86
Energiya diapazoni, 0,084 dan 1,25 Mev gacha bo‘lganda gamma-nurlanishlar
bo‘yicha o‘lchashlar diapazoni 0,05 mR/s dan 200 R/s gacha tashkil qiladi. O‘lchash
asbobi 6 ta paddiapazonlarga ega (4.1-jadval).
II-VI paddiapazonlardagi ko‘rsatkichlar yuqori shkala bo‘yicha olinadi va mos
keluvchi koeffitsientlarga (1000, 100 va h. k.) ko‘paytiriladi. Noldan birinchi
ko‘rsatgan raqamgacha bo‘lgan bo‘laklar ishchi bo‘lmagan bo‘laklar hisoblanadi.
Normal sharoitda ko‘rsatish xatosi ±35 % dan oshmaydi.
Asbobning tuzilishi. Asbob o‘lchov pulti, uzunligi 1,2 m bo‘lgan yumshoq kabel
bilan ulangan zonddan va energiya manbaidan iborat. Asbobning yuza qismi, g‘ilof
va qopqog‘i yuqori chidamli shishatolali materialdan qilingan. Asbob futlyari sun’iy
teridan qilingan bo‘lib, u ikki bo‘limdan iborat: biri asbob, ikkinchisi zond uchun
mo‘ljallangan. Futlyar qopqog‘i ichki tomonida asbobdan foydalanish qoidasi
yozilgan; DP - 5V asbobida kontrol stronsiy manbai zondda joylashtirilgan. Futlyarga
asbobni olib yurish uchun 2 ta siljuvchi qayish ulangan.
Asbob zondi teshigiga suvga chidamli etilsellyuloza plyonkasi yopishtirilgan va
shu plyonka orqali beta-zarrachalar o‘tganda beta-nurlanishlarini aniqlaydigan
korpusdan tashkil topgan. Korpusga kesib olingan buruluvchi metall ekran
o‘rnatilgan. Ekran «B» holatga burilganda korpus teshigi ochiladi va beta -
zarrachalar schyotchikka o‘tadi. «G» holatda korpus teshigi ekran bilan yopiladi va
schyotchikga faqat gamma-nurlar kirishi mumkin. «B» va «G» holatlarda ekran
fiksatorlar bilan mahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: