktiv zararlangan suyuq
chiqindilarni to‘kkan. Shu sababli Irland dengizini dunyodagi eng kuchli radiaktiv
ifloslangan dengizga aylantirgan. Angliya o‘zining yashil va go‘zal
landshaftlari
bilan faxrlansada shu bilan birga dunyo okeanlarini zaharli va moddalar bilan
ifloslantiruvchi davlat bo‘lib kelmoqda.
5. Rossiya, Sibir kimyo kombinati
Qirq yillik yadro chiqindilariga ega bo‘lgan “Mayak”
ishlab chiqarish
kombinati Rossiyadagi yagona korxona emas. Sibirda kimyoviy sanoat korxonalari
joylashgan. U qirq yillik yadro chiqindilar zahirasiga ega. U 125
ming tonnalik
chiqindilarni saqlaydigan ochiq hovuz(bassayn) ga ega-ki uundan er ostiga radiaktiv
chiqindilar o‘tishi mumkin. Shamol va yog‘ingarchiliklar radiaktiv chiqindilarni
atrof muhitga yoymoqda.
Dostları ilə paylaş: