I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


-cho‘ntakda olib yuriladigan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

-cho‘ntakda olib yuriladigan
- shaxsiy dozimetri va radiometrik nazorat uchun 
mo‘ljallangan. Cho‘ntak dozimetrlari sifatida sanoatda havodagi ekspozitsion dozani 
o‘lchashga mo‘rjallangan rentgenometr kabi ishlaydigan («Master-1», «Gorizont», 
«Bela-2», «Sosna» va boshqa) asboblar rusumlari ishlab chiqariladi. Ularni radioaktiv 
ifloslangan zonalarda gamma-fonni nazorat qilish va seziy-137 bilan kuchli 
ifloslangan joydan chiqish maqsadida ishlatiladi.
-ko‘chma-olib yuriladigan -
gurux dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat 
uchun. Ular atrof-muhit obyektlarida, er yuzini gamma kartalashtirishda, bino va 
inshootlarni ifloslanishi, mashina va mexanizmlarda radioaktiv ifloslanganlikni 
o‘lchash uchun ishlab chiqarilgan. Ko‘chma dozimetrlar – SRP-68-01, KID-2, 
dozimetr komplektlari DP-24, DK- 0,2 va boshqalar.


83 
-muqim joylashgan qurilmalar - 
radiatsion xavfli joylarda tuproq, ozuqalarni, 
oziq-ovqat, suv va boshqalarda doimiy dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat 
uchun. Muqimlarga quyidagilar kiradi: SPSS-02, SD-1M va boshqalar. 
Schetchiklar - 
ishchi sig‘im yoki yuzaga tushadigan ionlashtiruvchi nurlarni 
sanashga mo‘ljallangan. 
Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni aniqlashda va tashqi 
muhit obyektlarining radioaktiv ifloslanishini 
o‘lchashda DP-5 turdagi 
asboblardan foydalaniladi. 
Xuddi shuningdek ta’sir va yutilgan nurlanish dozasi DP-22V, DP-24, 
DP-23A, ID-1, ID-11 turdagi dozimetrlar to‘plami bilan o‘lchanadi. Shaxsiy 
dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo‘lganda olingan 
dozalarni hisobga oladi. 
Tashqi muhitda (dalalarda) foydalaniladigan ko‘pgina dozimetrik asboblarning 
ishlash p r i n s i p i radioaktiv nurlarning havoda tarqalganda muhitni (gazni) ionlash 
qobiliyatiga asoslangan. Ionlash usuli asosida ishlovchi asboblarga, bir xil 
tuzilishga asoslangan va qabul qiluvchi, ko‘paytiruvchi, o‘lchovchi qurilmalar va 
ishlashni ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi. 
Qabul qiluvchi qurilma -
datchik yoki nurlar detektori - unga ta’sir qiladigan 
radioaktiv nurlar energiyasini boshqa turdagi elektr, kimyoviy, yorug‘lik 
energiyasiga aylantirishga asoslangan. Qabul qiluvchi qurilma sifatida dala 
asboblarida ionlash kamerasi va gazorazryad schyotchiklari qo‘l laniladi. 
Ionlash kamerasi havo
bilan to‘ldirilgan germetik idish bo‘lib, unga korpusdan 
ajratilgan markaziy elektrod o‘rnatilgan. Kamera devorlari izolyator materiallardan 
tayyorlangan bo‘lib, ularning ichki tomoni tok o‘tkazuvchi material bilan qoplangan. 
Tashqi manbadan kameraga elektr toki kuchlanishi berilib, bu markaziy elektrod va 
kamera devorining tok o‘tkazuvchi qavati o‘rtasida potensiallar ayirmasi hosil
qiladi. Radioaktiv nurlar yo‘q bo‘lganda, havo elektrodlar o‘rtasida izolyator bo‘lib 
xizmat qiladi, kamera zanjirida tok bo‘lmaydi. Radioaktiv nurlar ta’sirida havo 
kamerasida ionlanish sodir bo‘ladi, kamera zanjirida ionlash toki paydo bo‘ladi. Bu 
tok kattaligi kamera orqali o‘tayotgan radioaktiv nurlar dozasi quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Shu munosabat bilan juda oz bo‘lgan tok kuchaytiriladi va so‘ngra mikroampermetr 
yordamida o‘lchanadi. Ionlash kamerasi gamma-kvantlarni yozib oladi (4.2-rasm). 


84 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə