I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
 
Chernobil AES dagi avariya
Avariya 1986 yil 26 aprel soat 01
23
da sodir bo‘lgan. Undagi 4-energiya blokini
rejaviy ta’mirga avariya himoya tizimini ishga tushirgan holatda to‘xtatib 
turbogenerator ish rejimini tadqiqoti o‘tkaziladi. To‘satdan reaktor quvvatini oshib 


105 
ketishi faol zonada harorat va bosimni hamda issiqlik tashuvchi konturida keskin 
oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu reaktor binosini buzilishi bilan reaktorni issiqlik 
portlashiga sabab bo‘ladi. 
Portlashning sababi vodorod bo‘lishi mumkin. U issiqlik ajratuvchi elementlar 
bilan suvning o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan. Hosil bo‘lgan kislorod bilan birikib 
portlash xavfli aralashma hosil qiladi, ya’ni suvning vodorod va kislorod holatiga 
o‘tishi sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida ko‘plab yong‘inli joylar hosil bo‘lgan. Bu issiqlik ajratuvchi 
elementlarni eritib yuborgan. Erigan qismlarning harorati 2000 °C dan oshib ketgan. 
Bundan tashqari olov neytronlarni sekinlashtiruvchi grafitlar blokini egallagan. 
Natijada yadro eritmalaridan ajraladigan va keyinchalik atmosferaga chiqarilgan 
parchalangan radioaktiv moddalarni o‘ziga tortgan olov bo‘roni yuzaga kelgan.
4-energiyablokning faol zonasida 200 t uran, shu jumladan 3 t uran-235 izotopi 
bo‘lgan. Stansiya hududiga ko‘p miqdorda radiaktiv chiqindilar(elementlar) otilib 
ketgan. Energiyablok atrofidagi radiatsiya darajasi 200 R/soat ga, reaktorning 200 m 
ust balandligida 340 R/soat ga etgan.
Osmonga ko‘tarilgan gaz aerozol aralashmasi 1.5 km gacha borgan va shamol 
yo‘nalishi bo‘yicha tarqalgan. Hammasi bo‘lib havoga 300 atrofida radionuklidlar 
chiqqan, shulardan 
90
Sr, 
137
Cs, 
131
I, 
95
Zr, 
140
Va lar ham.
Buzilgan reaktordan chiqayotgan radiaktiv moddalarni bartaraf qilish maqsadida 
unga 2,5 ming tonna qum, 1,5 ming tonna qo‘rg‘oshin, 60 tonna bor moddalar 
tashlangan. Bu ishlar salbiy natija bilan yakunlanadi. Materiallarni reaktorga 
balandlikdan tashlash va uni tushishi jarayonida atmosferaga ko‘p miqdorda radiaktiv 
chang tarqalgan. Qo‘rg‘oshin va qum yuqori haroratda erib birikishi natijasida qattiq 
birikma(korka) hosil bo‘lgan. Uning ostida qolgan gaz to‘siqni yorib chiqishi 
natijasida atmosferaga ko‘p miqdorda changni chiqargan.
Reaktor portlab ketmasin degan maqsadda unga ko‘p miqdorda suv quyilgan. 
Reaktor ostida 10 ming m

atrofida suv to‘plangan. Yuklar ta’sirida reaktorning suvda 
portlash xavfi sodir bo‘lgan. Kuchli issiqlik portlashi bo‘lishi mumkin edi. Suvni 
tezdan chiqarib tashlash va reaktorga yuk tashlashni to‘xtatish tadbiri bajarilishi
bilan xavfning oldi olingan.
Etarli darajada eksperiment sharoitida ishlovdan o‘tkazmasdan qabul qilingan 
qarorlar qabul qilinsa yuqorida ko‘rsatilganlardan battar va og‘ir oqibatlar yuz berishi 
mumkin.


106 
Chenobil AES to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni axborot vositalarida etarlicha 
berilgan emas. Uning og‘irlik darajasini o‘rtachadan past qilib ko‘rsatilgan.
AES dagi holat bo‘yicha qilingan ishlar 2 hafta natijasi bo‘yicha avariya 
bo‘linmalari tomonidan faqat erib ketgan reaktorni nazoratga olingan, bu bilan yirik 
masshtabli radiaktivlikni chiqib turishi, portlashni qaytalanishi, erigan materiallarni
fundament orqali faol zonaga kirishini oldi olingan.
Avariyaning birinchi oyida 30 kishi atrofida odamlar nur kasalidan o‘lgan. 
Nofaollashtirish ishlari 1987 yilgacha davom etgan. Bu ishlarda ishtirok etish uchun 
xoxlovchilar topilmay, unga majburiy ravshda ishlovchilar jalb etilgan, shu jumladan 
harbiylarni ham.
Buzilgan reaktor ustidan beton sarkofag (qoplama) qurilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə