102
5.1-rasm. AQSH. Nevada shtatida (sinov) yadro bombasi portlatishi,
23 kt, 1953y.
9. O‘rta er dengizi
Yillar davomida Italiya «Ndrangeta» mafiyasining sindikati tomonidan
dengizni chiqindilar, shu jumladan radiaktiv chiqindilar tashlash uchun qulay joy
hisoblagan va uni amalga oshirgan. «Legambiente» nodavlat tashkiloti
ma’lumotlariga qaraganda 1994 yildan buyon 40 dan oshiq zaharli va radiaktiv
moddalar yuklangan sudna dengizda yo‘qolgan. Bu dengiz havzasida vahimali
holatni hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Idishlar (bochkalar) ochilib ketsa
dengiz havzasida ekologik muvozanat izdan chiqishi taxmini bor.
8. Samali qirg‘oqlari
Er sharidagi yagona rahbarligi yo‘q davlat Samali hisoblanadi. Italiya mafiya
tadbirkorlari o‘z hududi bilan chegaralanib qolmay davlat nazorati yo‘qligidan
foydalanib Samali hududi va qirg‘oqlaridan ham radiaktiv yadro chiqindilarini va
zaharli moddalarni ko‘mish uchun foydalanganlar. Radiaktiv chiqindilar va zaharli
moddalar 600 bochkadan ko‘pni tashkil etgan, xuddi shunday tibbiyot
chiqindililarini ham shu erda ko‘milgan. BMT dasturida to‘qsoninchi yillarda
tashlangan bochkalarning chirishi 2004 yilda kuzatilgan. Bu zararli moddalar Samali
qashshoq xalqiga katta, hatto o‘lim darajasidagi ziyon keltirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: