I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Zararlangan gazniqobdan foydalanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Zararlangan gazniqobdan foydalanish.
Mabodo zararlangan atmosferada 
bo‘lgan vaqtda gazniqobning ayrim qismlariga shikast etsa, u holda buzilgan 
gazniqobdan bir oz muddatga foydalansa bo‘ladi, faqat bu vaqtda ba’zi qoidalarga 
rioya qilish zarur bo‘ladi: 
- shlem-niqobning ozgina joyi yirtilgan bo‘lsa shu joyni kaft bilan yuzga yoki 
boshga mahkam bosib turish kerak; 


146 
- shlem-niqobning ko‘p joyi yirtilgan, ko‘zoynaklari singan bo‘lsa yoki klapan 
qutisi ishdan chiqqan bo‘lsa, nafas olmay turgan holda ko‘zni yumib, gazniqob 
qutisini chiqarib olish kerak bo‘ladi. Gazniqobning bo‘g‘zini og‘izga qo‘yib burunni 
berkitish va ko‘zni ochmasdan quti orqali og‘iz bilan to yangi gazniqob topilguncha 
nafas olib turish kerak; 
- biriktiruvchi gofrirlangan naycha shikastlanganda nafas olmay turgan holda 
ko‘z yumilib, gazniqob qutisi chiqarib olinadi va bevosita shlem-niqobning klapanli 
qutisiga ulanadi. 
- filtrlovchi-yutuvchi quti (
FYUQ)
teshilganda teshik joyni loy, latta yoki 
yumshoq non bilan berkitib, qutini tez almashtirish kerak. 
A turidagi FYUQ:
quti rangi – jigar rang, organik birikma bug‘laridan (benzin, 
kerosin, atseton, benzol va uning gomologlari, ksilol, oltingugurt uglerodi va 
hokazo), chang, tutun, tumandan muhofaza qiladi. 
V turidagi FYUQ:
quti rangi - sariq, nordon gaz va bug‘laridan (oltingugurtli 
gaz, vodorod sulfid, sinil kislotasi, xlor, azot oksidi, fosgen, vodorod xloridlari), 
fosfor - va xlororganik kimyoviy zaharlar, chang, tutun, tumandan muhofaza qiladi. 
KD turidagi FYUQ:
quti rangi - kulrang, ammiak, vodorod sulfid, chang, tutun, 
tumandan muhofaza qiladi. 
5.9-rasm. 
Sanoat gazniqoblari to‘plami uchun 
mo‘ljallangan, yutuvchining hajmi va tarkibi bilan 
farqlanadi. 
5.16- jadval. Katta, o‘rta va kichik o‘lchamli filtrlovchi – yutuvchi qutilar
(FYUQ)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə