I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


-rasm. Ionlashtiruvchi kamera tuzilish sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

4.2-rasm. Ionlashtiruvchi kamera tuzilish sxemasi 
Gazorazryad schyotchiklari - 
metall yoki oynadan qilingan silindrlar bo‘lib, ular 
ichki tomonidan tok o‘tkazuvchi material qatlami (katod) bilan qoplangan. Silindr 
ichida, o‘qiga ko‘ndalang silindrdan ajratilgan metall tola (anod) tortilgan. 
Schyotchikdan havoni chiqazib, siyraklaniladi, keyin silindr ichi qisman argon yoki 
boshqa inert gaz bilan to‘ldiriladi. Metall tolaga va tok o‘tkazuvchi qatlamga elektr toki 
kuchlanishi ulanadi. Yozib olinadigan nurlanishning turiga qarab schyotchik devorlari 
har xil materialdan tayyorlanadi; gamma-nurlanishni yozib olish uchun ularni ichki 
tomoni mis qoplangan oynadan, yumshoq beta-nurlarni va alfa-nurlarni o‘lchash 
uchun devorlari yumshoq folga yoki plyonka bilan qilinadi. 
4.3-rasm. Geyger-Myuller gaz-razryadli schetchigi tuzilish sxemasi 
Gazorazryad schyotchiklarida gaz razryadining kuchaytirish prinsipidan foy-
dalaniladi. Bu schyotchiklarning p r o p o r s i o n a l va g e y g e r turlari ma’lum. 
O‘lchov qurilmasi -
qabul qilib oluvchi qurilma tomonidan ishlab chiqilgan 
signallarni o‘lchash uchun hizmat qiladi. 
Oziqlanish manbai -
asbob ishini ta’minlaydi. Bu maqsad uchun quriq 
elementlar yoki akkumulyatorlardan foydalaniladi. 
Dala rentgenmetrlari DP-5A va doza quvvatini o‘lchovchi DP-5B, DP-5V (4.4-
rasm) har xil narsalarning gamma-nurlanish bo‘yicha radioaktiv zararlanish va 
gamma-radiatsiya darajasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Gamma-nurlanishning 
ta’sir (ekspozitsiya) dozasi rentgen/soatlarda (R/s) yoki millirentgen soatda asbob 


85 
schyotchigi joylashtirilgan havodagi quvvatini o‘lchaydi. Bundan tashqari keltirilgan 
asboblar yordamida beta-nurlanishlarni aniqlash mumkin. 
DP-5A, DP-5B, DP-5V asboblari minus 40° dan plyus 50° gacha haroratda va 
65 % nisbiy namlik bo‘lganda o‘lchashlarni ta’minlaydi. Asbob zondini suvga 50 sm 
chuqurlikkacha tushirish mumkin. Asbobning butun og‘irligi 7,6 kg, qinisiz va 
qo‘shimcha uskunasiz esa 2,8 kg keladi. 
Asbob komplektiga ikki qayishi bilan asbob qini va nazorat manba (stronsiy-90 
va toriy-90); uzatuvchi shtanga; akkumulyatorga ulash uchun kabelli kuchlanishini 
bo‘luvchi; element uskunalar komplekti; telefon; hujjat joylashtiradigan qutilar 
kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə