I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Chernobil AES da hozirgi holati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Chernobil AES da hozirgi holati
Stansiya ishi to‘xtatilgan. Avariyada zarar ko‘rmagan №1 va 2 energobloklar 
1997 yilda to‘xtatilgan. №4 reaktor bilan bir binoda joylashgan №3 energoblok ham 
2000 yilda to‘xtatilgan. Reaktorlar butunlay yopib tashlanganiga qaramay hozir ham 
ko‘p miqdorda radiaktiv moddalarga ega. Portlab ketgan №4 energiyablok 
avariyadan so‘ng sarkofag bilan yopilgan. Sarkofagning ishonchliligiga shubxa bor, 
chunki u shoshilinch ravishda va radioaktivlikning yuqori daraja sharoitida qurilgan. 
Yangi sarkofag qurish rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda (2017 y.) avariya sodir bo‘lganiga qarayib 30 yildan oshgan
bo‘lsada AES atroflarida radiatsiya miqdori tabiy radiaktivlikka nisbatan ancha 
yuqoriligi kuzatilmoqda. 


108 
5.3-rasm. Chernobil 30 km li zonasidagi radiatsiya miqdori (2017 y.). 
Yangi sarkofagning uzunligi 257 m, kengligi 150 m va balandligi 108 m 
bo‘ladi. U 100 yilga hisoblangan. Uzoq yashovchi radiaktiv moddalarning 
parchalanish davrini hisobga olganda yopilib ketgan sarkofagdagi radiaktiv moddalar 
uchun 100 yil hech narsa emas. Masalan plutoniy faolligi 24 ming yilda 2 marta 
kamayadi. Avariya bo‘lgan reaktordagi odamni o‘ldirish darajasidagi xavflilik 24 
ming yilda ham saqlanib qoladi deb tushunish mumkin.
5.4. Radiatsion xavfli obyektlardagi avariyalarning umumiy tavsifi 
Radiatsion xavfli inshoot (RXI) - muassasa bo‘lib, unda sodir bo‘lgan halokat 
tufayli ommaviy radiatsion zararlanish holati vujudga kelishi mumkin. Bu turdagi 
xavfli obyektlarga fuqaro muhofazasining shayligini ta’minlash uchun Qonunning 2-
moddasida bayon etilganidek radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustida kuzatish 
va laboratoriya nazorati olib borish lozim.
Radiatsion havfli inshootlar toifasiga quyidagilar kiradi: 
-yadro yoqilg‘isi korxonalari: uran va radiokimyo sanoati, radioaktiv 
chiqindilarni qayta ishlash va ko‘mib yo‘q qilish joylari; 
-atom stansiyalari: atom elektr stansiyalari, atom issiqlik elektr stansiyalari, 
atom issiqlik qurilmalari; 
-yadroviy energetik uskunali obyektlar (YAEU): kema YAEU, kosmik YAEU, 
askarlik YAEU; 
-yadro jangovar zahiralari va ularni saqlash joylari. 
Radiatsion avariya – bu jihozlarni buzilishi tufayli, ishchi (xodim)larni noto‘g‘ri 
faoliyatlari sababli, tabiiy ofat yoki boshqa sabablar tufayli odamlarni belgilangan 


109 
me’yordan ortiq nurlanishga yoki atrof muhitni radioaktiv ifloslanishiga olib keluvchi 
ionlashtiruvchi nurlanish manbaining boshqaruvini yo‘qotishdir.
Radiatsion havfli inshootda avariyalar quyidagilarga bo‘linadi: 
-loyihaviy radiatsion avariya – bular uchun loyiha bo‘yicha boshlang‘ich va 
oxirgi holat oldindan belgilangan va xavfsizlikni ta’minlash tizimi oldindan 
belgilangan bo‘ladi, demak, avariya oqibatlari oldindan bashorat qilingan bo‘ladi.
-loyihadan tashqari radiatsion avariya – xodimlarning og‘ir oqibatlariga olib 
keluvchi hato qarorlari bilan bog‘langan, xavfsizlikni ta’minlash tizimining buzilishi 
bilan bog‘liq oldindan noma’lum oqibatlarga olib keluvchi avariyalar.
Ifloslanish ko‘lami bo‘yicha radiatsion avariyalar quyidagicha bo‘ladi:
-cheklangan (lokal) – bunda radiatsiyaviy xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan 
nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar 
chegarasida bo‘lib, tashqariga chiqmagan; 
-
mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori 
bo‘lib, sanitar himoya hududida tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z 
miqdoriga ko‘ra shu radiatsion xavfli inshoot uchun belgilangan me’yoriy miqdordan 
oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi; 
-
umumiy – radiatsiyaviy xavfli inshootda sodir bo‘lgan nosozlik tufayli halokat 
katta xududga tarqalishi va odamlarning nurlanishiga olib keladi. 
Radiatsion avariya holatida asosiy 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə