I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


- rasm. O‘lchovchi pult yuza qismi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

4.5- rasm. O‘lchovchi pult yuza qismi

1 - o‘lchov asbobi shkalasi; 2 - o‘lchash pulti; 3 - shkalani yorituvchi murvat; 4 - 
paddiapazonlarni o‘zgartiruvchi; 5 - birlashtiruvchi kabel; 6-nolga keltiruvchi vint; 7 - 
telefon ulanadigan joy; 8 - ko‘rsatishlarni o‘chiradigan tugma; 9 - «Rejim» muruvvati 
(rejimni boshqaruvchi potensiometr).


87 
Zond korpusi ichida plata bo‘lib, unga gazorazryad schyotchiklari (STS-5 va 
SIZBG), kuchaytiruvchi - normallashtiruvchi va elektr sxemasi o‘rnatilgan. 
Schyotchiklar gamma-kvantlar va beta-zarrachalar ta’sirida elektr impulslari 
chiqaradi, bu impulslar kuchaytiruvchi normallashtiruvchiga o‘tadi. 
O‘lchashga qulay bo‘lishi uchun zondga tutqich mahkamlangan, unga 
uzaytiruvchi shtanga ulash mumkin. 
O‘lchaydigan pult panel va kojuxdan tashkil topgan (4.5-rasm). Panel ikki xil 
shkalali mikroampermetr (tepadagisi 0 dan 5 mR/s va pastkisi 5dan 200 R/s gacha), 
paddiapazonlarni o‘zgartiruvchi, rejimni boshqaruvchi potensiometr, ko‘rsatishlarni 
almashtiruvchi tugma, shkalani yorituvchi tumbler, nolga keltiruvchi vint, telefonni 
ulaydigan joydan iborat. Panelga zond bilan o‘lchaydigan pultni birlashtiruvchi kabel 
ulangan.
Qobiq ostida oziqlanish manbai - uchta elementni qo‘yish uchun joy bor. 
Oziqlanish elementlari yo‘q bo‘lganda, 3 - 12 V akkumulyatorlardan keluvchi 
kuchlanishni bo‘luvchi 10 m uzunlikdagi kabelni ulash mumkin. 
Paddiapazonlarni o‘zgartiruvchining quyidagi holatlari bor; «o‘chirish», «rej», 
100, xl000, xl00, xl0, xI, x0,1. Ulardan asbobni kuzatishda va gamma-nurlanish 
dozalar quvvati har xil kattaligini o‘lchashda foydalaniladi. 
O‘lchash shkalalari. Zond ekrani «G» holatda bo‘lishi kerak. Zond oynasi ochiq 
holda («B» holat) tekshirilayotgan obyektdan 1 - 1,5 sm masofada beta-nurlanish 
mavjudligi aniqlanadi. Bunda gamma va beta-nurlanishlarning umumiy dozasi 
o‘lchanadi. 
Tepadagi shkalada qoraga bo‘yalgan uchburchak va yoy bo‘lib, ulardan asbobni 
sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5 R/s bo‘lganda, tepadagi shkala bo‘yicha 
o‘lchanadi. Rejimni yo‘lga solib turuvchi potensiometr asbobga uzatilayotgan 
elektroenergiyani moslab turadi va ulaydi. 
Shkalani yorituvchi tumbler qorong‘ida ishlaganda shkalani yoritadigan 
lampochkani ulaydi. 
O‘lchov asbobi strelkasi nolga qaytmasa ko‘rsatish olib tashlanganda nolga 
keltiruvchi vintdan foydalaniladi. Moslash uchun saqlovchi vint echib olinib, uning 
tagida turgan ikkinchi vintni burash bilan strelkani nol holatiga qo‘yiladi.
Asbobni ishlatish uchun 1,6 - PMS-X-1,05 (KB-1) turdagi 2 elementdan 
foydalaniladi. Uchinchi element shkala yoritilishidagi lampochkaga energiya beradi. 
3, 6 va 12 V kuchlanishli boshqa o‘zgarmas tokli oziqlanish manbaidan ham 
(masalan, akkumulyator) foydalanish mumkin. Oziqlanish komplekti yangi 


88 
elementlaridan foydalanganda asbobning 40 soat mobaynida uzluksiz ishlashini 
ta’minlaydi. 
TG-7M tipidagi telefon kichik razmerli va boshchalari yumshoq materialdan 
bo‘lgan ikkita telefondan tashkil topgan. Bular radioaktivlikning borligini tovush 
orqali aniqlashda qo‘llaniladi: radiatsiya darajasi yuqori bo‘lsa, shuncha tovush 
belgilari eshitiladi. 200 paddiapazondan tashqari hamma paddiapazonlarda ishlaydi. 
Asbob komplektiga prokladka, vintlar, qalpoqchalar, zond uchun g‘ilof, 
qizdirish lampochkalari va otvertkalar kiradi. 
Asbobni ishlashga tayyorlash. Asbob joylab qo‘yilgan qutidan chiqarib olinadi, 
futlyarning qopqog‘i ochilib hamma yog‘i tekshiriladi. Futlyarga bel va elka 
qayishlari o‘rnatiladi. Mikroampermetrning strelkasi to‘g‘rilovchi vint yordamida 
«O» ga qo‘yiladi. «Rejim» ruchkasini soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda taqalguncha 
buraladi. Paddiapazonlarni o‘zgartiruvchining (“o‘chirish”) holatiga qo‘yilgandan 
keyin oziqlanish manbalari joylashtiriladi. Buning uchun kopqog‘i olinadi va 1,6-
PMS-X-1,05 (KB-1) sxemaga 3 ta element muvofiq qo‘yiladi. Asbob 
akkumulyatordan oziqlanganda kuchlanishni taqsimlagichdagi ulagichlar kerakli 
kuchlanishga qo‘yiladi. Undan keyin paddiapazonlar o‘zgartiruvchi «rejim» holatiga 
keltiriladi. «Rejim» ruchkasini soat strelkasi yo‘nalishida ohista burab, strelka tepa 
shkaladagi qora uchburchakka qo‘yiladi. Strelka buralganda tepadagi qora 
chiziqgacha etmasa kuchlanish ozligini ko‘rsatadi, demak yangi elementlarni qo‘yish 
kerak. Shundan keyin asbob stronsiy-90 bo‘yicha tekshiriladi: paddiapazonlarni 
o‘zgartiruvchi x1000 holatiga qo‘yiladi, radioaktiv manba qopqog‘i o‘z o‘qi atrofida 
burab ochiladi. Zond ekrani «B» holatga buraladi va zond futlyar qopqog‘iga tayanch 
o‘simtalar bilan shunday mahkamlanadiki, stronsiyli manba zond teshigi qarshisida 
tursin. Telefonlar ulanadi. 
200 dan tashqari hamma paddiapazonlarda (strelka va telefon bo‘yicha) asbob 
ishlashini tekshirish kerak. Ishlagandan yoki radioaktivlik o‘lchagandan keyin 
asbobni o‘chirish kerak. 
Gamma-nurlanishlarni o‘lchash. «200» paddiapazonda 5 dan 200 R/s gacha 
radiatsiya darajasi o‘lchanadi. Buning uchun asbob yuqorida ko‘rsatilgandek 
moslanadi, paddiapazonlarni o‘zgartiruvchi «200» holatiga qo‘yiladi, zond teshigi 
ekran bilan bekitiladi va zond futlyarga joylashtiriladi. Radiatsiya darajasi 1 m 
balandlikda o‘lchanadi va har 10 sekundda quyi shkala bo‘yicha ko‘rsatishlar olinadi. 


89 
Doza quvvati 5 R/s gacha bo‘lganda tepadagi shkala bo‘yicha - x1000 
paddiapazonda o‘lchanadi. Har 10 - 45 sekundda ko‘rsatishlar olinib, bu raqamlar 
paddiapazonlar o‘zgartiruvchida turgan koeffitsientga ko‘paytiriladi. 
Beta-nurlanishlarni aniqlash. Buning uchun zonddagi ekran «B» holatiga 
o‘tkaziladi va zond tekshirilayotgan yuzaga 1 - 1,5 sm masofada yaqin olib kelinadi. 
Paddiapazonlarni o‘zgartiruvchi tutqichi x0.1, x1 va boshqa holatlarga o‘tkaziladi. 
«B» holatda beta-gamma-nurlanishlar umumiy yig‘indisi o‘lchanadi. So‘ngra zond 
teshigi aylanadigan ekran («G» holatda) bilan bekitiladi va xuddi shunday masofada 
gamma-nurlanish dozasi quvvati o‘lchanadi. Agar asbob teshigi ochiq holda, teshigi 
yopiq holdagidan yuqori sonni ko‘rsatsa demak, tekshirilayotgan obyekt yuzasi beta-
nurlanish chiqarmoqda. Agar ko‘rsatish sonlari bir xil bo‘lsa, asbob hisoblagichiga 
faqat o‘rab turgan obyektlardan yoki tekshirilayotgan obyekt tubidan gamma-kvantlar 
kirayotganligini bildiradi. 
DP-22V, DP-24, ID-1, ID-11 dozimetrlar komplektlari radioaktiv moddalar 
bilan zararlangan joylarda yoki ochiq va yopiq ionlovchi nurlanishlar manbalari bilan 
ishlaganda odamlar tomonidan olinadigan nurlanish dozasini nazorat qilib turish 
uchun foydalaniladi. 
DP-22V komplektida (4.6-rasm) cho‘ntakda olib yurishga mo‘ljallangan 50 ta 
to‘g‘ri ko‘rsatuvchi DKP-50A dozimetrlar, DP-24 komplektida faqat 5 ta shunday 
dozimetrlar bo‘ladi. Dozimetrlar nurlanish dozasi 2 dan 50 R, doza quvvati 0,5 dan 
200 R gacha, energiya 0,2 dan 2 Mev diapazonda o‘lchash imkoniyatiga ega. Ikkala 
komplektda ham zaryadlash qurilmasi va texnik ko‘rsatmasi bor. 
Qurilma minus 40° dan plyus 50° gacha ishlash qobiliyatiga ega. O‘lchashlar 
xatosi plyus 20° haroratda +10 % dan oshmaydi. DP-22V komplektining qutida 
joylashgandagi og‘irligi 5,6 kg dan, DP-24 komplektini esa 3 kg dan oshmaydi; bir 
dozimetrning og‘irligi 32 g dan ko‘p emas. 
Zaryadlash qurilmasi kuchlanishni qayta hosil qiluvchi, yuqori kuchlanishni 
to‘g‘rilagich, zaryadlovchi uyani yorituvchi lampochka, mikrouzgich va oziqlanish 
elementlaridan tashkil topgan. Qurilma yuqori panelida potensiometr ruchkasi, 
zaryadlovchi uya va oziqlanish bo‘limining 30 s dan kam bo‘lmagan 200 mA tok 
iste’mol qilganda doimiy ishini ta’minlovchi 2 ta 1.6-PMS-4-8 tipidagi quruq element 
amalga oshiradi. Kuchlanish zaryadlash qurilmasidan chiqishda 180 dan past 
bo‘lmagan va 250 V dan yuqori bo‘lmagan oraliqda ohista moslanadi. 


90 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə