I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Ikkinchi tekshirish - 
niqobning to‘g‘ri tanlanganligi va gazniqobning ishga 
yaroqliligini tamomila to‘liq tekshirib ko‘rish uchun o‘tqaziladi. Tekshirish xlorpikrin 
moddasining havodagi konsentratsiyasi 8,5 g/m
3
bo‘lganda (1 m
3
havoda 5 sm
3
suyuq 
xlorpikrin moddasi bug‘latiladi) o‘tqaziladi. Vaqt ziq bo‘lganda filtrlovchi 
proivogazlarni tekshirishga birinchi tekshirish o‘tkazilmasdan birdaniga ikkinchi 
tekshirish o‘tqaziladi. 
Chodirga kirishdan oldin har bir harbiy xizmatchi o‘z gazniqobini tekshirib 
ko‘rishi kerak, keyinchalik guruhlar (10 – 20 kishi) gazniqoblarni «jangovar» holatda 
kiyib chodirga kiradilar. 
Harbiy xizmatchilar guruhi chodirga kirishdan oldin chodir ichida 
xlorpikrinning havodagi kerakli konsentratsiyasi hosil qilinadi. Chodir ichiga 
kirilgandan so‘ng har bir harbiy xizmatchi bir necha marta boshini engashtirishi, uni 


151 
o‘ngga va chapga aylantirishi va 8 – 10 marta cho‘kkalab o‘tirishi kerak. Harbiy 
xizmatchilarning chodir ichida bo‘lish vaqti 5 daqiqani tashkil qilishi kerak. 
Agar 8,5 g/m
3
xlorpikrin konsentratsiyasi bilan to‘ldirilgan chodir ichida 
bo‘lganda zaharlovchi moddaning ta’siri sezilmasa, unda shlem-niqob to‘g‘ri 
tanlangan va gazniqob ishga yaroqli deb hisoblanadi. 
Filtrlovchi gazniqoblardan foydalanishga moneliklar 
Gazniqoblarga moneliklar 
mutloq 
va
nisbiyga 
ajratiladi. Mutloq qarshi 
ko‘rsatmalarga juda og‘ir yaralanganlar va bemorlar kiradi. Chunki, bularga tinch 
holatda ham gazniqob kiygizilganda ularning hayoti uchun katta xavf paydo bo‘ladi. 
Bular quyidagilardan iborat: 
- ko‘krak bo‘shlig‘ini teshib o‘tuvchi jarohatlar,
- boshning har qanday shikastlanishi va miya ichi bosimining oshishi; 
- o‘pka, burun va me’dadan qon ketishi;

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə