112
Reaktor korpusini buziishi yoki faol zonani erib ketishida quyidagilar ro‘y
berishi mumkin:
1-faol zona qismlari chiqib ketishi;
2-yuqori faol changlar ko‘rinishida yoqilg‘i (chiqindilar), qaysiki uzoq vaqt
atmosfera havosida aerozol ko‘rinishida turib qoladi, so‘ng yomg‘ir yoki qor
ko‘rinishida erga tushadi va hududni radioaktiv ifloslantiradi;
3-lavalar, bu kremniy 2 oksidi, u issiq yoqilg‘i bilan qo‘shilib beton hosil qiladi.
Bunday lavalar atrofida radiaktivlik 8 000R/soat ga etadi, bu joyda odamning 5
minutlik bo‘lishi o‘limga olib kelishi mumkin.
Radioaktiv yog‘inganchilikning dastlabki minutlarida β nurlanishni hosil
qiluvchi yod-131ma’lum xavfni hosil qiladi. Uni qalqonsimon bezlarda so‘nishi
biologik 120 kunni tashkil etadi, samarali 6-7 kun. Bu aholi o‘rtasida tezdan tezdan
yodli profilaktika o‘tkazishni taqozo etadi.
Juda og‘ir oqibatli avariyalarda o‘tkir nurlanishning ta’sirida 15 ming o‘lim va
100 ming turli oqibatli zararlanish taxmin qilinadi, tanqid sifatida umuman olganda
300 ming o‘lim bilan tugaydigan hamda o‘nlab yillarga hududni radiaktiv ifloslanishi
taxmin qilindi.
Tez neytronlarda reaktor ko‘paytirgichning eng yirik avariyasi odatdagi suvli
reaktor avariyasiga nisbatan yuqori vayronali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: