I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


AES lardagi yirik va o‘ta yirik avariyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

AES lardagi yirik va o‘ta yirik avariyalar. 
AES dagi yirik avariyalar unda 
maxsus xavfsizlik tizimini ishga tushirishni taqozo etadi. Atom energetika 


111 
amaliyotida AES dagi ehtimoliy yirik avariyani xavfsizlik avtomatik blokirovka 
tizimlari yordamida to‘xtatish mumkin, shu bilan atrof muhitni ruxsat etiladigan 
darajadan yuqori bo‘lmagan darajada zararlanishini ta’minlanadi.
AESdagi sovutish tizimi uchun bosh quvurdagi yorilish yirik avariya 
hisoblanadi. Bunday holat reaktor faol zonasini kerakli darajada sovutishini buzadi, 
uning natijasida deformatsiya sodir bo‘ladi, yoqilg‘i sterjenlarida yoriqlar va erib 
ketish holatlari yuzaga keladi, natijada radiaktiv moddalarni chiqishiga olib keladi. 
Buni to‘xtatish maqsadida issiqlik ajratuvchi elementlar oralig‘iga himoya sterjenlari 
tashlanadi, qoldiq issiqlik ajralish natijasida hosil bo‘lgan issiqlikni chiqarib tashlash 
uchun sovutishning avariya tizimi ishga tushiriladi.
Atom energetikasi sohasida tanqidiy qarash mavjud, qaysiki sovutishning 
avariya tizimi o‘z vaqtida ishlamaydi, hatto blokirovka qurilmalarining 
muvaffaqiyatli ishlaydiganlari mavjud bo‘lganda ham atrof-muhitga radiaktiv 
moddalar chiqishi ruxsat etilgan miqdordan ko‘p darajada chiqishi mumkin.
AESda ehtimoliy va blokirovka qilib bo‘lmaydigan 
o‘ta yirik
avariya bu reaktor 
aktiv zonasining erib bir-biriga yopishib ketishidir. Sovutishning avariya tizimi 
ishlamagan holatda reaktorning aktiv zonasida bir-necha minutda harorat 100°C dan 
oshadi va u ko‘tarilib 2000-3000 °Cga etadi, bunda yoqilg‘i sterjenlari erib ketadi. 
Portlovchi gazdan vodorod ajraladi va himoya qobiqlarini zararlaydi. Uning yomon 
oqibati bir soat davomida yuzlab tonna erigan yadro barcha himoya qobiqlaridan 
o‘tib erga, gruntga tushadi va atrof muhitga ko‘p miqdorda radiaktiv moddalar chiqib 
ketadi.
O‘ta yirik avariyalar birlamchi issiqlik tashuvchi bilan sovutish tizimidagi bosh
quvurli o‘tkazgichdagi yorilish, er silkinishlari, texnikalardagi avariyalar, terroristik 
harakatlar, harbiy harakatlar sababli ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə